Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə58/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Etiologiyasi: travmatik va notravmatik
Notravmatik gemorragiya asosida qon tomirlarni o’tkazuvchanligini ortishi yotadi, eritrotsitlar diapedezi ro’y beradi, bunda qon tomirni makroskopik bir butunligi buzilmaydi.
Tugashi: anemiya (ko’p qon yo’qotishdan)
gipotoniya
kollaps
o’lim


MAHRUZA №9


STAZ, TROMBOZ, EMBOLIYa


REJA:



  1. Staz, uning turlari, etiologiya va patogenezi

  2. Tromboz, uning turlari, etiopatogenezi

  3. Tromb hosil bo’lish mexanizmida Virxov uchligi

  4. Tromb hosil bo’lishining bosqichlari

  5. Emboliya, uning sinflanishi

  6. Ekzo va endogen embollar haqida tushuncha

  7. Katta va kichik qon aylanish doirasidagi emboliya

  8. Darvoza venasidagi emboliya

Staz (grekchadan-turib qolish degan mahnoni anglatadi) kapillyarlarda, kichik arteriya, hamda venalarda qon oqimini sekinlashuvi va ohir-oqibat to’xtashi tushiniladi.


Quyidagi stazlar tafovutlanadi:

  1. Haqiqiy (kapillyar) staz kapillyarlar devoridagi patologik va qonning reologik o’zgarishlari hisobiga yuzaga chiqadi.

  2. Ishemik staz arteriyalardan kapillyar to’riga qon kelishini butunlay to’xtashidan kelib chiqadi.

  3. Venoz staz kelib chiqishida arterial va venoz tizimidan qon ketishini qiyinlashuvi sabab bo’ladi.

Venoz va ishemik stazlar qon tomirlarda qon oqimini sekinlashuvi va to’xtashidan kelib chiqadi. Venoz va ishemiya stazga olib keluvchi sabablarga vena va arteriyani ezilishi, qon tomirda embol yoki trombni turib qolishi, angiospazmni keltirish mumkin. Bu ikkala stazni yuzaga chiqaruvchi omillar bartaraf etilsa, bu holat o’tib ketadi, agar ishemik va venoz staz progresslansa, haqiqiy stazga o’tib ketishi ham mumkin.
Haqiqiy stazda kapillyarlarda qon harakatsiz holatga keladi, uning gomogenizatsiyasi kuzatiladi, eritrotsitlar bo’kadi, o’zining ko’plab pigmentlarini yo’qotadi. Qon tomirlardan plazma va erkin gemoglobinlar tashqariga chiqib ketadi. Kapillyar staz ro’y beradigan zonada to’qima trofikasi buziladi, ohir-oqibat to’qimalar o’ladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin