Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə47/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Antigenlar demaskirovkasi yuqori shakllangan organlarni gistogematik barherlari faoliyatining buzilishidan kelib chiqadi (bosh miya, gavhar, tuxumdon, qalqonsimon bez va boshqalar). Bu organlarda auotoantigenlar bo’lsada, biroq gistogematik barher tomonidan izolyatsiya qilingan bo’ladi. Auotoantigenlar biologik makromolekulalar ichida bo’lishi mumkin, ular fizik, ximik, biologik omillar tahsirida ulardan ajraladi, natijada auotoantigen va auotoantitela kompleksi hosil bo’ladi.
To’qimalarni normal komponentlariga nisbatan immunologik tolerantlikni yo’qolishini m: gaptenlarni tashuvchilarini o’zgartirish bilan pasaytirish mumkin. Mahlumki, ko’p miqdordagi antigenlarga V-limfotsitlarda tolerantlik yuzaga chiqmaydi. Normal sharoitda V-limfotsitlar xususiy antigenlarga auotoantitelalar ishlab chiqarmaydi, lekin T-limfotsitlarda tolerantlik yuzaga chiqadi. Ushbu antigenlar bilan T-limfotsitlar uchraganda V-limfotsitlar bilan kooperatsiyaga kirishmaydi, natijada notolerant V-limfotsit immun javob berishga jalb etilmaydi.
Somatik mutatsiyada turli organlarda yangi hujayralar hosil bo’ladi, natijada o’z organizmiga nisbatan auotoantigenga aylanib qoladi, lekin tezda hosil bo’lgan “klon” somatik hujayralar tomonidan eliminatsiyalanadi.
Organizm, ushbu mutatsiyaga uchragan klonlarga nisbatan, yot antigenga o’xshab munosabatda bo’ladi. Bunday kasalliklarga: revmatoid artrit, sistemali qizil volchanka, autoimmun gemolitik anemiya, leykopeniya. M: revmatoid artritda organizmda qondagi xususiy gammaglobulinlar qarshi antitela ishlab chiqariladi.
Ushbu kasalliklar bilan asosan ayollar og’riydi, bu holatni shu narsa bilan bog’laydiki, immun tizimni shakllanishiga X xromosomalar javob beradi, ayollarda esa ular ikkitani tashkil qiladi.
Paraallergiya va geteroallergik reaktsiyalarni o’xshashligi shundan iboratki, bunda ham, moddalar to’qima hujayralariga toksik tahsir etib lekin immun tizimga tahsir etmasdan biologik aktiv moddalar ajralishini tahminlaydi, bu esa uning klinikani belgilaydi. Paraallergiya gistamin liberatorlari tahsirida chaqiriladi, buning natijasida bazofillar degranulyatsiyasi ro’y beradi.
Paraallergiyani yolg’on (psevdoallergiya) allergiya desak to’g’riroq bo’ladi, chunki u bitta moddani qayta kiritish orqali ro’y bersa, geteroallergiya bir modda bilan tayyorlanadi, boshqa bir moddani qayta kiritganda ro’y beradi.
Para va geteroallergiyani kesishgan allergik reaktsiyalardan farqlash lozim. Bunday allergik reaktsiyada, organizmni bir turdagi mikroorganizm bilan immunlashtirib, ikkinchi marotaba boshqa mikroorganizm yuborildi, lekin uning antigenlik xususiyati birinchisiga o’xshab ketadi.
Paraallergiya reaktsiyalari mahalliy va umumiy bo’ladi. Mahalliyga O’vartsman fenomeni, umumiyga Sanarelli fenomeni kiradi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin