1. Fizik
a) termik (sovuq va issiq)
b) elektrotravma
v) ion nurlarni tahsiri.
2. Mexanik (yot tana, ezilish, yirtilish va boshqalar)
3. Ximik (kislotalar, ishqorlar)
4. Biologik (bakteriya, viruslar, zamburug’lar, sodda hayvonlar, chuvalchanglar, o’rmalab yuruvchilar)
II. Endogen omillar.Yallig’lanishni chaqiruvchi flogogen omillar organizmni o’zida, boshqa kasalliklar tufayli yuzaga keladi. M: o’smaga javoban o’t va siydik pufagida yallig’lanish kelib chiqishi, antigen-antitelo kompleksi biror bir organga fiksatsiyalanib yallig’lanish chaqirish mumkin.
Muhim omillar to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Fizik omillar ichida, termik omillar muhim ahamiyatga ega, yahni organizmni normal haroratdan yo o’ta yuqori, yoki o’ta sovuq haroratga tushishi bilan kechadi. Bunda, birinchi navbatda shamollash yallig’lanishi ketadi, jarayon nerv-reflektor harakteriga ega bo’lib, qon aylanishini buzilishi, bu o’z navbatida giperemiya yoki ishemiyaga olib keladi, bu xolatlar hujayralar oziqlanishini buzilishini keltirib chiqaradi, natijada bakteriya, viruslar yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi. SHundan, fizik omillar ko’p hollarda ko’maklashuvchi omilga aylanib, yallig’lanishni tez rivojlanishini tahminlaydi. Ammo, termik omillar organizmga kuchli tahsir etganda, to’g’ridan-to’g’ri yallig’lanish chaqirishi ham mumkin. Agar sovuq uzoq tahsir etilganda, sezuvchi obhektlarda giperemiya, shish, qichishish, terini qalinlashuvi, mayda yarachalar hosil bo’lishi va yorilishi bilan namoyon bo’ladi.
Mahalliy qizib ketish – giperemiyaga, qon tomirlardan suyuqlikni chiqib ketishi, to’qimalar oziqlanishini buzilishiga, ohir-oqibat nekrozga olib keladi.
Nurlar tahsiri ularning tahsiridan ham yallig’lanish yuzaga chiqadi, ulardan quyosh nurlari asosiy o’rinni egallaydi, ulg’trabinafsha, uning to’lqin uzunligi qisqa bo’lganligi uchun kuchliroq yallig’lanish chaqiradi. Qisqa to’lqinli nurlar to’qimaga kuchli adsorbtsiyalanadi, u yerni qisman parchalaydi, buning natijasida gistaminga o’xshash moddalar m: gistidin ishlab chiqariladi.
Rentgen va radiy nurlari ham huddi ulg’trabinafsha nurlariga o’xshab organizmga tahsir etadi, lekin organizmda darhol patologik o’zgarishlar chaqirmaydi, terida eritema va sekin bituvchi yaralar hosil qilish bilan namoyon bo’ladi.
Patogenez Yallig’lanish patogenezini quyidagicha tasvirlash mumkin: flogogen omil tahsirida to’qimani zararlanishi (birlamchi alg’teratsiya), hujayralardan biologik aktiv moddalarni ajralishi, lizosomal fermentlarni ajralishi va aktivlashuvi, ularning biologik makromolekulalarga tahsiri (ikkilamchi alg’teratsiya), mikrotsirkulyatsiyani buzilishi, qon tomirlar devori o’tkazuvchanligini ortishi, ekssudatsiya, hujayralarni ko’payishi (proliferatsiya) defektni tiklanishi tarzida namoyon bo’ladi. Agar, yuqoridagi mikroskopik o’zgarishlardan birortasi bo’lmasa, yallig’lanish yo’q degani.
Yallig’lanishda qaysi jarayon ustunligiga qarab, quyidagi bosqichlarda ketadi.