Kichik qon aylanish doirasidagi emboliya. Bunday emboliyada eng muhim funktsional o’zgarish, katta qon aylanish doirasidagi arterial bosimni keskin pasayishi, aksincha, kichik qon aylanish doiraida arterial bosimni keskin ortishi kuzatiladi.
Foxt va Lindeman (1903 y.) tajribalarda ko’rsatishlaricha, o’pka arteriyasida uchraydigan mayda embolchalar, yirik va o’rtacha o’lchamdagi arteriyalardagi embollarga nisbatan og’ir klinik holat chaqiradi.
O’pka arteriyasida embollar tushganda yuzaga chiqadigan gipotenziv sindromni tushintiruvchi bir necha nazariyalar mavjud.
Katta qon aylanish doirasida arterial bosimni pasayishiga yurakning minutli hajmi pasayishi, hamda o’pka arteriyasini mexanik tiqilib qolishi, o’ng qorincha yetishmovchiligi asosiy sabab bo’ladi, lekin tekshiruvchilarni tahkidlashicha o’pka qon tomirlarni kattagina qismi mexanik yopib qo’yilganda bunday holat kuzatilmaydi.
Arterial bosimni keskin pasayib ketishini Parin refleksi ushbu depressiv refleksda, o’pka arteriyasida joylashgan retseptorlarni qitiqlanishi bilan tushintiriladi. Foxt va Lindemanlar vagotomiya, atropinizatsiya qilingan hayvonlarda depressor reaktsiyalar darajasi pasayganligini kuzatdilar. Bu esa, gipotenziv sindromni reflektor genezga ega ekanligini tasdiqlaydi.
O’pka arteriyasidagi emboliyada arterial bosimni keskin pasayishi gipoksiya hisobiga yurak funktsiyasini pasayishi, bu esa yurakni o’ng qismiga yuklamani ortib borishi bilan tushintiriladi.
Kichik qon aylanish doirasidagi emboliyada, asosiy gemodinamik effekti o’pka arteriyasida arterial bosimni keskin ortishi hisoblanib, o’pka arteriyasi zonasidagi kapillyarlarda, o’pka qon tomirlarini reflektor spazmi hisobiga bosimlar gradienti keskin ortib ketadi. Bu spazmni ahamiyati shundan iboratki, o’pka kapillyarlarida past darajada bosimni ushlab turishidir, bu xolat o’pka shishi kelib chiqishini oldini oladi.
Yuqoridagi gemodinamik o’zgarishlar bilan bog’liq holda markaziy venoz bosim ham ortib ketadi, yahni o’tkir o’pka yuragi (o’ng qorincha yetishmovchiligi sindromi) yuzaga chiqadi, bu esa ko’p hollarda o’limga olib keladi.
O’pka arteriyasidagi embollar, katta va kichik qon aylanish doirasida gemodinamik o’zgarishlar chaqiradi, yahni total tarzda bronxospazm kuzatiladi, bu esa o’pkaning ventilyatsion-perfuzion munosabatini o’zgarishiga olib keladi, bu esa qonning gaz tarkibini ikkilamchi o’zgarishlariga olib keladi, yahni O2 partsional bosimini pasayishi, SO2 ni partsional bosimini ortishi bilan namoyon bo’ladi. Himoya reaktsiyasi sifatida hansirash yuzaga chiqadi.