Endogen harakterdagi emboliya Tromboemboliya trombni ko’chib ketishidan yuzaga chiqadi, bu esa trombning “kasal” ekanligidan dalolat beradi. “Kasal” tromblar, katta qon aylanishni venoz tizimida (oyoq venalari, tazda, jigarda) shundan mahlumki tromboembollar asosan kichik qon aylanish doirasida uchraydi.
Agar tromb yurakni chap qismida hosil bo’lsa, ular katta qon aylanish doirasiga tushadi. Mukammal tromb bo’lmasligini asosida, uning aseptik yoki yiringli erishi, tromb hosil bo’lishida retraktsiya faza yoki qon ivishini buzilishi yotadi.
Yog’ emboliyasi qon tomirlarga yog’ tomchilarini tushishi ko’proq endogen harakterga ega bo’ladi. Buning sababida qizil ko’mik, teri osti va yog’ moy kletchatkasini zararlanishi yoki jigarning yog’ bosishi yotadi.
Organizmni yosh o’tishi bilan uning naysimon suyaklaridagi qizil ko’mik, sariq ko’mikka aylana boshlaydi, uning erish harorati ham pasayib boradi, shuning uchun, yoshi o’tgan organizmda yog’li emboliya kelib chiqish havfi yuqori.
Yog’li embollar asosan katta qon aylanishni venoz basseynida hosil bo’lib, kichik qon aylanish doirasiga o’tadi. Bundan tashqari, o’pka kapillyarlari orqali yog’ tomchisi kirishi mumkin, (kichik qon aylanishning arteriovenoz anastamozida) u yurakning chap qismiga va undan katta qon aylanishning arteriyalariga kirish, kuzatiladi.
Bunday holatga, kichik qon aylanish doirasida kapillyarlarni ko’p bo’lishi, ularning cho’ziluvchanligi yuqoriligi, o’pkani ritmik ishlashi, arteriolalarni ritmik kengayishi yurak qisqarishiga mos kelishidir. O’lim dozasi odamlarda 12-120 sm3/kg, bahzi hayvonlar uchun 0,9-3 sm3/kg.
To’qima emboliyasisuyak ko’migi, muskul, bosh miya, jigar, trofoblastlar yemirilishi natijasida kichik qon aylanish doirasiga tushib qolishidan yuzaga chiqadi. Havfli o’smalarni metastaz berishini ham inobatga olish kerak.
Embrion oldi suvi emboliyasi tug’it paytida zararlangan bachadon qon tomirlariga embrion oldi suvini tushib qolishi bilan tushintiriladi. Bemor o’pkasini arteriolalar va kapillyarlarida qattiq qismlar turib qoladi. Xuddi kichik qon aylanish doirasi emboliyasini klinik belgilarini namoyon bo’ladi. Bunday emboliyani, to’qima emboliyasidan farqi shuki, bunda qonning fibrinolitik tizimi aktivlashib, fibrinogen miqdori kamayib ketadi, natijada ikkilamchi qon ivishini buzilishi kelib chiqadi.