Allergiya va yallig’lanish Antigen-antitela kompleksi yallig’lanish chaqiruvchi flogogen omil bo’lib hisoblanadi. Antigen-antitela kompleksi ko’plab allergik reaktsiyalarda birlamchi alg’teratsiyani chaqiradi, shundan yallig’lanish boshlanadi.
Agar antigen-antitelo kompleksi hujayralarning zararlanishi uchun bevosita yetarli bo’lmasa, u bioximik bosqichni stimullaydi, yahni biologik aktiv moddalar ishlab chiqargan mediatorlar esa, ikkilamchi alg’teratsiyani chaqiradi. Demak, antigen-antitelo kompleksi mahalliy va umumiy tarzda biologik aktiv moddalar ajralishini tahminlaydi, natijada yallig’lanish oxir oqibat shokka olib kelishi mumkin.
Allergik harakterdagi yallig’lanishda, boshqa yallig’lanishlardan farqi shuki, antigen-antitelo kompleksi flogogen va shokogen harakterga ega bo’ladi.
Allergiya va immunitet Mechnikov tahkidlashicha, infektsion kasalliklarga berilmaslikka immun tizimini normal faoliyati yotadi. Immunitetni oliy formasida normal sharoitda, immun organizmga, qaytadan kasallik chaqiruvchi agent yuborilsa, kasallik yuzaga chiqmaydi yoki kasallik klinik simptomlarsiz o’tadi. Jarayon mikroorganizmni parchalash va zararlantirish bilan tugaydi.
Fiziologik sharoitda oz miqdordagi infektsion agent noimmun organizmga tushganda ham katta virulentlikka ega bo’ladi. Agar, antigenni hal qiluvchi dozaga yaqin dozada yuborilsa, immunitet hosil bo’lishi o’rniga infektsion allergiyani chaqirish mumkin. Bu holatdagi infektsion allergiya, allergik reaktsiyalarni barcha qonuniyatlariga bo’ysunadi.
SHuning uchun, allergik reaktsiyani intensivligi bioximik bosqichini induktsiyasiga, antigen-antitelo kompleksini miqdoriy va sifatiy nisbatiga, biologik aktiv moddalar ajralishi va ularning inaktivatsiyasiga bog’liq bo’ladi.
Anafilaksiyaning patogenezi 1) Gumoral, 2) TSellyulyar, 3) Nerv-reflektor, 4) Poliergik, 5) Anafilaktoksin, 6) pepton nazariyalari.
1909-yili Fredberger “anafilaktoksin” nazariyasini ilgari surdi, yahni organizmga antigenni hal qiluvchi dozasi kiritilganda, antigen-antitelo kompleksi hosil bo’ladi va o’ziga komplement tizimni adsorbtsiyalaydi. Natijada, to’qimani shikastlaydi va oraliq moddalar hosil bo’lishini tahminlaydi. Toksinlar yahni “anafilaktoksin” anafilaksiya belgilarini keltirib chiqaradi. Bu nazariyadagi zid fikr shuki, komplement tizimni titrini kattaligi bilan anafilaktik shokni og’irligi orasida paraplelizm yo’q, deb hisoblaganlar.