Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə61/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Birinchi etapda to’qima va qondagi protromboplastinlardan, aktiv tashqi va ichki tromboplastinlar hosil bo’lishi yuzaga chiqadi.
Tashqi tromboplastinlar plazma va to’qima qon ivishi komponentlarini o’zaro aloqasidan hosil bo’ladi.
Qon yoki ichki tromboplastinlar esa trombotsitning protromboplastinlari plazma omillari bilan aloqasidan hosil bo’ladi.
To’qima tromboplastinini hosil bo’lishi uchun bir necha sekund ketsa, qon tromboplastini hosil bo’lishi uchun bir necha minut ketadi.
Ikkinchi etapda aktiv trombin hosil bo’ladi. Proteolitik ferment tromboplastin tahsirida protombinni ikki tomonidan oqsil molekulalari parchalanishidan (62.000 molekulyar massaga ega bo’lgan yuqori spetsifik proteolitik ferment) trombin hosil bo’ladi.
Uchinchi etapda trombin tahsirida fibrinogendan fibrin hosil bo’ladi. Fibrinogen molekulasidan ikkita yoki to’rtta manfiy zaryadga ega A va V peptid ajraladi. Keyingi etapda fibrin monomerdan fibrin polimer hosil bo’ladi. Bu etapda fibrin trombni asosiy massasini tashkil etadi, biroq u yumshoq bo’ladi.
Oxirgi etapda fibrin trombastenin tahsirida retraktsiyaga uchraydi. Retraktsiya bu labil jarayon bo’lib – ximik, termik, biologik, mexanik omillar tahsirida retraktsiya buzilishi yoki to’xtashi mumkin.
Retraktsiya normal ketishi uchun Sa+2 ionlari, glyukoza, ATF glikolizini fiziologik ketishi, trombin, fibrinogen hamda fibrinogen va trombotsitlarni mahlum kontsentratsion nisbati zarur bo’ladi.
Tromboz oqibati turlicha bo’ladi. O’tkir qon ketishida, trombozni hosil bo’lishi qon ketishini oldini olishga, yahni himoyaviy reaktsiya bo’lib xizmat qiladi. Tromb hosil bo’lishi turli kasalliklarda (ateroskleroz, endartrit, qandli diabet) yomon oqibatlarga, qon aylanishini buzilishiga, arteriya va venalarda tromboz natijasidagi ishemiyaga olib keladi.
Aseptikda, erish natijasida yoki trom o’rtasidan kesib o’tuvchi mayda kanalchalar hosil bo’ladi. Rekanalizatsiya, eng havflisi, mikroblar tromb ichiga kirib, septik autoliz chaqiradi, bu septikopiemiya organlarda ko’plab abstsesslarga olib kelishi mumkin.
Emboliya
Emboliya (grekchadan ichkariga tashla, degan mahnoni anglatadi), qon tomirlarning qon yoki limfa oqizib olib kelgan embollar hisobiga to’silib qolishini emboliya hodisasi deb ataladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin