Yallig’lanishni tashqi belgilari Yallig’lanishni tashqi belgilari juda qadimdan ayon, TSelg’s-Galen, 2000 yildan hozirgacha ular o’zlarini ahamiyatini yo’qotmagan, vaqt o’tish bilan ularni tushintirishda to’ldirilishlar ro’y bermoqda.
Qizarish (lot. rubor) qon tomirlar giperemiyasi bilan harakterlab, arteriolalar, venulalar va barcha rezervdagi qon tomirlar kengayib ketishi bilan namoyon bo’ladi. Avvaliga, giperemiya o’chog’ida, qon tomirlarda qon oqishini tezligi hisobiga och qizil rangda bo’ladi. Ozgina vaqt o’tgandan so’ng, yallig’lanish o’chog’ida qon oqimi o’zgaradi, yahni sekinlashadi. Bu esa qon oqishini to’xtashigacha, staz yoki stazdan oldingi holatgacha o’zgaradi, bunda yallig’lanish o’chog’i qoramtir yoki ko’kimtir rangga kiradi. Giperemiya qon tomirlardagi vazodilyatorlarni qitiqlanishidan yoki Vvedenskiy bo’yicha parabioz holati bilan tushintiriladi. Giperemiyani kelib chiqishida nerv-reflektor va gumoral mexanizmlar yotadi.
SHish (lot. tumor) - yallig’lanish o’chog’ida qon tomirlar o’tkazuvchanligi keskin ortib ketadi, undan nafaqat oqsil va uning kolloidlari, balki shaklli elementlar ham o’tib ketadi, natijada yallig’lanish o’chog’ida shish paydo bo’ladi.
Og’riq (lot. dolor) sezuvchi tolalarni qattiq qitiqlanishidan yuzaga chiqadi, bunda nerv oxirlari va to’qimalar siqilib qoladi. SHuning uchun, panaritsiyda, tish pulg’pasida kuchli og’riq bo’ladi, agar o’sha joyni kesib, bosimni pasaytirsay, og’riq pasayadi yoki to’xtaydi.
Temperaturani ortishi (lot. color) yallig’lanish ro’y beradigan to’qimalarda issiqlik ko’p hosil bo’ladi, moddalar almashinuvi kuchayadi, “moddalar almashinuvida o’t ketadi”, lekin tutaydi.
Funktsiyalarni buzilishi, yuqorida aytilgan o’zgarishlar yallig’lanish o’chog’idagi organni, qolaversa butun organizmni funktsiyalarini buzilishiga olib keladi.