Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə39/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
умк илмий иш асослари

Ilmiy unvon – oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari va ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlariga beriladigan unvon. O‘zbekistondagi oliy o’quv yurtlarida dotsent va professor, ilmiy tadqiqot institutlarida katta ilmiy xodim, professor ilmiy unvonlari joriy etilgan. Professor, dotsent, katta ilmiy xodim unvoni ilmiy darajasi bo’lgan va oliy o’quv yurti yoki ilmiy tadqiqot muassasasida pedagogik yoki ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish jarayonida yetarli malaka ko’rsatgan shaxslarga oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institut ilmiy kengashlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan beriladi.


Mavzu: Ilmiy muammoni qo‘yish, uni tavsiflash, yoritish va xulosalash masalalari
REJA:
1.Ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash.
2.Ilmiy tadqiqot mavzusining dolzarbligini fan yutuqlari bilan asoslash.
3.Mavzuga oid manbalarni tarixiy aspektda tanlash.
4.Ilmiy tadqiqot ishining daliliy va faktik materiallarini to‘plash.
Foydalanishга tаvsiya etiladigan аdаbиёtlar:
1.Давронов 3. Илмий ижод методологияси. Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2007,16 6.
2. Dadaboyev H. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. -Toshkent,2003.
4.Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
5.Раҳматуллаев Ш. Илмий иш олиб бориш асослари. –Тошкент: ТошДУ нашриёти, 1988.
Ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash ancha murakkab jarayon bo’lib, buning uchun birinchi va ikkinchi kurs vaqtida talaba harakatga kelishi lozimdir.
Ilmiy tadqiqot mavzusining dolzarbligini fan yutuqlari bilan asoslash uchun mavzu doirasida nashr etilgan kitob, maqola, risola va boshqalarni topb, o’qib, tanishib chiqishi shartdir. Bu haqida Forobiy Abu Nasr “Fozil odamlar shahri” asarida atroflicha bayon etilgan (T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993).
Mavzuga oid manbalarni tarixiy aspektda tanlash mavzu olinguncha bo’lgan davrda e’lon qilingan turli mazmundagi ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy xarakterdagi adabiyotlar bilan tanishib ulgurilgan bo’lishi shart. Aks holda, tanlagan ilmiy tadqiqot ishi mavzusi tadqiqotchi uchun yaxshi ma’lum bo’lmaydi, natijada ish kutilgan vaqtda yakunlanmasligi ham mumkin. Bu masala Z.Davronovning “Ilmiy ijod metodologiyasi” (T.: IQTISOD-MOLIYA, 2007,166), SH. Rahmatullaevning “Ilmiy ish olib borish asoslari” (–Toshkent: ToshDU nashriyoti, 1988.) va “Ilmiy tadqiqot asoslari” nomli asarlarida berilgan (–Toshkent, 2002). Bunday ilmiy tadqiqotlarning bajarilishida V.V.Ilining asaridan foydalanish o’rinli, chunki ilmiylik mezoni to’g’risida fikr yuritilgan (Ilьi V.V.Kriteriya nauchnosti. Moskva, 1989.34s.).
Ilmiy tadqiqot ishining daliliy va faktik materiallarini to‘plash jarayoni ham vaqtni, ham tadqiqotchining bilimini, ham tadqiqotchining ilmiy mavzu yubo’yicha ishlashga g’arakati va ishlash tartibining qandayligini ko’rsatib qo’yadi .



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin