Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə44/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Mahalliy Overi fenomeni
Aktiv va passiv fenomen kuzatiladi. Aktiv Overi fenomenida sensibillashgan dengiz cho’chqasining teri ostiga, hal qiluvchi dozadagi antigen bilan yuqori molekulyar bo’yoq yuboriladi (Evans ko’ki). Agar reaktsiya musbat bo’lsa, terida ko’k dog’lar hosil bo’ladi.
Passiv Overi fenomenda sensibillashmagan dengiz cho’chqasiga, bir vaqtda antigen, antizardob va bo’yoq yuboriladi. Agar antizardob tarkibida JgE, JgG bo’lsa, ular to’qima bazofillari membranasiga o’tirib, terida allergiya chaqiradi, bu o’zining mexanizmiga ko’ra anafilaktik reaktsiya bo’ladi. Qon tomirlar devori o’tkazuvchanligi ortadi, bo’yoq chiqadi, natijada teri rangini o’zgartiradi.
Tarvoq va Kvink shishi
Tarvoq qichishish, tarvoq toshmasi bilan namoyon bo’ladi. Tarvoq, bahzi oziq-moddalar istehmol qilganda m: qulupnay yoki dori-darmonlar ichganda ham yuz berishi mumkin.
Kvink shishi gigant tarvoq yoki angionevrotik shish deb ham ataladi. Tarvoqdan farqli, bu shish lokal harakterga ega bo’lib, ko’p miqdorda suv, yahni ekssudat to’planadi. Ushbu ekssudat qo’shuvchi to’qimada, terida, ayniqsa qovoq, lab, tashqi jinsiy organlarda, halqum va tilning shilliq qavatida to’planadi.
Ayrim odamlarda, kallikrein va komplement tizimlarni ingibirlovchi tizimda defekt bo’lsa, biologik aktiv moddalar juda osonlik bilan aktivlashadi, bunday holat nafaqat antigen–antitela kompleksi tahsirida, balki noimmun m: sovuq tahsirida ham aktivlashuvi mumkin. Bundan tashqari, sovuq harorat autoallergenlarni induktsiya qilish yo’li bilan allergik reaktsiya chaqirishi ham mumkin.
Bronxial astma allergen tahsirida bronxiolalarning shilliq qavatini shishi va spazmi, shilliqni gipersekretsiyasi (ular bronxda to’planadi) bilan namoyon bo’ladi.
O’pkada gazlar almashinuvi buziladi, kuchli hansirash kuzatiladi. Bronxial astmani 50% holatlarda uy changi yuzaga chiqaradi, chang uglevod tabiatga ega bo’lib, paxtadan tabiiy va bakterial yo’l bilan tsellyulozani ajralishidan kelib chiqadi.
Allergen ko’cha changida va bo’sh uylarda bo’lmaydi, faqat uyda odam istiqomat qilishi zarur. Bundan tashqari, o’simlik changi , hayvon juni, ko’chgan epidermis, aspirin, morfin ham bronxial astma chaqiradi. Mahlum bo’lishicha, 85% bronxial astma bilan og’riydigan bolalarda allergen uy changidagi kana bo’lishi ham mumkin.
Bronxial astmani immunologik bosqichi. Ushbu kasallikni rivojlanishida JgE katta ahamiyat kasb etadi. Bronxial astma bilan og’riydigan insonlarni ushbu kasallikka irsiy moyilligi bo’ladi, chunki boshqa insonlarda esa, boshqa sinfga mansub antitelalar sintez qilinadi. Antitelalar asosan bronxiolalarni shilliq qavatida uchraydi, shu yerda allergen bilan uchrashadi va kasallikni keltirib chiqaradi. Bronxial astmani bioximik bosqichida atsetilxolin, MRS-A, serotonin, gistamin, PGF2, PGE yetishmovchiligi muhim rolg’ o’ynaydi. Bronxial astma rivojlanishida leykotrien D4 hisoblangan MRS – A bilan birga trombotsitlarni aktivatsiyalovchi omil [TAO], bronxlarni uzoq muddat spazmini tahminlaydi.
Ushbu biologik aktiv moddalar tahsirida, bronxlar spazmi, shilliqni to’planishi va shishga olib keladi, bu holat bronxlarni bekilib qolishiga sabab bo’ladi.
Pitskiyni fikricha bronxial astmani kelib chiqishida, bronx mukullarini bo’shashtiruvchi tsAMF yetishmovchiligi, uning sezuvchi retseptorlar defekti yoki miqdorini keskin kamayishi sabab bo’lishi mumkin deb, talqin qilinadi.
Bundan tashqari, adrenalin va kortizol kam sintez qilinishi ham sabab bo’lishi mumkin, chunki ular atsetilxolin va gistaminga nisbatan kontrregulyator tahsir etadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin