Annotatsiya (lot. annotatio - qayd) - qisqacha ta'rif. Kitob, maqola, qo’lyozma mundarijasini, g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. Annotatsiyani kitobning o’zida, bibliografik ko’rsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi o’quvchilarda muayyan kitob, maqola, qo’lyozma to’risida umumiy tasavvur tug’dirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam ko’rsatishdir. Annotatsiyada asardagi asosiy masalalar sanab o’tiladi, qanchalik va qanday hal qilinganligi, shuningdek, kimlarga mo’ljallanganligi qayd etiladi.
Shu o’rinda ilmiy tadqiqot ishi bilan bog’liq ilmiy daraja va ilmiy unvonni bir-biridan farqlash lozim.
Ilmiy daraja – muayyan fan sohasidagi mutaxassisning ilmiy malakasi darajasi. O‘zbekistonda fannomzodi va fandoktori ilmiy darajalari ta’sis etilgan. Ilmiy darajasi yuqori malakali ilmiy xodimlarga fanni boyituvchi tadqiqot ishlari, ilmiy muammolarni amaliy va nazariy jihatda hal qila oladigan mustaqil ilmiy tadqiqoti yohud yangi muammolarni ilmiy asoslanganligiga bag’ishlangan dissertatsiyalarning maxsus ilmiy kengashlarda ochiq himoya natijasi asosida ilmiy kengash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ekspert kengashi tavsiyasiga binoan, oliy ma’lumotga ega bo’lgan shaxslarga OAK tomonidan beriladi. Ilmiy daraja muvofiqlashtirilgandan so’ng haqiqiy hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda chet davlatlardagi ilmiy muassasalar tomonidan berilgan faxriy ilmiy darajalarga ega mutaxassislar ham bor. Jumladan, fakultetimizda uzoq yillar faoliyat ko’rsatgan ustozimiz filologiya fanlari doktori, professor Mazluma Asqarova Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining akademigi unvoniga sazovor bo’lgan. Bunday ilmiy daraja O‘zbekistonda fan, texnika va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun chet el olimlariga ham beriladi. Chet el oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqqot muassasalarida litsentsiat, bakalavr, magistr, fan doktori ilmiy darajalari mavjud.