Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi


Fan doirasida mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə42/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100
умк илмий иш асослари

Fan doirasida mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar


Mustaqil ta’lim mazmuni ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar mavzulari asosida shakllantiriladi. Biroq mustaqil ta’lim ko‘proq ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarida o‘rganilmagan masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Mustaqil ta’lim asosida o‘qib-o‘rganilgan masalalar fan bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari savollarida o‘z aksini topadi.
Mustaqil ta’limni tayyorlashda mazkur fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha mavzularni konspektlashtirish;

  • maqola yozish;

  • kitob va maqolalarga annotatsiya yozish;

  • Internet tarmog‘ida axborotlar izlash va tahlil etish.

Ilmiy ish asoslari” fanidan talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi



Mavzular nomi

Talaba mustaqil ishi shakli

Soati

Muddat

1

Tadqiqot metodlari.

Internet tarmog‘ida axborotlar izlash va tahlil etish.

2

1-2-hafta



2

Mavzuning dolzarbligi.

Audeoli taqdimot tayyorlash

2

1-2-hafta



3

Ilmiy ish asoslari

Taqdimot

2

1-2-hafta



4

Ilmiy ish uslublari

Taqdimot

2

1-2-hafta



5

Tadqiqot turlari

Portfolio

2

3-4-hafta

6

Mavzuni tasdiqlash

Chizmali organayzerlar

2

3-4-hafta

7

Tadqiqotning tarkibiy qismlari

Tarqatma material

2

3-4-hafta

8

Tadqiqotni xulosalash

Juftlikda dars tashkil etish

2

5-6-hafta

9

Tadqiqot jarayonini tavsiflash, tadqiqot natijalarini muhokama qilish.

Taqdimot

2

5-6-hafta

10

Ilmiy tadqiqot olib borishning mantiqiy sxemasi.

Video lavha tayyorlash

2

5-6-hafta

11

Tadqiqot olib borishda metodlarni tanlab, uning metodikasini oydinlashtirish.

O‘quv topshiriq tayyorlash

2

7-8-hafta

12

Tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash

Dars ishlanma tayyorlash

2

7-8-hafta

13

Ilmiy-metodik adabiyotlarni guruhlash.

Tesiz yozish

2

7-8-hafta

14

Ilmiy-metodik adabiyotlardan ilmiy tadqiqotda foydalanish me'yori

Test tayyorlash

2

9-10-hafta

15

Ilmiy ish asoslari

Tarqatma material

2

9-10-hafta




Jami:




30










Baho

Mustaqil ishlarning bajarilganlik darajasi

“A+”, “A”, “B+” baho:

Mustaqil ishlar to‘liq va aniq bajarilagan, ta’lim olish metodlari, vositalari haqida to‘liq ma’lumotlar berilgan, olingan ma’lumotlar tahlil etilib, ijodiy tadqiqot ishlari va tanqidiy sintez elementlari bayon qilingan, izchil va tizimli ravishda muammoning yechimiga qaratilgan loyihalash jarayoni amalga oshirilgan, mustaqil ishni bajarishga ijodiy yondashilgan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilgan, Internet ma’lumotlaridan ijodiy tahlil asosida aks etgan.

“B”, “C+”, “C” baho:

Evristik turdagi mustaqil ishlash elementlari o‘z aksini topgan, axborotlar ahamiyatiga ko‘ra tabaqalashtirilgan, texnologik jarayonlar va ob`ektlar to‘g‘ri tanlangan, mustaqil ishni bajarishga qisman ijodiy yondashilgan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilgan, Internet ma’lumotlari aks etgan.

“D+”, “D” baho:

Mustaqil ish bajarish uchun lozim bo‘ladigan shart–sharoitlar va imkoniyatlardan foydalanilgan, berilgan namunalarga asoslanib mantiqiy yechimlar keltirilgan, texnologik jarayonlar va ob`ektlarni tanlashda noaniqliklar mavjud, mustaqil ishni bajarishga ko‘rsatmalar asosida yondashilgan, muammoga tegishli adabiyotlardan yetarlicha foydalanilgan, Internet ma’lumotlaridan tayyor ma’lumotlardan foydalanilgan.

“F” (o‘tmadi) baho:

Mustaqil ishlar yetarlicha izchillikda va tizimlilik darajasida bajarilmagan, namunalarga o‘xshash tarzda, ijodiy yondoshilmagan holda bajarilgan, materiallarni o‘rganishda umumiydan muhimlarini to‘g‘ri ajratib olinmagan, mustaqil ishlar pala-partish, noaniqliklar bilan bajarilgan, texnologik jarayonlar va obyektlar noto‘g‘ri tanlangan, mustaqil ishni bajarishga ijodiy yondashilmagan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilmagan, Internet ma’lumotlaridan ko‘chirilgan.

Talabaning mustaqil ishdan olgan bali JN baliga qo‘shiladi.





Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin