Embol harakteriga ko’ra: ekzogen (havoli, gazli, yot moddali, bakterial, parazitar); endogen (trombli, yog’li, har xil to’qimalar, homila oldi suvi va boshqalar).
Joylashgan joyiga ko’ra: katta, kichik qon aylanish doirasidagi va darvoza venasidagi emboliyalar farqlanadi. Qon tomirlarda aksariyat hollarda, embollar qon oqimi bo’ylab siljiydi. SHundan, katta qon aylanish doirasiga embollar, o’pka venalarida, yurakning chap bo’shlig’ida katta qon aylanish doirasini yirik arteriyalaridagi patologik o’zgarishlar hisobiga keladi.
Kichik qon aylanish doirasiga esa katta qon aylanish doirasini venoz tizimida, yurakni o’ng qismidagi o’zgarishlar hisobiga embollar keladi.
Parodaksal emboliya o’ng va chap bo’lmacha va qorincha o’rtasidagi teshiklar bitmay qolganda, bu xolatda embollar katta qon aylanishni venoz tizimidan yoki yurakni o’ng qismidan, kichik qon aylanishini chetlab, yurakni chap qismiga o’tadi.
Ayrim xollarda retrograd emboliya ham kuzatladi.Retograd tarzda harakat qiladigan embollar, gemodinamik qonuniyatlarga bo’ysunmay, embol og’irligi bo’yicha harakat qiladi. Bunday emboliya yirik venoz qon tomirlarda, qon oqimi tezligi pasayganda yoki ko’krak qafasini so’rib olish xususiyati susayganda kuzatiladi.
Ekzogen harakterdagi emboliya Havoli emboliya yirik venalar jarohatlanganda yuzaga chiqadi (yaremnaya, podklyuchichnaya, sinusov tverdoy mozgovoy obolochki). Ushbu venalarda bosim nulga yaqin yoki manfiy bo’lsa, jarohatlanish paytida, ayniqsa, nafas olishning eng cho’qqisida, havoni so’rib oladi, natijada havoli emboliya yuzaga chiqadi. Xuddi shunday holat o’pka zararlanganda, uning destruktiv o’zgarishlarida, shuningdek pnevmotoraksda kuzatiladi. So’ngra embollar katta qon aylanish doirasiga o’tadi.
Bundan tashqari o’pkadan qonga ko’p miqdorda havo o’tganda, (vzrqvnoy udar volnq) chuqurlikdan keskin ko’tarilganda ham kuzatiladi. Bunday sharoitda alg’veolalarni keskin kengayishidan yoriladi, havo kapillyar to’rdan, katta qon aylanish doirasiga tushadi.
Havoli emboliyaga hayvonlar, shu jumladan insonlar turlicha sezuvchanlikni namoyon qiladi. M: quyon 2-3ml havo kirsa o’lsa, itning har bir kg vazniga 50-70ml havo yuborilsa ham o’lmaydi. Odam organizmi esa bularning o’rtasida turadi.
Gazli emboliya Kesson kasalligidagi dekompressiya holatini asosiy patogenetik zvenosida gazli emboliya yotadi. Atmosfera bosimini keskin o’zgarishi, yuqoridan, pastga yoki normal atmosfera bosimini keskin pasayib ketishi, gazlarning (azot, SO2, O2) eruvchanligini tezkor pasayishiga olib keladi, natijada to’qima va qonda pufakchalar hosil bo’ladi (azotga bog’liq ayniqsa), bu asosan katta qon aylanish basseynidagi kapillyarlarda kuzatiladi. Bundan tashqari, gazli emboliya anaerob gangrenada ham ko’p uchraydi.