Yallig’lanish o’chog’ida qon aylanishni buzilishi Yallig’lanish o’chog’ida mahalliy qon va limfa aylanishi buziladi. Ayniqsa, arteriolalar, metarteriolalar, kapillyarlar, venulalarda qon aylanishi va ushbu qon tomirlar devori orqali turli moddalarni transporti ham buziladi.
Mikrotsirkulyatsiya buzilishini Kongeym tajribasi yordamida o’rganish mumkin, ichak tutqichini ichakdan ajratilayotganda, mexanik travma tufayli arteriolalar spazmi kuzatiladi, bu reflektor harakterga ega bo’lganligi uchun tezda o’tib ketadi, so’ng arterial giperemiya yuzaga keladi, bu holatni yallig’lanish o’chog’ida vazoaktiv mediatorlarni chiqishi bilan tushintiriladi. Bu moddalar esa, qon tomirlar devorining muskul tonusini bo’shashtiradi, natijada qon kelishi ortadi, oqishi tezlashadi, oldin faoliyat ko’rsatmagan qon tomirlar faoliyat ko’rsata boshlaydi, natijada arterial bosim ortadi. SHu bilan birga qon tomirlarni o’rab turuvchi, biriktiruvchi to’qima elastikligi pasayib ketadi, vazokonstriktorlarni paralichi tufayli qon tomirlar kengayib ketadi. Ushbu joyda RN atsidoz tomonga suriladi, K+ to’planadi. Buning natijasida, 30-60 minutdan so’ng, arterial giperemiya venoz giperemiyaga almashadi, bu paytda qon oqishi sekinlashadi va uning oqish harakteri ham o’zgaradi. Arterial giperemiyada qonni shaklli elementlari markazda bo’lsa, venoz giperemiyada esa bunday bo’linish buziladi, qonning reologik xususiyatlari o’zgaradi, qon quyuqlashadi, qovushqoqligi ortadi, eritrotsitlar bo’kadi, agregatlar hosil bo’ladi, eritrotsitlar bir-biri bilan birikib, qon oqishini to’xtatishi ham mumkin.
Venoz giperemiya kelib chiqishiga bir qancha omillar tahsir etadi, ular shartli tarzda 3 ga bo’linadi:
Qonga bog’liq omillar
Qon tomir devoriga bog’liq omillar
O’rab turuvchi to’qimaga bog’liq omillar
Qonga bog’liq omillarga leykotsitlarni devorga yaqin harakati, eritrotsitlarni bo’kishi, plazmani qon tomir devori orqali yallig’lanish o’chog’iga chiqishi, qonni quyuqlashuvi, Xageman omilini aktivlashuvi hisobiga toromblar hosil bo’lishi, geparin miqdorini kamayishi kiradi.
Venoz giperemiyada, qon tomir devoriga berilgan patogen tahsirlaridan uning endoteliyasi bo’kadi, uning ichki yuzasi yanada kichiklashadi, o’zgargan venulalar devorini elastikligini yo’qotadi, infilg’tratni ezish tahsiriga javob berishi pasayadi, shish hosil bo’lgan to’qima endi qon va limfa tomirlarni ezadi, natijada venoz giperemiya yuzaga chiqadi.
Prestatik holat qonni myatniksimon harakatni chaqiradi, sistola paytida oldinga, diastola paytida esa orqaga harakat qiladi. Ohir-oqibat qon oqishi to’xtaydi, staz ro’y beradi. Staz esa qon hujayralarida va to’qimada qaytmaydigan o’zgarishlar chaqiradi.
Yallig’lanish paytida qon aylanishning buzilishidan, ekssudatsiya va leykotsitlar emigratsiyasi yuzaga chiqadi.