MAHRUZA №10
YaLLIG’LANISH
REJA:
Yallig’lanish haqida tushuncha
Yallig’lanishni tashqi belgilari va ularning tahlili
Yallig’lanishni eksperimental modellashtirish
Yallig’lanishni etiologiyasi
Yallig’lanishni patogenezi
Yallig’lanishni hujayralari
Yallig’lanish o’chog’ida qon aylanishini buzilishi
Ekssudatsiya haqida tushuncha
Yallig’lanish - vaskulyar to’qimalarning zararlanishi natijasida, qon aylanishni buzilishi, uning tarkibini o’zgarishi, hamda qo’shuvchi to’qimada alg’teratsiya, ekssudatsiya va proliferatsiya bilan kechuvchi murakkab immunobiologik va himoya moslashuv reaktsiyasidir. SHundan, bir hujayraliklarda, umurtqasizlarda, shuningdek ko’p hujayrali parazitlarda yallig’lanish yuzaga chiqmaydi, chunki ularda qon aylanish tizimi shakllanmagan, lekin yallig’lanish elementlarining ayrim filogenetik prototiplari uchraydi, m: fagotsitoz, hujayra va uning organlarini gipertrafiya va giperplaziyasi va h.k.z.
Yallig’lanish organizmga tahsir etgan patogen omillarga, uning himoya harakteriga ega bo’lgan murakkab immunobiologik reaktsiyasi hisoblanadi. Bu jarayon asosan mahalliy harakterga ega bo’ladi, lekin ko’p holatlarda butun organizmni, yahni immun, endokrin va nerv tizimlarni qamrab oladi. Evolyutsion rivojlanishini dastlabki bosqichida yuzaga chiqqan yallig’lanish, o’z harakterini o’zgartirib, murakkablashib bormoqda, lekin unda doimo ikkita sifatni ko’rish mumkin. Bir tomondan zararlanish organ, hatto butun organizm uchun havf-hatar tug’dirsa, ikkinchi tomondan organizmga yashab ketishiga yordam beradi. Yallig’lanishda organizm uchun himoya hamda havf elementlari birga bo’ladi, shuning uchun shifokordan ushbu jarayonga aralashuvi talab etiladi. Yallig’lanish, gipoksiya va shu jumladan stress bilan bir qatorda, eng ko’p uchraydigan tipik patologik jarayondir. Yallig’lanishdagi himoya vazifalarini roli shundaki, agar ular bo’lmasa, infektsiya jarayoni sepsisga, travma shokka, to’qimalardagi defektlar qayta tiklanmagan bo’lar edi.
Dostları ilə paylaş: |