Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Yallig’lanishda limfa tizimining roli



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə77/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Yallig’lanishda limfa tizimining roli
Organizmda flogen omillarga javob reaktsiyaning ikkinchi liniyasini, qachonki lokal yallig’lanish reaktsiyasi zararlanishga dosh bera olmasa limfatik tomirlar yuzaga chiqaradi. Himoya reaktsiya limfadagi makrofaglar tomonidan, limfa tomirlarga tushgan bakteriya, o’lgan hujayralarni bir qismini, toksinlardan zararsizlantiradi. Natijada, ushbu omillar tahsirida limfa tomir va tugunlarda yallig’lanish kuzatiladi (limfangiit, limfadenit). Ularning razmeri kattalashadi, og’riq bilan kechadi. Agar, limfa tizimi bakteriyalarni ushlab qololmasa, ular yana qonga qaytadi, so’ngra ular qonda fagotsitozlanadi. Ayrim hollarda bakteriyalarni juda ko’p qonda bo’lishi, yurak klapanida, miya pardalarida, buyrak va bo’g’imlarda turg’un o’sa boshlaydi (kolonit), bu esa tegishli kasallarni keltirib chiqaradi.
Yallig’lanish o’chog’ida fizik-ximik o’zgarishlar
Yallig’lanish o’chog’ida to’qima oksidlanishining buzilishi hisobiga, atsidoz kelib chiqadi. Avvaliga bu holat bufer tizimlar yordamida kompensatsiya qilinadi, so’ngra dekompensatsiya fazasiga o’tadi, natijada ekssudatning RN keskin pasayib ketadi. Vodorod ionlarini kontsentratsiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, yallig’lanish intensivligi shuncha rivojlangan bo’ladi, m: o’tkir abtsessda RN-5,3gacha pasayadi.
Yallig’lanish o’chog’ida kislotalikni ortishi bilan birga, u yerda osmatik bosim ham ortib ketadi, sababi katobolitik jarayonlarni kuchayishi hisobiga, yirik molekulali moddalar mayda molekulalarga parchalanadi va ularning kontsentratsiyasi ortadi. Yana Na+, K+, Ca+2 kabi elektrolitlar kontsentratsiyasi ham ortadi. O’lgan hujayralardan ajralgan kaliy kontsentratsiyasi yiringli ekssudatda 256-511 mmolg’/l (100-200 mg%) gacha yetadi (normada 20 mg%), 51,5 mmolg’/l dan oshmaydi.
Atsidoz esa qo’shuvchi to’qima elementlarini bo’kishiga olib keladi. Osmotik bosimni ortishi eksudatsiya va mahalliy shishni yuzaga chiqaradi.
Yallig’lanishni asosiy belgilaridan og’riq, to’qimalarni shish hisobiga tarangligini o’zgarishi bilan tushuntiriladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin