Venoz giperemiya Organ yoki to’qimani biror qismidan qon ketishini qiyinlashuvidan, venoz giperemiya kelib chiqadi.
Sabablar: 1. Venalarni tromb yoki embol bilan to’silib qolishi
2. O’sma, chandiq yoki kattalashgan bachadon bilan venalarni ezilishi
3. Yallig’lanish o’chog’i, buyraklar gidronefrozida to’qimalarda gidrostatik bosimni keskin organda, yupqa devorli venalarni ezib qo’yilishi.
4. Irsiy jihatdan venalarni elastik apparatini yaxshi rivojlanmasligi yoki silliq muskullar tonusini past bo’lishi ham venoz giperemiyaga olib keladi, bu ko’proq oilaviy harakterga ega bo’ladi.
5. Uzoq vaqt vertikal tarzda ishlovchi kasb egalarida.
6. O’ng qorincha funktsiyasi pasayganda, yahni ko’krak qafasini “so’rib olish” xususiyati pasayganda (ekssudativ plevrit, gemotoraks) kuzatiladi.
7. Venoz giperemiya kichik qon aylanish doirasida qon oqishini qiyinlashuvidan (pnevmoskleroz, o’pka emfizemasi, chap qorincha funktsiyasi pasayganda) ham yuzaga chiqadi.
Arteriyalarga nisbatan, venalarda refleksogen zonalar kam bo’ladi, lekin ular yetarli, shu sababli venoz giperemiya kelib chiqishida nerv-reflektor mexanizm muhim rolg’ o’ynaydi.
Venoz giperemiyani asosiy klinik belgilari, organni kattalashuvi, tsianoz, mahalliy haroratni pasayishi, shish, qon tomirlarda qon oqishini sekinlashuvi, eritrotsitlar diapedezi, qon to’plangan venalarda venoz bosimni ortishi, oxirgi bosqichda esa qonni tomirlarda myatniksimon harakati, bu esa asosan staz bilan tugaydi.
Venoz giperemiyani uzoq davom etishi vena devorlarini cho’zilishi, muskul tolalarni gipertrofiyasi, fleboskleroz alomatlari, ohir oqibat venalarni varikoz kengayishiga olib keladi.
Venoz giperemiya juda uzoq davom etganda, vena devorining funktsional elementlarini o’zgarishi kuzatiladi, bu esa atrofiya yoki o’limga olib keladi. SHular bilan birga, qo’shuvchi to’qima o’sa boshlaydi, buning klassik misoli yurak faolyati yetishmovchiligida, venoz dimlanish bilan kechuvchi jigar tsirrozidir. Bundan ham og’ir holatlar limfa va venoz dimlanish bir vaqtda ro’y bersa yuzaga chiqadi.
Venoz giperemiyada mahalliy o’zgarishlarni kelib chiqishida to’qimalarda O2 yetishmovchiligi sabab bo’ladi. To’qimaga arterial qonni kam kelishi gipoksiyaga olib keladi, bu holat esa to’qima fermentlarning faoliyatiga salbiy tahsir etadi. Tahsirni uzoq davom etishi vena devorida distrofik va atrofik o’zgarishlarga, keyinchalik qo’shuvchi to’qimalarni yuzaga kelishiga olib keladi. Vena devorida qo’shuvchi to’qimani bo’lishi, vena devorining bir butunligini saqlaydi, lekin bunday holatda oziqlanishi buziladi. Bir ismli olim, venalarda sunhiy tarzda venoz giperemiyani chaqirib, uzoq muddatlarda bitmagan yaralarni bitishini stimullagan.
Venoz giperemiyada mahalliy o’zgarishlar bilan bir qatorda umumiy gemadinamik buzilishlar ham kelib chiqadi. Bu esa, yomon oqibatlarga olib keladi. Agar darvoza, pastki kovak venada venoz giperemiya kuzatilsa, organizmda keskin arterial bosim pasayib ketadi, bu esa hayotiy zaruriy markazlar faoliyatini buzilishi olib keladi, chunki 90% qon shu yerda to’planadi. Yurak va nafas yetishmovchiligi esa o’limga olib keladi.