Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Yallig’lanishni eksperimental modellashtirish



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə68/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Yallig’lanishni eksperimental modellashtirish
Yallig’lanish muammolarini o’rganish tibbiyotni barcha sohalarining asosiy muammolaridan biridir. Biroq ularni o’rganish usullari turlicha.
Klinitsist – bemor to’shagida, patologoanatom – o’likni yorganda, patofiziolog esa – hayvonlarda o’tkazilayotgan eksperimentda ushbu muammo yechimini topadi.
1867 yili Kongeym baqani ichak tutqichida, yallig’lanish paytida qon aylanishi buzilishini o’rgandi va giperemiyadan to stazgacha bo’lgan bosqichlarni tahlil qildi. Leykotsitlarni qon-tomirlar orqali emigratsiyasini kuzatdi. Hozirda uning tajribalarini talabalar amaliy mashg’ulotlarda bemalol bajaradilar.
1920 yilda er-xotin Klarklar quyon qulog’ini ikki tomonidagi epidermisni olib tashlab, o’sha yerga disk o’rnatdi, shaffof darchadan qon aylanishi buzilishini flogogen omillarni tahsirlab o’rgandi, bunday usul bilan miya pardasidagi qon aylanishni buzilishini ham o’rganish mumkin.
Menkin (1948 y.) yallig’lanishni o’rganish uchun bioximik usullarni taklif qildi. Uning hizmatlari tufayli hozirda ko’plab yallig’lanish mediatorlari ochilgan va chuqur o’rganilgan. Elektron mikroskop, ulg’tratsentrifuga va boshqa usullar yordamida biologik membrana hossalari to’g’risida muhim mahlumotlarga ega bo’ldikki, natijada yallig’lanish shishi, qon tomirlar devoridan leykotsitlarni o’tishini va ularning yallig’lanish o’chog’ida to’planish mexanizmi ochib berildi.
Yallig’lanish muammolarini o’rganishda Mechnikovni tajribalari muhim ahamiyatga ega. Uning tajribalarini o’ziga xosligi shundan iboratki, u yallig’lanishga evolyutsion taraqqiyot nuqtai nazaridan qaradi. U birinchi bo’lib filogenezdagi yallig’lanishni o’rgandi, yahni turli pog’onada turgan hayvonlarda tajribalar o’tkazdi. M: dengiz yulduzchasini shaffov lichinkasida fagotsitoz xodisasini ochdi va yallig’lanish rivojlanishida bu xolat muhim ahamiyatga ega ekanligini tushintirdi. Ushbu kuzatishlarga asoslanib, qiyosiy patologik yoki evolyutsion yallig’lanish nazariyasini yaratdi.
Sodda, umurtqasiz hayvonlarda o’tkazilgan, oddiy va birmuncha birlamchi tasavvurlar, keyinchalik murakkab patologik jarayonlarni tushinishimizda, kalit vazifasini o’taydi, bundan tashqari, eksperimentlarda yallig’lanishni chuqur taxlil qilish, klinikada ko’plab yallig’lanishga qarshi preparatlarni tadbiq qilishga imkon beradi.
Etiologiya
Har qanday zararlovchi agent, to’qimani adaptatsion imkoniyatlaridan kuch va davomiyligi bo’yicha ustun bo’lsa, yallig’lanishni yuzaga chiqaradi. Flogogen omillarni 2 ga bo’lish qabul qilingan: ekzogen va endogen.


  1. Yüklə 0,71 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin