Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə44/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100
умк илмий иш асослари

Fakultet dekani: G‘.Xolbutayev


Kafedra mudiri: Z.Kabilova


Tuzuvchilar: U.S.Kabulova


Dasturning informatsion-metodik ta’minoti

Dasturdagi mavzularni o‘tishda ta’limning zamonaviy metodlaridan keng foydalanish, o‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Klaster”, “Matbuot konferensiyasi”, “Bumerang” hamda “Muammoli ta’lim” texnologiyasining “Munozarali dars” metodi, shuningdek, nazariyaga doir slaydlardan foydalanish, savol-javob, test yechish, didaktik va rolli o‘yin usullarini qo‘llash nazarda tutiladi.




ILOVALAR
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2008-yil 18-apreldagi 104 –sonli buyrug‘iga
1-ilova


«Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi»
respublika tanlovi to‘g‘risida Nizom


1. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Nizomni qo‘llash sohalari.
Mazkur Nizom «Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi» tanlovini (keyingi matnda Tanlov deb yuritiladi) o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Tanlov tashabbuskori – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi matnda OO‘MTV deb yuritiladi).
Tanlov tashkilotchisi – Tanlov o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasasi.
1.2. Mazkur Nizomda qo‘llanilgan asosiy tushunchalar
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha «Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi» tanlovi - eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasini aniqlaydigan, har yili o‘tkaziladigan tanlovdir.
Tanlov talabgorlari – tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirgan oliy ta’lim muassasasining mutaxassis chiqaruvchi kafedrasi tomonidan tavsiya etilgan bitiruvchilari.
Tashkiliy qo‘mita — tanlovni tashkil etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan iborat bo‘lgan guruh.
Ishtirokchilar — Tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlovga qo‘yilganlar.
Ekspertlar kengashi — talabgorlarning arizalari va ishlarini tanlov Nizomiga muvofiqligini ko‘rib chiqadigan mutaxassislar guruhi.
Da’vogarlar – ariza va ishlari Ekspertlar kengashi tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun tanlab olinganlar.
Jyuri — Ekspertlar kengashi tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun tanlab olingan ishlarini qiyosiy baholashni amalga olshiruvchi mutaxassislar guruhi.
Nominatsiyalar - “Amaliyotga eng samarali tadbiq etilgan bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi)”, “Iste’dodli yosh ixtirochi”, “Noyob qobiliyat egasi”, “Original loyiha muallifi” va “Bunyodkor g‘oya ijodkori” kabi nomlar bilan berilgan tanlov yo‘nalishlari.
Mukofotlar — tanlov g‘oliblari va sovrindorlariga beriladigan diplom va sovg‘alar.
Homiylar — Tanlovda moddiy, axborot, tashkiliy va boshqa turdagi yordamni amalga oshiruvchi davlat va jamoat tashkilotlari, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, xususiy shaxslar.
1.3. Tanlovning tashkiliy masalalarini muvofiqlashtirish.
Tanlov o‘tkazishni muvofiqlashtirish Tanlov tashkiliy qo‘mitasiga yuklanadi. Tashkiliy qo‘mita tanlov o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasasi va homiylar tomonidan shakllantiriladi. Tashkiliy qo‘mita Ekspertlar kengashi va Jyuri tarkibini shakllantiradi. Ularga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining institutlari, kadrlar buyurtmachilari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari, tanlov o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasasi, bakalavr va magistrlarni tayyorlash ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha jalb qilingan mutaxassis-ekspertlar kiradi.
Tanlov tashkiliy qo‘mitasi raisi tanlov o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasasi rektori hisoblanadi.
Tanlov har bir ta’lim sohasi bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.
Mazkur nizom tanlovda ishtirok etishga da’vogar bo‘lgan barcha manfaatdor shaxslarga tanishish uchun taqdim etiladi. Nizom Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining saytida ochiq e’lon qilinadi.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin