Kumbs va Djellar bo’yicha allergik reaktsiyalar (1968 yil). I-tip anafilaktik reaktsiyalarda antitela hujayralarga yopishgan bo’lib, antigen to’qimaga tashqaridan tushadi, ushbu reaktsiyalarda bazofil hujayra membranasida JgE va JgG lar antigen bilan kompleks hosil qiladi. Bunday reaktsiyalarga umumiy va mahalliy anafilaksiyalar misol bo’ladi. Umumiy anafilaksiya anafilaktik shok tarzida, mahalliy anafilaksiya esa teri va boshqa ichki organlarda yuzaga chiqadi.
II-tip tsitoliz yoki tsitotoksik reaktsiyada antigen hujayra komponenti yoki uning membranasiga yopishgan bo’lishi mumkin, antitela to’qimaga kiradi.
Allergik reaktsiya, hujayra membranasini antitela tomonidan zararlanishidan koplement tizimni aktivlashuvi boshlanadi, natijada V-killer va fagotsitoz aktivlashuvi yuzaga keladi. Bunda aktivlovchi omil bo’lib, antigen-antitelo kompleksi hisoblanadi. TSitotaksik allergik reaktsiyalar ko’p dozada Bogomolg’tsni antiretikulyar tsitotoksik zardobini yuborganimizda ham yuzaga chiqadi.
III-tip Artyus fenomenida antigen ham, antitela ham hujayra komponenti bo’lmaydi, antitela-antigen kompleksi qon yoki hujayralar aro suyuqlikda hosil bo’ladi. Pretsipitatsiya qiluvchi antitelalar rolini JgM, JgG o’taydi. Mikropretsipitatlar qon tomiri va uning devori atrofida to’planadi, bu mikrotsirkulyatsiyani buzilishiga, to’qimani ikkilamchi zararlanishi, hatto nekroziga olib keladi. Bundan tashqari JgM, JgG, JgG2, JgG3 lar komplement tizim, xemataksis va fagotsitozni aktivlaydi. To’qimalarda leykotsitar infilg’trat to’planadi, bu esa fenomen Artyusni sekin yuzaga chiquvchi komponentidir.
IV-tip o’ta sezuvchanlikni sekin reaktsiyasi, ushbu reaktsiyani o’ziga xosligi, antigen bilan T-limfotsitlar birikadi.
V-tip allergik reaktsiyalarni stimullash, antigen tashuvchi hujayraga antitela tahsirida ushbu hujayra funktsiyasini kuchayishiga olib keladi. Hujayra funktsiyasi kuchayishi asosida, gormon va mediatorlar aktivligini kuchaytiruvchi retseptorlar faoliyatini ortishi bilan kechuvchi autoimmun mexanizmga ega Bazedov kasalligini misol keltirish mumkin.