Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə41/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100
умк илмий иш асослари

Ilmiy maqolaga havola:
Hojiev A. O’zbek tilshunosligida morfem paradigma masalasi // O’zbek tilshunosligining dolzarb masalalari: Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari.-Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, №3,2009.
Mirzayev I. Lingvistik poetika va uning filologik tahlildagi o‘rni. // Tilshunoslikning dolzarb masalalari. – Toshkent: Universitet, 2002.
5. Интернетдан олинган манбаларга ҳаволалар:
Спиноза Б. Избранные произведения.Том2.–М.: Политическая литература, 1957. – С. 508. http://www.koob.ru/books
Апресян Ю.Д. Избранные труды. Том 1.М.: Языки русской культуры, 1995.
http://philos.omsk.edu/libery
http://www.edu.ru/
http://ziyonet.uz.
http://pedagog.uz.

MUSTAQIL
TA’LIM
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT СHET TILLARI INSTITUTI


TASDIQLAYMAN”
O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i: __________E.Kurbanov
“_____” ____________2023-yil


ILMIY ISH ASOSLARI FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIM
dasturi
(2-kurs)

Fan kodi

ILMISH1302

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili, nemis tili, fransuz, rus tili)

Ta’lim yo‘nalishi:

60111800

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili, nemis tili, fransuz)

Semestr:




3

Kreditlar soni:




4




Mashg`ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

7

Nazariy ( ma’ruza)

14

14

Seminar

16

16

Mustaqil ta’lim

30

30

Jami auditoriya soatlari

30

30

Umumiy o‘quv soatlari

60

60



Аndijon - 2023
Fanning mustaqil ta’lim dasturi Andijon davlat chet tillari institutining 2023-yil ___-avgustdagi ___-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Ilmiy ish asoslari” fani dasturi asosida ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar: U.S.Kabulova – Andijon davlat chet tillari instituti, Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi dotsenti.


Taqrizchilar:
Kabilova Z.M. – Andijon davlat chet tillari instituti, Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, dotsent.
Shaxobiddinova Sh.H. – Andijon davlat universiteti, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori.

Fanning mustaqil ta’lim dasturi Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasining 2023-yil __-avgustdagi ___- sonli bayoni bilan tasdiqlangan.


KIRISH
Talaba muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; tillarning tasnifi bilan tanish bo‘lishi, muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirishi, o‘z nuqtayi nazarini ilmiy asoslab berishi va bulardan amaliy masalalarni yechishda foydalana olishi kerak.

Talabalar mustaqil ishi uchun belgilangan vaqt byudjetiga binoan kafedralarda barcha predmetlardan tashkiliy shakllar, mustaqil ish variantlari va mustaqil bajarish topshiriqlari ishlab chiqiladi, ular fakultetning ilmiy – metodik kengashida hamda kafedra yig‘ilishlarida tasdiqlanadi.


Talabalar mustaqil ishi pedagogik ta’minlanishni mavzulari va shakllari ro‘yhatini tuzish uchun har birini maqsad va vazifalarini ifodalab berish, yo‘riqnoma yoki metodik yo‘llanmalar ishlab chiqish va ilmiy adabiyotlarni tanlash deganidir.

Fan bo‘yicha mustaqil ta’limni tashkil etish uchun avvalambor quyidagi mustaqil ish bajarish turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim:




- Mustaqil ishlarning asosiy ko‘rinishlaridan biri mashqlar bajarishdir. Mashqlar dastur asosida tuzilishi, juda oson yoki haddan tashqari qiyin bo‘lmasligi lozim.
Mashqlar - ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida muayyan hatti-harakatlarni ko‘p marta takrorlashdir. Mashqlarga asosan quyidagi talablar qo‘yiladi: mashqlarni talabalar ongli va maqsadga muvofiq yo‘sinda bajarishlari; fanni o‘qitish metodikasiga asoslanishi, tizimli, izchil, uzluksiz bo‘lishi va takrorlanishi; talabalarning mustaqil ishlashi muntazam rivojlanib borishi kerak.


- Kitoblar va o‘quv adabiyotlari bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish mustaqil ta’lim olishning asosiy ko‘rinishi hisoblanadi. O‘quv adabiyotlari bilan ishlashni barcha ta’lim oluvchilar yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishlari lozim. O‘quv adabiyotlari deganda, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, texnik adabiyotlar, ma’lumotlar, yo‘riqnomalar va h.k. tushunish mumkin.


- Nazorat ishlariga tayyorlanish jarayoni ham mustaqil ta’limning asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.
Ta’lim olish davrida imtihonlar va nazorat ishlari topshirish talabalardan katta javobgarlik talab qiladi. Imtihonlarda va nazorat ishlarida talabalar o‘quv rejasini qanday darajada o‘zlashtirganliklari haqida hisobot beradilar. Talabalarning nazoratlarga o‘z xohishi asosida mukammal tayyorlanishi a’lo baho olishining garovidir. Talaba har bir darsga o‘z vaqtida va yaxshi tayyorlansa ham u nazorat ishlaridan oldin baribir qayta tayyorlanishi kerak, ya’ni materialni qayta o‘qishi, umumlashtirishi va tizimlashtirishi lozim.
- Talabalarning bilimini tekshirish ya’ni aniqlash, yangi materialni mustahkamlash vaqtida, o‘tilgan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish va uy topshiriqlarini bajarishlari jarayonida talabalarning bilimlari tekshiriladi va unga ball qo‘yiladi.


- Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayonida ta’lim berishning turli shakl va metodlaridan foydalanilmoqda. Ta’limning asosiy shakli esa ma’ruza hisoblanadi. Ma’ruza tayyorlash ancha murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan ish. Bo‘lajak bakalavr o‘qituvchilar «Maktabgacha ta’limda mutaxassislikka kirish» fanida, pedagogik amaliyot jarayonida ma’ruza tayyorlashlariga to‘g‘ri keladi.


- Masofaviy ta’lim tizimi an`anaviy ta’lim tizimini amalga oshirishda muammolarga duch kelingan yoki shart – sharoit ushbu jarayonni taqozo qilganda qo‘llaniladi. Bu jarayon ma’lum muhitda ta’lim samaradorligini oshirishga zamonaviy texnoloniyalardan yetarlicha foydalanishga zamin yaratadi.
Masofaviy ta’limning asosini mustaqil ta’lim tashkil qilganligi uchun ham talabalarda ijodiy tafakkur rivojlanib boradi. Masofaviy ta’limda o‘quv jarayonining muddati qat`iy belgilanmaydi. Nazorat ishlarini bajarish va javob yo‘llashni talaba o‘zi mustaqil, o‘ziga qulay vaqtda bajaradi. Ushbu masofaviy ta’lim samaradorligini oishirishga xizmat qiladi. Masofaviy ta’limni tashkiliy – metodik modellarini quyidagi asosda tashviq qilish mumkin:

  • Korrespondentlik ta’limi;

  • Keys texnologiyasi;

  • Radio – televizion ta’lim;

  • Tarmoqli o‘qitish;

  • Mobil texnologiyasi va h.

M avzu bo‘yicha referat tayyorlash uchun quyidagilar bajariladi:
A) tartib bilan reja tuziladi,
B) maxsus adabiyotlardan, jurnallardan, entsiklopediyalardan, lug‘atlardan foydalanib mavzu yoritiladi.
Referat hajmi qo‘lyozma shaklida 12-14 bet, kompyuterda 8-12 bet atrofida bo‘lishi mumkin. Referat-talabaning mustaqil ijodiy ishi bo‘lib, talaba uni o‘quv dasturiga kiritilmagan, umumlashtirilgan, qisqartirilgan mavzular bo‘yicha bajarsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Talaba referat shaklidagi mustaqil ish rejasi mavzusini tuzishda aynan shu tomoniga etibor berishi zarur. Chunki, mustaqil ish shaklida referat tayyorlagan talaba darsda takrorlanmagan mavzuni mustaqil o‘zlashtiradi, mavzuni ijobiy, ilmiy jihatdan yondashib yoritadi, mavzudagi asosiy tushunchalar ma’lumotlarni ajratib olish va o‘rganish borasidagi imkoniyatlarini namoyish qiladi.
Shuningdek o‘zining taklif, muslohaza va xulosalari bilan boyita oladi. Referatni og‘zaki shaklda himoyalash orqali talaba referatni tayyorlash chog‘ida mavzuga qanchali e`tiborlilik, qiziqish bilan yondashganini yaqqol ko‘rish mumkin. Yangi mavzuni yoritib berish va darsda, darsdan tashqari vaqtda himoyalash chog‘ida talaba boshqalarni ham o‘zlashtirilmagan shu mavzu bo‘yicha qisman bo‘lsa-da tushuncha qabul qilishiga imkon yaratadi.
Referatni talaba reja asosida biror mavzu, bob, bo‘lim bo‘yicha bajarishi mumkindir. Rejada kirish, mavzuni yorituvchi qismlar, hulosa va takliflar qismi bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Referatga tanlangan mavzuni yoritar ekan, talaba faqat darslik bilan cheklanib qolmay, qo‘shimcha va referatga beruvchi sharqva xorij adabiyotlaridan, rahbariy risolalar, matbuot materiallari, statistik va xronologik ma’lumotlardan, internetdan olingan ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.
Ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimiga kiruvchi fanlardan talabalar o‘z mustaqil ishlarini referat shaklida bajarishi mumkin.
a yrim talabalar uy vazifalarini bajarishda fan kitoblaridan maxsus fanlarga taalluqli jurnal va gazitalardan, informatsion texnologiyalardan foydalanib uy vazifasini bayon shaklida ma’ruza matn shaklida, sxema shaklida bajarishi mumkin. Vazifalarni bajarishda qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib ma’lumotlar to‘playdi, chizmalar chizadi. Bu esa mustaqil ish sifatida qabul qilinishi mumkin.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin