Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə70/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

I. Alg’teratsiya bosqichi
a) birlamchi alg’teratsiya
b) ikkilamchi alg’teratsiya
II. Ekssudatsiya va emigratsiya bosqichi
III. Proliferatsiya va reparatsiya bosqichi
a) proliferatsiya
b) yallig’lanishni yakunlanishi.
Yallig’lanish, hujayrani zararlanishidan boshlanadi (birlamchi alg’teratsiya). Flogogen omil tahsiridan so’ng, hujayrada bir qator strukturaviy va metabolitik o’zgarishlar ro’y beradi. Mitoxondriyalar bo’kadi, uning matriksi yorug’lashadi, endoplazmatik to’r membranasida o’zgarishlar kuzatiladi. Ribosomalar soni kamayib, hujayra tsitoplazmasida turli kiritmalar hosil bo’ladi, zararlangan to’qimada osmotik bosim ortib ketadi, atsidoz, suv almashinuvi buziladi, alg’teratsiya faqat to’qima elementlarida ketmay, balki bu sharoitda qonning himizmini ham o’zgartiradi.
Birlamchi alg’teratsiyadan so’ng, ikkilamchi alg’teratsiya boshlanadi, agar birlamchi alg’teratsiya zararlanish tufayli yuzaga chiqsa, ikkilamchi alg’teratsiya bunga bog’liq bo’lmaydi, zararlovchi agent tahsiri tugasa ham davom etaveradi, uning rivojlanishining asosida hujayra tsitoplazmasi, lizosomalar membranasini zararlanishi yotadi.
Lizosomalarni parchalanishi natijasida, undan nordon gidrolazalar ajralib chiqib, bu fermentlar aslida hujayralardagi oqsil, nuklein kislotalar, uglevod va lipidlarni parchalaydi. Keyinchalik ushbu fermentlar, etiologik omillar tahsirida yoki ularsiz ham alg’teratsiyani davom ettiradi, ushbu fermentlar to’qimani zararlaydi, buning natijasida biologik aktiv moddalar, yahni yallig’lanish-mediatorlari ajraladi. SHuning uchun, lizosomalarni yallig’lanishning “start maydonchasi” ham ataydilar. Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, birlamchi alg’teratsiya bu tashqi tahsirlarga javoban zararlanish bo’lsa, ikkilamchi alg’teratsiya bu organizm o’zini-o’zi zararlashi tushiniladi.
Yallig’lanish hujayralari
Makrofaglar. Aktiv makrofaglar maxsus modda interleykin -1 sintez qiladi. Ajralgan IL-1 butun organizmga tarqaladi va nishon hujayralarini topadi, bular miotsit, gepatotsit, qizil ko’mik hujayralari, limfotsit, neytrofillar, chunki ularni membranasida IL-1 ni sezuvchi retseptorlar mavjud. Interleykin -1 ni gepatotsit va limfotsitlarga tahsiri ayniqsa, yaxshi o’rganilgan. Jigarga bog’liq bo’lgan kasalliklarni dastlabki belgilari, bosh, bo’g’im va mushaklardagi og’riq, uyquchanlik, lixoradka, leykotsitoz, oqsillar miqdorini ko’payishi IL-1 tahsiridan kelib chiqadi deb tushuntiriladi. Makrofaglar yallig’lanish jarayonida IL-1 dan tashqari, esteraza, proteazalar, antiproteazalar, lizosomal gidrolazalar, kollagenaza, elastaza, lizotsim, £-makroglobulin, interferon, transferin, transkobalamin, S1, S2, S3, S4, S5, S6 komplement komponentlarini, PGE2, tromboksan A2, leykotreinlarni sintez qiladi. Uning fagotsitozdagi rolini ham esdan chiqarmaslik kerak.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin