Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə36/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
умк илмий иш асослари

Axborot manbalari
1. www. literature.uz
2. http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism
3. http://www.brocku.ca/english/courses/4F70/struct.html
4. http://www.utpa.edu/faculty/mglazer/Theory/structuralism.htm
5. http://www.eng.fju.edu.tw/Literary_Criticism/structuralism
6. www.catuzmu
7. www.natl.uz



















Amaliy mashg‘ulotlar
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulot talabalarni ilmiy tadqiqot asoslariga doir ma’lumotlar bilan tanishishga, ilmiy bilishning muhimligini anglashga, ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash va asoslash, tadqiqotning tarkibiy qismlari haqida bilimga ega bo‘lish, ilmiy xulosalarni umumlashtirish ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltirilgan. Talabalar to‘plagan bilimlarini dars vaqtida munozara yoki savol-javob ko‘rinishida himoya qiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda ilmiy ish olib borish shartlari, talablari, ilmiy tadqiqot qismlari, ularning nisbati, ilmiy adabiyotlardan foydalanish tartibi haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.


Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy tahlil orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop ettirish orqali bilimni oshirish, matn ustida ishlash, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, test savollari tuzish tavsiya etiladi.


Amaliy mashg‘ulot uchun tavsiya etiladigan mavzular
Mavzu: Ilmiy tadqiqotga kirish
Ilmiy tadqiqot turlariga referat, kurs ishi, kurs loyihasi, BMI va dissertatsiya kabilar kiradi.
Referat (lot. refero – axborot beryapman) – biror ilmiy asar, maqola, o’qilgan kitob va sh.k. mazmunining qisqacha yozma va og’zaki bayoni; o’rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqida axborot, tegishli adabiyot va boshqa manbalarning qisqartirilgan shahrli tahlilini o’z ichiga olgan ma’lum mavzudagi ma’ruza. Referat, odatda, ilmiy axborot vazifasini o’taydi. Unda muayyan mavzu yoritilishi bilan birga, tegishli ilmiy nazariyalar, ilmiy xulosalar tahlil etilishi va tanqid qilinishi mumkin. O‘zbekistonda referat ilmiy tadqiqot muassasalarida, oliy o’quv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, umumiy ta’lim maktablarida ko’p qo’llanadigan didaktik vositadir. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o’quvchilari hamda oliy o’quv yurtlari talabalarining fakultativ mashg’ulotlardagi maxsus axborotlari ham referat deyiladi. Dissertatsiya yuzasidan tayyorlanadigan referat (avtoreferat)da dissertatsiyaning asosiy mazmuni va xulosalari ifodalanadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin