Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə43/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Tezkor allergik reaktsiya tipi
Anafilaktik reaktsiyalar generalizatsiyalashgan yoki mahalliy bo’lishi mumkin.
Anafilaktik shokni klassik tarzda, ot zardobi bilan sensibilizatsiya qilingan dengiz cho’chqasida kuzatish mumkin.
Sensibillovchi doza (0,07 mkg oqsil), hal qiluvchi doza esa, 10 marotaba sensibillovchi dozadan yuqori bo’ladi, 5-10 kun o’tkazib, hal qiluvchi doza yuborsak, anafilaktik shok kelib chiqadi.
Anafilaktik shokni dengiz cho’chqasi venasiga hal qiluvchi doza yuborib Zigelg’ o’rgangan. Yarim minutdan so’ng yuzaga chiqadi, bunda dengiz cho’chqasi bezovtalanadi, tuki dag’allashadi, yo’taladi, nafas olishi qiyinlashganidan burnini qashlaydi va og’zini ochib nafas ola boshlaydi. Hayvon holati tez og’irlashadi, titroqli nafas, behosdan ahlat va siydik chiqaradi, muvozanatini yo’qotadi, yiqiladi, talvasaga tushadi. Hal qiluvchi doza yuborgandan so’ng 10 minutdan so’ng hayvon o’ladi. Agar hayvonni yorib ko’rsak, o’pkasi havo bilan to’lganini ko’ramiz va kesib suvga tashlasak cho’kmaydi, bu bronxospazmdan dalolat beradi.
Anafilaktik shok mexanizmida, organizmga antigenni sensibillovchi dozasi kiritilganda, JgE va JgG tipidagi antitelalar sintez qilinadi. Antitelalar organ va to’qimalarga tarqaladi va hujayralarga adsorbtsiyalanadi, bu holat to’qima bazofillarida ko’proq kuzatiladi.
Antigenni hal qiluvchi dozasi yuborilganda, ular qonga tushib gumoral antitela va limfotsitlar bilan o’zaro aloqaga kiradi. To’qima bazofillarida va boshqa hujayralarga yopishgan immunoglobulinlar bilan antigen+antitela kompleksini hosil qiladi, ularni massiv degranulyatsiyaga uchratadi, natijada gistamin, serotonin va boshqa biologik aktiv moddalar ajraladi va bular o’z navbatida boshqa BAM aktivlashtiradi. Hayvon organizmida arterial bosim avvaliga ortadi (100-140 mm.rt.st), keyin tushib ketadi. Tana harorati pasayadi, ichki organ muskullari qisqara boshlaydi. Sensibilizatsiyaga uchragan hayvondan kulg’tura olib, ayrim organlarga yuborsak, ushbu organlarda allergik reaktsiyani kuzatish mumkin (O’ulg’ts-Deyl). Qon-tomirlar o’tkazuvchanligi ortadi, hamma shoklarga xos, qon quyuqlashadi.
Turli hayvonlarda anafilaktik shokni kechishi turlicha, buning asosida, qaysi hayotiy zaruriy organ “shokovqy” bo’lishidir. M: itlarda jigar venasi sfinkterini spazmi va jigarda qonni dimlanishi, arterial bosimni keskin pasayishi bilan namoyon bo’ladi. Quyonlardagi shok patogenezida o’pka arteriyasini spazmi yotadi, bu yurakning o’ng tomoni keskin kengayib ketishi hisobidan kelib chiqadi.
Odamlardagi anafilaktik shok, dengiz cho’chqasidagiday bo’ladi, yahni bronxiolalar spazmi, o’pka ventilyatsiyasini buzilishi, arterial bosimni pasayishi, qon ivishini buzilishi, tana haroratini pasayishi bilan namoyon bo’ladi. “Allergik portlash” kontseptsiyasiga (1989 y. Kats) muvofiq, anafilaktik tipidagi allergik reaktsiyalar, sog’lom organizmda JgE sintezini ingibirlovchi, yahni tormozlovchi tizimni ishdan chiqishidan kelib chiqadi. Hayvonlarda bunday holatni ayrisimon bez olib tashlaganda, tsiklofosfamid yuborganda (immunodepressant), past dozalarda rentgen nuri, T-supressorlarga qarshi antizardob berilganda chaqirish mumkin. “Allergik portlash” mexanizmida JgE sintezini nazorat qilish tizimni izdan chiqishidan, ushbu immunoglobulinni ko’plab sintezlanishi yotadi.
Hozirda 3 ta mexanizm mavjud, yahni regulyator munosabatlar T-limfotsitlar ichida (T-T), V-limfotsitlar ichida (V-V) va ushbu guruxlar orasida (T-V) rivojlanadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin