Andijon davlat pedagogika instituti


MAVZU. GEOSIYOSIY OQIMLAR VA MAKTABLAR



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə21/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

4. MAVZU. GEOSIYOSIY OQIMLAR VA MAKTABLAR
Reja:


1. Rossiyadagi geopolitik maktablar va oqimlar.
2. Evrosiyo harakatining tarixiy ildizlari.
3. Evrosiyo harakati va slavyan madaniyati.
4. Petr I islohotlari va uning evrosiyo an`analariga zidligi.

Rossiya ulkan hududga ega. U bir tomondan G`arbiy Yevropaga, ikkinchi


tomondan Osiyo davlatlariga, cheksiz Sibir o`rmonlariga tutashib ketadi. Unda rang barang xalqlar, turli madaniyat vakillari, din vakillari yashab kelgan. G`arbiy
Yevropada geosiyosiy jarayonlar rivojida ba‘zi tadqiqotlarda antik dunyo davri
alohida ko`rsatiladi. Bu davrda oldiniga Yunon davlati, keyinchalik Rim davlati
oykumenada hal etuvchi rol o`ynab kelgan. Ular tomonidan yaratilgan sivilizatsiya
ularga qo`shni xalqlar jumladan slavyanlarning yuksalishiga ham muhim ta‘sir etgan.
Ikkinchi bir geosiyosiy davr sifatida Vizantiya davri e‘tirof etiladi. Vizantiya
madaniyati slavyanlarning ijtimoiy hayotiga muhim ta‘sir ko`rsatdi. Ushbu aloqalar
ta‘sirida mamlakat xristianlikni qabul qildi. Yevropa ijtimoiy - siyosiy hayotida
faollasha boshladi.
Rus davlatchiligi taraqqiyotida Kiyev Rusi geosiyosiy davri muhim ahamiyat
kasb etdi. 882- yilda knyaz Oleg tomonidan Novgogrod va Kiyev birlashtirildi. Bu
davlatning tashkil etilishi bilan qator geostrategik vazifalar o`z yechimini topadi:
shimoliy, janubiy, sharqiy slavyanlar alohida davlatga birlashtirildi; davlatning
hududi kengayib aholisi oshib bordi; Yevropaning ilg`or davlatlari bilan
munosabatlar yo`lga qo`yildi va shu kabilar. Kiyev Rusi Yevropaning alohida
tarkibiy qismi sifatida faol savdo, madaniy hamkorlikni olib bordi.
XIII asrning 20 - yillaridan Rusga mo`g`ul - tatarlar hujumi boshlandi. 1240 -
yilda Kiyev bosib olindi. Ushbu voqeadan keyin Rusda Oltin O`rda davri boshlandi
va u o`z ichiga 1240- yildan XV asrning ikkinchi yarmigacha bo`lgan davrni oldi. Bu
davrdagi asosiy geosiyosiy vazifalar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: aholi
omonligini asrash; aholining etnik o`ziga xosligini asrash; xristian dini qadriyatlarini
asrash; milliy davlatchilik institutlarini saqlab qolish; milliy mustaqillik uchun kurash
olib borish; mustaqil tashqi siyosatni yo`lga qo`yish va sh.k.
Rus yerlarini qayta birlashtirishda, mustaqillikni qo`lga kiritishda asosiy
muhim bo`g`inni Moskva knyazligi o`ynadi. Va shu davrdan Buyuk Moskva
knyazligi davri boshlandi. Bu davrda mamlakat mustaqilligi mustahkamlanib bordi,
hududi ancha kengaydi. G`arbiy Sibir qo`shib olindi, keyinchalik Sharqiy Sibir
qo`shildi. Rossiya sharqda tinch okeani sohillariga chiqdi.
Navbatdagi geosiyosiy davr 1682 - yildan Pyotr I podshiligi bilan boshlandi.
O`tkazilgan qator islohotlar, olib borilgan g`olibona urushlar Rossiyaning mavqeini
oshirdi. Mamlakat shimolda Boltiq bo`ylarini qo`lga kiritdi. Rus harbiy flotiga asos
solindi. Pyotr I (1682 - 1725), Yekaterina II (1762 - 1796), Aleksandr I (1801 -
1825), Nikolay I (1825 - 1855), Aleksandr II (1855 - 1881) hukmronligi davrlari
muhim geosiyosiy ahamiyat kasb etdi. Napoleon boshchiligidagi fransuz imperiyasini
tor-mor etishda, Vena kongressidan keyin Yevropada yangicha tartibot tashkil etishda
Rossiya faol ishtirok etdi. Nikolay I davrida Eron va Usmoniylar imperiyasi bilan
olib borilgan urushlar oxir - oqibatda Yevropa davlatlari bilan urush harakatlarini
keltirib chiqardi. Mamlakat izolyatsiya holatiga tushib Qrim urushida (1853 - 1856)
mag`lub bo`ldi. Birinchi jahon urushi Rus imperiyasi uchun oxirgi jang bo`ldi.
Beshinchi geosiyosiy davr - Sovet davri (1917 - 1991) hisoblanadi. Xarakterli
xususiyatlari sifatida quyidagilarni e‘tirof qilish mumkin: urushda xonavayron
bo`lgan sanoatni tiklash; qishloq ho`jaligini jamoalashtirish; mamlakat mudofaa
qobiliyatini mustahkamlash; jahon inqilobi, kommunizm bayrog`i ostida ekspansiya
olib borish, fashizm ustidan g`alaba; Sharqiy Yevropaning ozod etilgan davlatlarida
kommunistik rejimlarni barpo etish; Varshava Shartnomasi tashkilotining barpo
etilishi; Afg`oniston urushi va shu kabilar.
Rossiyadagi geosiyosiy jarayonlar rivoji shuni ko`rsatadiki mamlakatning
kengaytirish faqat qo`shni davlat, tutash yerlar hisobiga amalga oshirildi. Bu qo`shib
olingan yerlar ahaolisi xristanlikka o`tkazildi, aholisi ruslashtirildi, yangi hududlarga
markazdan ruslarni ko`chirib keltirish siyosati yurgizildi. Bu hududlar keyinchalik
Rossiyaning tarkibiy qismi sifatida e‘tirof etildi. Hech qachon dengizlar osha
mustamlakachilik yurishlari olib borilmagan. Mana xususiyatlari bois rus
mustamlakachiligi ingliz yoki fransuz mustamlakachiligi tizimidan keskin farqlanadi.
Davlat o`z hududlarini kengaytirdi, uning yaxlitligini saqlab bildi. Solnomachi Nikon ―Povest vremenix let‖ asarida (ba‘zi manbalarda bu asarning muallifi noma‘lum deyishadi) velikorus xalqlariga ularga tutash viloyatlarda istiqomat qilayotgan xalqlarni qo`shib yuborish g`oyasini ilgari suradi. Buyuk Rus davlatini tashkil etishda ekspansiya usulini oqlab chiqadi. ―Igor jangnomasi‖ da esa yangi tarkibiy tartib, yangicha model – shelomyan modeli ilgari suriladi. Unda Rus deya atalmish buyuk umum orol qator mayda orollardan iborat bo`lishi ilgari suriladi.
Agarda dastlabki model Buyuk Rusni barpo etishda ekspansiya metodini ilgari sursa, ikkinchisiga asosan mahalliy hukmdorlar mustahkam integratsiyaga intilishlari bois amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Albatta keng makonlarni egallash, ularni yaxlitligini ta‘minlash faqatgini harbiy yoki siyosiy vositalar bilangina emas, ma‘naviy vositalar bilan ham mustahkamlanishi darkor. Albatta aholining bunday hatti – harakatlarida diniy omillar, Oliy borliqning madadi, undan yordam so`rash, uning ko`rsatmalariga so`zsiz itoatda bo`lish kabi ko`nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday bir davrda messianlik harakati vujudga keldi va ma‘lum darajada rus geosiyosiy harakatining tarkibiy qismiga aylandi.
Shu tariqa XV - XVI asrlari oralig`ida ―Moskva – Uchinchi Rim‖ panprovaslav
messionlik g`oyasini o`ziga singdirgan geosiyosiy harakat boshlandi. Bu g`oya Rus
provaslav cherkovi tashabbusi samarasi edi. Rus provaslav cherkovi Konstantinopol
cherkoviga bo`ysunib kelgan. Vizantiya imperiyasi keyingi yillarda zaiflashib
qolganligi bois turklarga qarshi tura olmay qoladi. Natijada G`arb mamlakatlaridan
turklarga qarshi kurashda harbiy yordam olish uchun Konstantinopol cherkovi Rim katolik cherkovi bilan Florensiya uniyasini imzolaydi. Unga asosan Rim papasi
barcha xristian cherkovlari boshlig`i bo`lishi belgilangan edi. Rus provaslav cherkovi
o`ziga o`zi boshliq tayinlaydigan mustaqil (avtokefal) cherkovga aylanadi. 1453 -
yilda Vizantiya imperiyasi quladi. Unga G`arbdan deyarlik hech kim yordamga
kelgani yo`q. Vazantiya qulagach Moskva podsholigidan tashqari bironta mustaqil
provaslav davlati qolmadi. Vizantiyaning so`ngi imperatorining ukasi Foma Paleolog
Rimdan boshpana topadi. Rim papasi Pavel II Fomaning qizi Sofiyani Rus knyazi
Ivan III ga turmushga berish tashabbusi bilan chiqadi. Papaning maqsadi nikoh yo`li
bilan Rusni Florensiya uniyasiga qaytarish edi. 1472 - yilda bo`lib o`tgan nikoh Rim
papasining rejalarini amalga oshishiga xizmat qilmadi. Rus knyazining Vizantiya
imperatori xonadoni vakiliga aylanishi, qolaversa knyazning g`ayratliligi,
uddaburonligi Rusda monarxiyaning kuchayishiga olib keldi. Buyuk knyaz Vizantiya
imperatorining valiahdi, provaslav dunyosining boshlig`iga aylanadi.
XVIII asr oxirida bo`lib o`tgan fransuz inqilobi, 1812 - 1815 yillarda olib
borilgan Napoleonga qarshi harbiy harakatlar bois Yevropa bilan olib boriladigan
o`zaro munosabatlar, ularning ta‘sirini anglash, tahlil etish yuzaga keldi. Shu bois bu
davr ijtimoiy - falsafiy tafakkurida bir - biriga zid ikki xil oqim yuzaga keldi. Birinchi
oqim G`arbchilik harakati. Bu harakatning vakillari asosan Piterburgliklar edi:
Gersen A.I., Kaveltn K.D., Stankevich N.V., Ogarev N.P., Belinskiy V.G., Turgenev
I.S., Chadayev P.YA va boshqalar edi. Rus filosofi N.Losskiy yozishicha
P.Chadayev xattoki provaslaviyeni katoliklik bilan almashtirish zarurligini ilgari
surgan.
1. Ikkinchi oqim slavyanofil harakati edi. Bu oqim vakillari asosan Moskvada
yashashgan: Xomyakov A.S., Kireyevskiy I.V., Samarin Y.F. va boshqalar. Ularning
qarashlarida farq va xususiyatlar nimada edi? G`arbchilik harakati vakillari ilgari surgan ta‘limotlarda aytilishicha, Rossiyaning ijtimoiy - siyosiy taraqqiyoti umuminsoniy taraqqiyot kontekstida Jeltov V.V. Jeltov M.V. Geopolitika., S259 57
borishi lozim edi. Ularning idealicha eng yuksalgan o`lka, insoniy huquqlar ta‘min
etilgan, ilm - fan rivojlangan makon G`arbiy Yevropa edi. Rossiya G`arbiy
Yevropadan ortda qolayotgan ekan bu qoloqlikka barham berish zarur. Pyotr I
davridan boshlangan yuksalishni, g`arbona islohotlarni izchillik bilan davom ettirish
lozim. Rossiya oldidagi muhim vazifa qoloqlikka, mustabidchilikka, jaholatga,
bid‘atga, Osiyocha turmush tarziga chek qo`yish zarur. Yevropadagi qator burjua
inqiloblarining mag`lub bo`lishi, ayniqsa ularni tor - mor etishda rus armiyasining
faol ishtiroki g`arbchilik harakati vakillarining harakat dasturlarini o`zgartirishlariga
olib keldi. Ular ijtimoiy - siyosiy yuksalgan, inson huquqlari ta‘minlangan, hurfikrlik,
demokratik qadriyatlarni qaror topishini ta‘minlashda radikalizm, keyinchalik terror
yo`lini tutishdi.
Slavyanofilchilik harakati vakillari umuminsoniyatga xos bo`lgan umumiy
tamoyillarni, qadriyatlarni rad etishgan. Ular rus xalqining milliy o`ziga xosligi,
madaniyati, tilining sofligi, milliy turmush va tafakkur tarzini asrash uchun
kurashishgan. Ularning fikricha rus madaniyatining o`ziga xosligiga eng katta zarbani
Pyotr I bergan. Ular G`arbiy Yevropa bilan chuqur integratsiyani har doim qoralab
chiqishgan. Ayniqsa Qrim urushidagi mag`lubiyatdan keyin slavyanofilchilik
harakati avj ola boshladi. Negaki mag`lubiyatdan, uninghaqoratli sulh bitimlaridan
keyin G`arbga nisbatan adovat kuchaydi. Bu harakatning mashhur vakillaridan
A.I.Koshelevning yozishicha hatto Rusning cho`qintirilishi ham sof diniy maqsad manfaatlardan kelib chiqmagan. Shu bois u biz rusni xristianlikka o`tishiga ham
qarshimiz degan fikrni ilgari suradi. Slavyanofillarning maqsadi rusning o`ziga xos
yo`lini topish, o`ziga xosligini ko`rsatish. O`ziga xos madaniyatni, turmush tarzini
yuksaltirishdan maqsad xalq begona yo`lga ergashmasin. O`ziga xos madaniyatni,
turmush tarzini boshqalarga ko`rsatish, yuksak bo`lmasada, u haqqoniy madaniyat21.
Shu bilan birga alohida ta‘kidlash joiz bo`lardiki slavyanofillar demokratik
qadriyatlarni, parlamentarizmni yoqlab chiqishmagan. Ular rus samoderjaviyesini,
podshoga berilgan cheksiz hokimiyatni mustahkamlash tarafdori edi.
Petr Nikolayevich Savitskiy 1895 - yilda dunyoga kelgan. Birinchi rus geosiyosatchisi. V.Vernadskiy va P.Struvelarning o`quvchisi bo`lgan. P.Savitskiy dunyoqarashining takomillashib borishida slavyanofilchilik (A.S.Xomyakov, aka - uka Kireyevskiylar, Aksakovlar, Y.F.Samarin) harakati vakillarining ta‘siri katta bo`lgan. 1916 - 1917 – yillarda Rossiyaning Norvegiyadagi elchixonasida xizmat qilgan. Fuqarolar urushi davrida general Vrangel shtabida tashqi ishlar qo`mitasini boshqargan. Mag`lubiyatga uchrashgach oldin Bolgariyada, keyin Chexoslovakiyada yashagan. 1921 – yildan knyaz N.Trubetskiy bilan hamkorlikda ekvroosiyochilik harakatini boshqargan.
1945 - yil sovet qo`shinlari Pragani egallagach P.Savitskiy ham shu yerda
hibsga olinib 10 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. P.Savitskiy qamoqxonada
N.Gumilevning o`g`li Lev Gumilev bilan tanishadi. Ular o`rtasida nafaqat do`stona
munosabat, balki ijodiy almashinuv ham bo`lgan. Kichik Gumilev P.Savitskiyga
shogird bo`ladi. Bilamizki, keyinchalik L.Gumilev taniqli rus etnografi va tarixchisi
bo`lib yetishadi22.
1956 - yilda P.Savitskiy oqlanadi. U SSSR dan Pragaga qaytadi va o`sha yerda
umrining qolgan o`n ikki yilini yashaydi. 1968 yil esa olamdan o`tadi.
Mashhur asarlari: «Dasht va o`troqlik» (1922), «Rossiya - Yevrosiyoning
geografik tahlili» (1926), «Yevrosiyoning geografik va geosiyosiy asoslari» (1933).
P.Savitskiy geosiyosiy qarashlarida Rossiyaning geografik joylashuviga katta
e‘tibor berilgan. Tadqiqotchining fikricha, Rossiya jahon siyosiy xaritasida
joylashuvi jihatidan sivilizatsion shaklga ega. Davlat nafaqat geografik qulay
makonda joylashgan, balki uning hududlari jahon geosiyosiy maydonida «o`rtaliq»
makonni tashkil etadi.
P.Savitskiy 1933 - yilda yozgan «Yevrosiyoning geografik va geosiyosiy
asoslari» nomli maqolasini quyidagicha boshlagan, ya‘ni «Yevrosiyoda Rossiya
Xitoyga nisbatan keng imkoniyatlarga ega. Chunki Rossiya «o`rtaliq davlat»dir»1
To`g`ri, klassik geosiyosatda «o`rtaliq» davlat sifatida Germaniya qayd qilingan.
Biroq, P.Savitskiy Germaniyani Yevrosiyoga nisbatan «o`rtaliq» davlat sifatida tan
olmaydi. Faqat u Germaniyani G`arbiy Yevropa mintaqasining markazi deb biladi. Chunki Yevropa Yevrosiyo emas, balki Yevropa Yevrosiyoning «g`arbiy burni» xolos. Rossiya esa Yevrosiyo borlig`ining butun markaziy va tarkibiy qismini tashkil etadi. P.Savitskiy Rossiyaga milliy davlat sifatida qaramaydi. U Rossiyaga geosiyosiy
omillardan kelib chiqib munosabat bildiradi va uni birinchi navbatda geosiyosiy kuch deb biladi. Rossiya oriy - slavyan madaniyati, turk ko`chmanchilik va pravoslav an‘analarini mujassamlashtirgan o`ziga xos sivilizatsiya ekanligini va mazkur madaniyatlar «o`rtaliq» makonda jahon tarixining sintezi sifatida shakllanganligini ta‘kidlaydi23.
P.Savitskiy tarixan rus madaniyatining takomillashishi va rivojlanishini
«imperiyaga aylangan sharqiy slavyanlar»ning harakatlari bilangina bog`lamaydi.
Uningcha, rus davlatchilik madaniyatining rivoji slavyan va turk madaniyatining
o`zaro munosabatga kirishuvi davriga bog`liq (XIII - XV asrlar). Bu jihatdan uning
Turon konsepsiyasiga to`xtalmoq o`rinlidir.
To`g`ri, Turonga geosiyosiy makon sifatida va ijobiy jihatdan yondashgan ko`plab
tadqiqotchilar rus millatchilarining tanqidiga duch kelishgan. Chunki aynan Turon
geosiyosiy makoni orqali mo`g`ul - tatarlar Rossiyaga unutib bo`lmaydigan darajada zulm berishgan. P.Savitskiy mo`g`ul - tatarlarning o`z davlatini bo`ysindirganligini mohirona ma‘qullaydi va unchalik tanqidchilar nigohiga tushmaydi. Chunki «Rossiya mo`g`ul tatarlarning kelishi bilan kelajakdagi geosiyosiy erkinligini va ruhiy mustaqilligini roman german agressorlaridan saqlab qolish imkoniyatiga ega bo`ldi». Bundan xulosa qilish mumkinki, agar mo`g`ul - tatarlar Rossiya yerlarini bosib olmaganda vaqti kelib ham Rossiya buyuk imperiyaga aylana olmas edi. Ya‘ni P.Savitskiy tatarlar bosqinchiligining davriyligi oldindan ma‘lum bo`lganligiga ishora qilmoqda. Turk dunyosiga nisbatan bunday munosabat tadqiqotchiga Rossiyaning Yevropa makoniga mansub emasligi va ruslarning o`ziga xos etnik tarkib ekanligini ilmiy doiraga olib chiqishga imkon berdi. Shuning uchun ham P.Savitskiy chiqishlarida makonga nisbatan umumiy Yevrosiyo deb emas (garchi u yevrosiyochilar oqimiga mansub bo`lsada), balki Rossiya - Yevrosiyo qabilida
mulohazalarini bildirgan.
P.Savitskiy o`zining «Dasht va o`troqlik» nomli mashhur maqolasida
yevrosiyochilar uchun nazariy asos bo`lgan «Yevrosiyoda tatarlarsiz (turklarsiz) buyuk Rossiya davlati bo`lmas edi», - degan geosiyosiy formulasini o`rtaga tashlagan.
Mazkur maqolada yana quyidagi jumlalar ham bor, ya‘ni: «Rossiya Osiyoni
birlashtirishga erishgan Chingizxondan to Temurgacha bo`lgan Buyuk Xonlar
vorisidir... Bunda bir vaqtning o`zida tarixiy «o`troqlik» va «dashtlar» munosabatlari
mujassamlashgan».
Turon (forscha so`z, ya‘ni turkiylar demakdir) – turkiy qavmga mansub
xalqlar yashaydigan geografik makonni bildiradigan ijtimoiy, tarixiy - etnik atama.
Turon hududan faqat geografik emas, geografik - tarixiy talqinga ega. Turon
hududi Tinch okeanidan O`rta yer dengizidagi Egey - Adreatikagacha, Shimoliy muz
okeanidan Tibet, Himoloy tog`larigacha, shimoliy Hindistondan Onado`ligacha
(Turkiya) bo`lgan kengliklarni, u yerlarda yashovchi turkiy xalqlarni birlashtiradi.
Agar slavyanofillar rus landshaftini geografik jihatdan o`rmon va dashtga
bo`lishgan bo`lsa, P.Savitskiy Rossiya - Yevrosiyoning geosiyosiy mohiyatidan kelib
chiqib makonni Yevropa o`rmonlari va Osiyo dashtlariga bo`ladi. Rossiyaga esa
o`sha geosiyosiy makonlarning sintezi sifatida qaraydi.
Albatta, geografik jihatdan Turon Rossiya - Yevrosiyoga mos kelmaydi.
Rossiya - Yevrosiyoning ko`lami keng. Biroq P.Savitskiy ana shu kenglik Turon
orqali yuzaga kelganligini ta‘kidlaydi, xolos. Bu tomondan Rossiyaga Yevropada
ba‘zan «mo`g`ul ruhini tashuvchi» «varvarlar» sifatida qarashadi. Vaholanki, bunday
qarashlar «Yevrosiyoni o`z izmiga ololmay kelayotgan» /arbning – talassokratiya
kuchlarining o`z manfaatlari yo`lida bildirgan sub‘yektiv qarashlaridan boshqa narsa
emas.
P.Savitskiy ijodining tarkibiy qismi yana bir konsepsiya – «rivojlanish o`chog`i»
konsepsiyasi bilan bog`liq. «Rivojlanish o`chog`i» F.Ratsel «siyosiy geografiyasi»da sharhlangan «Raum» - «borliq» tushunchasi bilan mohiyatan to`g`ri keladi. Bunda nemis «organitsistik» maktabiga mos keluvchi hamda aglosakson geosiyosatchilarining voqealarni faqat tashqi bog`lanish va izchilligiga qarab tasvirlovchi qarashlari - pragmatizmiga zid bo`lgan yevrosiyochilarning «organitsistik» kayfiyatlari o`z ifodasini topgan.
«Rivojlanish o`chog`i» - bu Rossiya - Yevrosiyo. Makonda ijtimoiy - siyosiy
muhit va uning hududidagi geografik geografik individuum (landshaftlar) o`zaro
uyg`unlashgan. «Rivojlanish o`chog`i»ning yuksalishiga nafaqat geografik, balki u
bilan barobarida etnik, tarixiy, xo`jalikka va boshqa ko`rinishlarga ega bo`lgan
asoslar mavjud. Bu jihatdan «Rivojlanish o`chog`i»ni yaxlit «Grossraum» sifatida
emas, ko`plab mayda «raum»lardan tashkil topganligini aytmoq lozim.
P.Savitskiy geosiyosiy qarashlarida «Yevrosiyo», «Turon», «Rivojlanish
o`chog`i» nazariyalaridan tashqari, «ideokratiya» prinsipi ham alohida o`ringa ega.
Ideokratiya ham boshqa geosiyosiy dasturlar singari «kuch» tushunchasini o`zida
mujassam etadi. Masalan, geosiyosatda davlat yoki xalqaro tashkilotlarni umumiy
qilib «kuch» deb atashimiz mumkin. Ideokratiya bunga qarama - qarshi qo`yilgan
emas.
P.Savitskiyning ideokratiya nazariyasi kuch - davlatdagi siyosiy tuzilishga
bag`ishlangan. Ideokratiya shunday prinsipki, unda davlat boshqaruvida pragmatik
yondashuv yoki moddiy va tijorat omillari asosiy o`rin egallamasligi kerak. Chunki har bir davlatda «geografik shaxs»lar mavjud. «Geografik shaxslar» - bu o`sha davlat fuqarolari, davlatning tabiiy resurslari, davlatdagi ishlab chiqarish korxona va xo`jaliklari va b. Geografik makondagi «geografik shaxslar» jamiyat moddiy ehtiyojlarini ta‘minlab beradi. Biroq ideokratiya geosiyosiy prinsip sifatida bir tomonlama xarakterga ega. Chunki u nomaterialistik dalil - isbotlarga asoslanib qolmasdan, boshqaruvning nodemokratik va noliberal jihatlarini ham o`zida mujassam etgan.
Umuman P.Savitskiy qarashlari Rossiya - Yevrosiyo g`oyasini ilgari surganligi
yoki Rossiyani «taraqqiyot o`zagi» sifatida tavsiflagani uchun emas, xalqaro miqyosda amaliy tijorat munosabatlarini ham ma‘qullamaganligi bilan X.Makkinder, A.Mexen, N.Spikmen va boshqa klassik geosiyosatshunoslar tafakkuriga qarama - qarshidir. Shunday qilib, rus yevrosiyochilari tarixan mafkuraviy ko`rinishda davom etib kelayotgan Dengiz va Quruqlik o`rtasidagi aloqalar tizimiga yana bir bor aniqlik kiritdi. Ya‘ni Dengiz – bu liberal demokratiya, «savdo aloqalari tizimi» va pragmatizm. Quruqlik esa - bu ideokratiya (turli ko`rinish va holatlar), «iyerarxik boshqaruv», diniy g`oyalar ustuvorligidir. P.Savitskiy garchi rus yevrosiyochisi, boshqalardan o`ta farqli tarzda geosiyosiy mushohadalarni o`rtaga tashlagan bo`lsada, uning geosiyosat faniga qo`shgan hissasi katta. Biroq uning geosiyosati A.Mexen, X.Makkinder, N.Spikmen va boshqa g`arb tadqiqotchilari qarashlariga zid tursada, «talassokratiya» avlodlari P.Savitskiy g`oyalariga o`z munosabatlarini hanuzgacha bildirgani yo`q. Biz ham rus tadqiqotchisi o`rtaga tashlagan g`oyalarning barchasiga qo`shila olmaymiz. Faqat uning Turon konsepsiyasini o`rtaga tashlagani va xolisona uni tadqiq etgani biz uchun katta ahamiyatga molikdir.
Yevroosiyoda strategik muvozanat o`rnatish mavzusi ko`plab rus geosiyosatchilari tomonidan tahlil etilgan. Geosiyosiy ta‘limotlar va ularga tayangan holda olib borilgan tashqi siyosat, shuningdek, harbiy harakatlar yo`nalishi bevosita Yevroosiyoga qaratilgan. Bu hol MDH hududida yashayotgan olimlar, mutaxassislar, siyosatchilar va davlat arboblari uchun muhim ilmiy tadqiqot masalasidir. Yevroosiyoning geostrategik mavqei va istiqboli rus geosiyosatchi olimi, Lev Nikolayevich Gumilevning qarashlarida ilmiy jihatdan asoslangan.
L.Gumilev rus geosiyosatchisi P.Savitskiyning eng iste‘dodli shogirdlaridan
bo`lgan. Gumilevning qadimgi davr Yevroosiyo etno - xaritasi, cho`llar, ko`chmanchi
xalqlar va ularga tegishli bo`lgan tamaddunlarga oid tadqiqotlari ayniqsa diqqatga
sazovordir. Uning asarlarida siyosiy tarixning butunlay yangi qiyofasi namoyon
bo`ladi. Bunda Yevroosiyoning Sharqiy qismi etnogenez, madaniyat, siyosiy tarix,
davlatchilik va texnik taraqqiyotning o`ziga xos markazi sifatida ifodalanadi. G`arb
va uning tarixi nisbiylashtiriladi. Yevroosiyo madaniyati va bu qit‘ada yashayotgan
etnoslarning bir - biri bilan uzviy bog`liqligi, o`ziga xos qadriyatlar majmui, diniy
muammolari hamda tarixiy qonuniyatlari umuman o`rganilmagan dunyo sifatida
maydonga chiqadi.
L.Gumilev Yevroosiyoda mavjud bo`lgan elatlar to`g`risidagi g`oyani mantiqiy
nihoyasiga yetkazadi va etnik ruslar faqat sharqiy slavyanlarga tegishli bo`g`inlardan
biri bo`lmay, balki turkiy qabilalar va slavyanlarning qo`shilishidan hosil bo`lgan
alohida etnos degan fikrni ilgari suradi. Olimning nazarida, buyuk rus tamadduni
―Cho`l va O`rmon‖ o`rtasida o`rnatilgan tarixiy hamkorlik natijasida turkiy - slavyan
etnogenezi asosida yuzaga kelgan.
L.Gumilyov O.Shpengler va A.Toynbi singari tamaddunlar, madaniyatlar
hamda etnoslarning tarixiy sikllarini ajratib ko`rsatgan. Uning talqiniga ko`ra,
millatlar, davlatlar va diniy jamoalarning etno - madaniy tuzilmalari barcha
jabhalarda go`yo tirik jismga o`xshaydi. Ular tug`ilish, yoshlik, ulg`ayish va qarilik
davrlarini bosib o`tadi, keyin esa yo`q bo`lib ketadi.
Bu o`rinda L.Gumilevning etnogenez sabablari, ya‘ni xalq va davlatning paydo
bo`lishiga oid qarashlaridan quyidagi geosiyosiy xulosalar kelib chiqadi24.
1. Yevroosiyo elatlar va madaniyatlarning shakllanishi uchun boy, serhosil,
ularning yuksak rivojlanishini ta‘min etadigan qulay zamindir. Jahon tarixini
atlantistik tarixshunoslikka xos tarzda ―G`arb va barcha qolganlar‖ tarzidagi bir
qutbli ko`rinishda emas, balki ko`p qutbli ko`rinishda o`rganish lozim. Bunda
Shimoliy va Sharqiy Yevroosiyo alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki u
umumsayyoraviy tamadduniy taraqqiyot jarayonining muhim manbai sifatida
G`arbga muqobil hisoblanadi.
2. Velikorosslar davlatchiligi asosida yotgan ―cho`l va o`rmon‖ geosiyosiy
sintezi Osiyo va Sharqiy Yevropa ustidan madaniy strategik nazorat uchun asosiy
voqelik hisoblanadi. Bunday nazorat Sharq va G`arb o`rtasida muvozanatni saqlab
qolishga xizmat qiladi. Albatta bunday yondashuv fan texnika taraqqiyotini qaysidir
bosqichi uchun xosdir. Lekin bugungi voqelikka nazar soladigan bo`lsak masofa ko`p
narsani hal eta olmaydi.
3. Yaqin kelajakda yer sayyorasining siyosiy va madaniy xaritasini keskin
o`zgartirib yuboradigan oldindan bashorat qilib bo`lmaydigan ―passionar turtki‖ yuz
berishi mumkin. L.Gumilevning geosiyosiy qarashlari o`ziga xos qit‘achilik
g`oyasiga asoslanganligi ma‘lum bo`ladi.
Yevroosiyochilik g`oyasini ―neoyevroosiyochilik‖ tarzida rivojlantirgan va bu
borada salmoqli ilmiy natijalarni qo`lga kiritgan rus olimi A.G.Dugindir. Aleksandr
Gelevich Dugin 1962 - yilda Moskva shahrida harbiy oilasida tug`ilgan. Universitetni
bitirgach (1988-1991 - y.) ―EON nashr markazida muharrir va bosh muharrir, ―Miliy Angel (1990 - y.) almanaxi, ―Elementi (1991 - y.) jurnalida bosh muharrir, FINIS MUNDI radioeshittirishi (1996-1997 - y.) hamda ―Geopoliticheskoye obozreniye‖ eshittirishining (1997-1999 - y.) muallifi va boshlovchisi. A.G.Dugin 13 ta yirik asar muallifi bo`lib, ular asosan geosiyosat muammolariga bag`ishlangan. Jumladan, Rossiyada birinchi geosiyosat qo`llanmasi hisoblangan ―Geosiyosat asoslari (1997), ―Konservativ inqilob (1994), ―Yevroosiyo misteriyalari‖ (1996), ―Bizning yo`l (1999), ―Makon bilan fikrlash (2000), ―Yevroosiyochilik asoslari‖ (2002) kabi asarlar shular jumlasidandir. Ayrim kitoblari Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniya singari Yevropa mamlakatlarida nashr etilgan. Maqolalari ―Izvestiya‖, ―Rossiyskaya gazeta, ―Literaturnaya gazeta, ―Rossiya‖, ―Nezavisimaya gazeta‖, ―Yevraziyskoye obozreniye, ―Konservator singari gazetalarda muntazam chop etiladi.
Aksilg`arbchi, aksilliberal, konservator, o`ng millatchi A.Dugin 1990 - yillarda
Rossiya hokimiyatiga nisbatan muxolif pozitsiyada turgan. 2000 - yildan keyin esa
o`zining keskin radikal pozitsiyasidan uzoqlashib, sentrist va prezident tarafdorlari
qatoriga qo`shilgan. 1998 -yildan boshlab RF Davlat Dumasi raisi maslahatchisi
lavozimini egallagan.
U neoyevroosiyochilik g`oyasiga tayangan siyosiy oqimga asos solgan,
shuningdek, yetarli siyosiy mavqe qozona olmagan va Dumadagi partiyalar safiga
kira olmagan ―Yevroosiyo‖ (2002 - y.) partiyasini tashkil etgan. A.Duginning fikriga
ko`ra, 1980 - yillarda kommunizmning inqirozi, sho`rolar siyosiy tuzumining
yemirilishi hamda jamiyatning ijtimoiy - siyosiy tuzilishi to`g`risidagi g`arbona 63
andozalarga javob berish zarurati bu oqimning paydo bo`lishiga turtki bergan.1 Uning
asosiy ijtimoiy - falsafiy uslubi tamadduniy yondashuv bo`lib, o`tgan asr boshlaridagi
yevroosiyochilik an‘analarining izdoshi va merosxo`ri hisoblanadi. O`z asarlarida
A.Dugin nemis konservativ inqilobchilari bo`lmish O.Shpengler, V.Zombart,
K.Shmitt, E.Yunger, F.Yunger, E.Nikit, Yevropa an‘anachiligi namoyondalari
R.Genon, Y.Evolu, T.Burkxart, F.Shuon va zamonaviy ―yangi so`l‖ lar, P. Sartr,
G.Debor, M.Fuko, J.Delez, zamonaviy ―yangi o`ng‖lar A. de Benua, R.Stoykers va
boshqalarga murojaat etadi.
Bu oqimlarni radikalizm birlashtirib, g`arb jamiyatini
―so`l‖ pozitsiya, tamadduniy va millatchilik ruhida tanqid qilishga asoslangan. Bu
nazariyalarni birlashtirib turgan jihat – liberal siyosiy falsafa va bozor kapitalizmini
tanqid qilish va mavjud voqelikning asosini tashkil etgan jarayonlarga muqobil
andoza topish va voqealar oqimini boshqa tarafga o`zgartirishdan iborat.
A.Dugin kapitalizm va kommunizm o`rtasidagi qandaydir oraliq tuzumni
yaratish g`oyasi bilan mashg`ul bo`ladi. Uning fikricha, bunday tuzumni yaratish
uchun faqatgina jozibador mafkura emas, balki kuchli ijtimoiy harakat ham zarur.
Liberal mafkura va bozor qadriyatlariga asoslangan dengiz davlatlariga qarshi
turishga qodir bo`lgan bu kuch bitmas - tuganmas zaxiralar va ulkan geosiyosiy
maydonga tayanishi mumkin. Shu ma‘noda, A.Dugin o`zining yevropalik hamfikrlari
bilan yaqinlashadi, keyin esa yevroosiyochilik falsafasini o`zi yaratgan qoidalar
asosida rivojlantiradi. Neoyevroosiyochilikning ijtimoiy - falsafiy konsepsiyasidagi
muhim jihat shundaki, u Yevroosiyo pozitsiyasidan turib Yevropa yoki roman german madaniyatini tanqid qilish emas, balki anglosakson dunyosiga, jumladan,
AQShni tanqid qilishga yo`naltirilgan.
G`arb - nemis konservativ inqilobi ruhiga monand tajovuzkorlik, bosqinchilik
ruhidagi ―atlantistlar‖ (AQSH va Buyuk Britaniya) va hamkorlikka qodir bo`lgan
betaraf kontinental (roman - german) Yevropadan iborat. Shu tufayli, mumtoz
yevroosiyochilikda qo`llanilgan agressiv, aksilevroosiyochilik ruhidagi ―roman german dunyosi‖ atamasi neoyevroosiyochilikda qo`llanmaydi.
Neoyevroosiyochilar ―rivojlanish makoni‖ konsepsiyasini rivojlantirishga ko`p
e‘tibor qaratadi. Bu esa o`z navbatida Rossiya tarixida Turon omilining ahamiyatini
tan olish va jo`g`rofiy determinizmga asoslanishga olib boradi.
A.Dugin nazarida Yevroosiyochilik harakatining platformasi quyidagi
tushunchalarni o`z ichiga oladi:
- ideokratiya, davlat va har bir fuqaroning oliy ruhiy maqsadga xizmat qilish
mas‘uliyatidan iborat. Davlat ahamiyatiga ega bo`lgan ushbu ―oliy ruhiy maqsad‖
yevroosiyochilikdir;
- yevroosiyocha tabiiy tanlanish, Yevroosiyoga xos ―tabiiy shart sharoitlaridan kelib chiqadigan va jamoaviy mas‘uliyat, xolislik, o`zaro yordam, asketizm, iroda, chidamlilik, boshliqlarga so`zsiz bo`ysunish singari xususiyatlarni o`z ichiga olgan o`ziga xos axloqiy meyorlar talab etadigan tushunchani anglatadi.
Faqat ana shu xususiyatlargina yevroosiyochilarga butun Yevroosiyo makonini
egallashni yakuniga yetkazish va nazorat o`rnatishni ta‘minlaydi25.
- demotiya (o`zgacha sharoitlarda shakllangan g`arbcha, yunon - angliya
demokratiyasidan farqli o`laroq) ―zararli‖ liberal demokratiya meyorlarini
ko`chirmasdan, mahalliy kengashlar, o`z - o`zini boshqarish va dehqon uyushmalari
vositasida hokimiyatda ishtirok etish yo`lidan borishi kerak. Demotiya iyerarxiyani
inkor etmasdan, ―yevroosiyodagi avtoritarizm bilan uyg`unlashib ketadi.
A.Dugin fikriga ko`ra, neoyevroosiyochilikning siyosiy platformasi
quyidagilarda namoyon bo`ladi:
- yevroosiyocha tabiiy tanlanish‖ g`oyasi V.Pareto va yevroosiyochi
an‘anachilar, shuningdek, R.Genon, Y.Evola, L.Dyumon singari tadqiqotchilar,
hokimiyatning pravoslavcha talqini va L.Gumilevning passionarlik nazariyasi
g`oyalari bilan boyitiladi;
- demotiya‖ g`oyasi J.J.Russo, K.Shmitt, A.de Benua, A.Myuller van den
Bruk singari olimlar qayd etgan ―organik demokratiya‖ g`oyasi bilan to`ldiriladi.
Neoyevroosiyochilik nuqtai nazaridan ―demotiya atamasi ―xalqning o`z taqdirini
yaratishda ishtirok etishi‖ni anglatadi;
- ideokratiya‖ g`oyasi turli konservativ qoidalar bilan mustahkamlanadi;
A.Dugin mumtoz yevroosiyochilarning g`oyalarini rivojlantirishdan tashqari
neoyevroosiyochilikni quyidagi konseptual g`oyalar bilan boyitishga erishadi:
- bugungi dunyoning muqarrar ravishda to`liq inqirozga yuz tutishi g`oyasi;
- zamonaviy ratsional madaniyatni irratsional arxaik udumlar, afsona va
qadimgi dinlar orqali talqin etish;
- lingvistik, epigrafik (runologiya), folklor va boshqa qadriyatlar asosida
Yevroosiyo xaqlarining dastlabki muqaddas va betakror dunyoqarashini tiklashga
intilish, umumiy ildizlar va umumiy ―makon - zamon qoidasini‖ izlash;
- G`arbda rivojlangan geosiyosiy g`oyalarni (X.Makkinder, K.Xausxofer,
Y.Loxauzen, N.Spikmen, Z.Bzejinskiy, J.Triar, K.Shmitt) ―Quruqlik‖ va ―Suv‖,
Sharq va G`arb o`rtasidagi ziddiyat ruhida, atlantizm va globalizmga qarshi talqin
qilish;
- mondializm va globalizmga umumbashariy miqyosda qarshi tura oluvchi
muqobil variant topish.
1990 yillarda A.Dugin tomonidan atroflicha tadqiq etilgan geosiyosiy
jarayonlar bugungi kunda o`z ahamiyatini ancha - muncha yo`qotgan. Hozirgi vaqtda
uning ijodi neoyevroosiyochilik mafkurasini yaratishga bag`ishlangan bo`lib,
Yevroosiyo geosiyosati ushbu mafkuraning tarkibiy qismi sifatida talqin etiladi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin