Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə69/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100
умк илмий иш асослари

Fan turi:

Tanlov

Fan kodi:

ILMISH1302

Yil:

4

Semestr:

3

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Mashg‘ulot shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

60

Ma’ruza

14

Seminar

16

Mustaqil ta’lim

30

Kredit miqdori:

4

Baholash shakli:

Yozma

Fan tili:

O‘zbek

Fan maqsadi (FM)

FM1

Fanni o'qitishdan maqsad – “Ilmiy ish asoslari” fani, uning bo‘limlari, o‘rganish obyekti, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, talabalarni ilmiy ish asoslari fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, talabalarda olingan bilimlarni amalda qo‘llay olish malakasini shakllantirish kabi vazifalarini hal qilishni taqozo qiladi.



Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilim







1

Tilshunoslik TN2102

2

Tilshunoslikka kirish TN2102

Ta’lim natijalari (TN)




Bilim jihatidan:

TN1

fanning maqsadi, vazifalari, jamiyat hayotidagi ahamiyati; tilshunoslikning ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan aloqasi, tilshunoslikning nazariy masalalari, ilmiy tadqiqot metodlarini bilishi kerak;

TN2

muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

TN3

tillarning tasnifi bilan tanish bo‘lishi, muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi kerak.

TN4

ilmiy ishlarni tavsiflash, tahlil qilish, xulosalash ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari lozim;




Ko‘nikmalar jihatidan:

TN5

Talabalar mazkur fanni o‘zlashtirganlaridan keyin ilmiy tahlil haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘ladi;

TN6

ilmiy ishlarni tavsiflash, tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar;

TN7

ilmiy tadqiqot mavzusini rasmiylashtirishga doir amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar.

TN8

ilmiy ishlarni xulosalash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar;




Malaka jihatidan:

TN9

tillarning tasnifi bilan tanish bo‘lishi, muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirishi, o‘z nuqtayi nazarini ilmiy asoslab berishi va bulardan amaliy masalalarni yechishda foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.




Fanning mazmuni

Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M)

M1

Ilmiy ish asoslari kursining maqsad va vazifalari

M2

Ilmiy muammoni qo‘yish, uni tavsiflash, yoritish va xulosalash masalalari

M3

Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash masalalari.

M4

Ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash va dolzarbligini asoslash.

M5

Ilmiy tadqiqot uslubi. Ilmiy tadqiqotning tuzilishi

M6

Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari.

M7

Ilmiy tadqiqot bosqichlari


Mashg‘ulotlar shakli: seminar (S)

S1

Ilmiy tadqiqot turlari.

S2

Ilmiy muammoni qo‘yish, uni tavsiflash, yoritish va xulosalash masalalari

S3

Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash masalalari

S4

Ilmiy tadqiqot uslubi. Ilmiy tadqiqotning tuzilishi

S5

Ilmiy tadqiqot uslubi. Ilmiy tadqiqotning tuzilishi

S6

Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari

S7

Ilmiy tadqiqot ishi umumiy tavsifi

S8

Ilmiy ishga annotatsiya

Mustaqil ta’lim (MT)







Berilgan mavzu bo‘yicha videoli taqdimot tayyorlash

10 soat

Berilgan mavzu bo‘yicha audeoli taqdimot tayyorlash

5 soat

Berilgan mavzu bo‘yicha slayd tayyorlash

5 soat

Anjumanga tezis tayyorlash

10 soat

Asosiy adabiyotlar

  1. Б

Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.


Hodiyev Yu. Ilmiy faoliyatga tayyorgarlik asoslari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Toshkent, 2010.


Dadaboyev H. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. – Toshkent, 2003.


Раҳматуллаев Ш. Илмий иш олиб бориш асослари. – Т.: ТошДУ, 1988.


Rahmatullayev Sh. Ilmiy tadqiqot asoslari. –Toshkent, 2002.




Qo‘shimcha adabiyotlar

1.

Irisqulov M. Lingvistik tahlil metodlari // Tilshunoslikka kirish. –T., 1992.

2.

Normatov U. Ijod sehri. – T.: “Sharq”, 2007.

3.

Normatov U. Ijodkorning dahlsiz dunyosi. – T.: “MUMTOZSO`Z”, 2008.

Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

  1. 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning mohiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa;

  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;

  • fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy va amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;

  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;

  • berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;

  • konspektga puxta tayyorlangan bo‘lsa;

  • mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa;

  • fanga tegishli mavzulardan biri bo‘yicha ilmiy maqola chop ettirgan bo‘lsa;

  • tarixiy jarayonlarni sharhlay bilsa;

  1. 4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;

  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan bo‘lsa;

  • fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirasida bajarsa;

  • fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;

  • fan bo‘yicha konspektini puxta shakllantirgan bo‘lsa;

  • fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘zlashtirgan bo‘lsa;

  1. 3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;

  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo‘l qo‘yilsa;

  • bayon qilish ravon bo‘lmasa;

  • fan bo‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;

  • fan bo‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bo‘lsa;


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin