Andijon davlat pedagogika instituti


- MAVZU. TURKISTON HUDUDIDA VUJUDGA KELGAN DASTLABKI GEOSIYOSIY BILIMLAR VA HARAKATLAR



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə23/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

6 - MAVZU. TURKISTON HUDUDIDA VUJUDGA KELGAN DASTLABKI GEOSIYOSIY BILIMLAR VA HARAKATLAR
Reja:


1. O`zbekiston hududidagi qadimiy davlatlar.
2. Buyuk Ipak yo`li.

3. Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asari.
4. Geosiyosiy bilimlar rivojida “Temur tuzuklari” asarining ahamiyati.

Geosiyosat, geosiyosiy xarakterdagi hatti - harakatlar jamiyatda birdaniga paydo bo`lgan emas. Albatta, tarixiy jihatdan uning ham o`z genezisi bor. Tadrijiy asosda ko`radigan bo`lsak, geosiyosatning fan sifatidagi evolyusiyasi quyidagi ko`rinishga ega: geografiya – siyosat – siyosiy geografiya – geosiyosat. Chunki yuqorida aytganimizdek, geosiyosat tushunchasining yuzaga kelishi jamiyat hayotidagi geografik omillarni o`rganish bilan bog`liq.


Albatta, bunday yondashuvda jamiyatdagi narsa va hodisalar ayri - ayri holatda aks etmagan. Balki ularga deterministik kayfiyatdan kelib chiqib munosabat bildirilgan.
Geografik determinizm – geografik asosda jamiyatdagi barcha voqea va
hodisalarning o`zaro aloqadorligini, ularning sababiy bog`lanishi haqidagi ta‘limot.
Geografiya, siyosiy geografiya va geosiyosat fan sifatida har birining o`ziga
xos ob‘yekti va predmeti bo`lsada ular o`rtasida uzviy bog`liqlik mavjud. Ana shu
bog`liqlik ularning jamiyatni, unda kechayotgan jarayonlarni determinizm orqali
idrok etishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, siyosiy geografiya uchun geografiya
(geografik omillar) qanchalik ahamiyatga ega bo`lsa, geosiyosat uchun ham siyosiy
geografiya shunday ahamiyatga molik. Negaki har bir davlatning geografiyasini
chuqur bilish, uning tashqi siyosatini tushunish imkonini beradi. Aniqroq aytsak,
geosiyosat o`ziga xos yo`nalishdagi uslubiy asoslarga ega bo`lsada, uning genezisi
siyosiy geografiya qa‘riga borib taqaladi.
Geosiyosat nazariyasidan bahs etib geografik determinizmga to`xtalishimizning boisi geosiyosatning nazariy manbalari, prinsiplari yoki kategoriyalari nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham deterministik shukuh bilan hamnafas. Geografik determinizm geosiyosat nazariyasining muhim bir manbasidir. Shuningdek, u dunyoni bilishga nisbatan insoniyat tafakkurining qadimiy ko`rinishlaridan biri hisoblanadi.
Tarix va insoniyat turmush tarziga geografik muhitning ta‘sir etishi
borasidagi g`oyalarning shakllanishi qadimgi davrlarga borib taqaladi.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» da zardushtiylikning Vatani –
Aryanem Voychax (Xorazm), Bahdi (Baqtriya), Mouru (Marg`iyona), Gava 80
(Sug`diyona) shaharlari nomma - nom zikr etilgan va ularning geografik joylashuvi
haqida qimmatli mulohazalar berilgan. Agar zardushtiylik dinining eramizdan oldingi
VIII - VII asrlarda Markaziy Osiyo hududida yuzaga kelganligini e‘tiborga olsak, bizning ajdodlarimiz ham o`zlarining turmushlarida geografik determinizm elementlariga alohida munosabatda bo`lganligiga amin bo`lamiz.
Yozma manbalarda guvohlik berilishicha, miloddan avvalgi VIII - VI asrlarda
O`zbekiston hududida so`g`diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashashgan. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug`ullanuvchi ko`plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud So`g`diyona deb atalgan.
Amudaryoning quyi oqimida yashagan o`troq dehqon elatlari xorazmliklar
bo`lgan. Baqtriyaliklarning yurti Surxon vodiysi, Afg`onistonning Shimoliy,
Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan.
Xorazm, So`g`diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg`uloti o`sha vaqtda
sun‘iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik edi. Agar ushbu davlatlarning joylashgan
o`rniga e‘tibor beradigan bo`lsak barchasida geografik omillar birlamchi asos talab
etgan: daryo bo`ylarida, jilg`alar bo`ylab, tog`oldi vohalarida va shu kabilar.
Miloddan avvalgi VII asrda tashkil topgan Qadimgi Baqtriya davlati Markaziy
Osiyo hududida Qadimgi davlatlardan biri sanaladi. Marg`iyona, So`g`diyona
Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta‘sirida bo`lgan. Shuning uchun u qadimda bir biriga qarindosh bo`lgan elatlarning davlat birlashmasi deyilgan. Miloddan avvalgi
VII - VI asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vohalari va O`zbekistonga
chegaradosh viloyatlar Qadimgi Baqtriya davlati ta‘sirida bo`lgan. Qiziltepa,
Uzunqir, Yerqo`rg`on va Afrosiyob o`rnida Baqtriya va So`g`dning markaziy
shaharlari joylashgan. Bu shaharlar O`zbekiston hududida eng qadimgilari bo`lib,
ularning yoshi 2700 yildan kam emas.
Yana bir qadimiy davlat Xorazm hududida tashkil topgan. Bu davlat
Xorazmdan tashqarida bo`lgan yerlarni ham birlashtirgan. Qadimgi Xorazm
markazlaridan biri Ko`zaliqir shahri bo`lgan. U qalin va mustahkam mudofaa
devorlari bilan o`ralgan. Uning dehqonchilik bilan mashg`ul bo`lgan aholisi turli xil
uy - qo`rg`onlarda va qishloqlarda yashagan. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik,
binokorlik va savdo - sotiq yuksak darajada rivojlangan.
Mahalliy kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik buyumlarining dovrug`i o`zga
yurtlarga ham tarqalgan edi. Shaharlarda savdo - sotiq rivojlangan. Xorazmliklar
mohir quruvchi, hunarmand va dehqon bo`lganlar.
Shunday qilib, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda O`zbekiston hududida ilk
temir asriga o`tish boshlangan. Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda bu yerda qadimgi
yirik davlatlar mavjud bo`lgan. Shaharlarda hunarmandchilik, savdo taraqqiy etgan.
Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqalar o`rnatilgan. Qadimgi davrda 81
O`zbekiston hududida davlatchilik taraqqiyoti mahalliy aholining yuqori darajada
rivojlangan ziroatchiligiga asoslangan edi.
Miloddan avvalgi VI asr o`rtalarida Qadimgi Fors shohlari sulolasidan
bo`lgan Ahamoniylar tarkibiga jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlari
kirgan imperiya barpo etishga kirishadi. Kir II Markaziy Osiyoni bosib olishga
harakat qilgan ilk fors hukmdori hisoblanadi. Old Osiyodan boshlangan ulkan
saltanatni boshqarishda ular satraplik tizimi joriy qilishadi. Markaziy Osiyo esa o`z
navbatida uchta satraplikka bo`linadi. Keyinchalik bu hududda Makedoniyalik
Aleksandr o`z hukmronligini o`rnatadi. Bu intilishlardan maqsad shuki Markaziy
Osiyo, Old Osiyo, Shimoliy Afrika, Yunon - Rimni Sharqdagi Xitoy va Hind bilan
bog`lagan.
Miloddan avvalgi II asrdan milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G`arb
xalqlari o`rtasidagi tarixiy - madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida
Markaziy Osiyo hududi bo`ylab o`tgan Buyuk Ipak yo`li muhim o`rin tutgan.
Buyuk Ipak yo`li 12 km uzunlikda bo`lgan. Sariq dengiz sohillaridan boshlanib
Sharqiy Turkiston, Markziy Osiyo, Eron, Mesopatamiya, Old Osiyo orqali o`tib
O`rtayer dengizi sohillariga qadar davom etgan. Sian, Dunxuan, Yorkent,
Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Tabriz, Damashq kabi bir qator shaharlarni
o`zaro bog`lagan. Buyuk Ipak yo`li Sharq va G`arb xalqlarining keng miqyosdagi
madaniy aloqalari va savdo ayirboshlashi yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu tarix o`zaro hamkorlik va madaniyatlar boyitilishi tarixi bo`lib, tinchlik va
taraqqiyot asosini tashkil etgan. Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo`li tufayli
Sharq va G`arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo`lganlar. G`arb
mamlakatlari xalqlari esa Markaziy Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan
madaniyatini o`zlari uchun kashf qildilar.
Shuni ta‘kidlash lozimki, Markaziy Osiyo qadimdan mazkur ipak yo`li sabab
Urartu, Misr, Yunoniston, Bobil, Rim kabi Yaqin Sharq va G`arb davlatlari bilan
savdo - sotiq aloqalarini o`rnatgan. Turondan o`tgan ‖Buyuk ipak yo`li‖ esa Sharqiy
Osiyo va Xindistonni O`rta Yer dengizi davlatlari bilan faqatgina savdo sohasidagina
emas jamiyat hayotining turli sohalarida o`zaro hamkorlikni ta‘minlagan. Buyuk Ipak
yo`lining rivojlanishi Kushon podsholigining ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan
yashnashiga ta‘sir ko`rsatdi. Shaharlar ko`paydi, yangi - yangi yerlar o`zlashtirildi va
sug`orish tarmoqlari barpo etildi. Ishlab chiqarishning qator sohalarida o`zaro tajriba
almashish yuzaga keldi. Tashqi siyosat ancha kengayib, Hindiston, Xitoy, Rim
saltanati bilan savdo va elchilik munosabatlari o`rnatilgan. Savdo munosabatlarining
kengayishiga Buyuk Ipak yo`lining ahamiyati katta bo`lgan. Tadqiqotlar natijasida
Termizdan Rim tangalari O`rta yer dengizi atroflarida Kushon tangalarining topilishi
ham fikrimizning dalilidir. Kanishka davrida Kushon madaniyati hindlashtirildi va
budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va Yunon yozuvlari asosida kushon yozuvi
shakillandi. Me‘morchilik tasviriy san‘at yuksak darajada rivojlandi. Jahon
miqyosida mashhur bo`lgan kushon davri san‘at obidalari Ayritom, Eski Termiz,
Dalvarzintepa, Xolchayondan va O`zbekistonning boshqa hududlaridan topib
o`rganilgan.
Kushon davlati haqida shuni aloxida takidlash joizki, davlat bir nechi hududlar
va ko`plab qadimgi xalqlarni birlashtirgan. Uning tarkibida Markaziy Osiyo, Xuroson
va Hindning ma‘lum bir qismi birlashtirilgan edi. Ular orasida o`zbek xalqi ajdodlari
ham kushon madaniyati yuksalishiga o`z xissasini qo`shgan. Kushon davlati IV
asrlarga kelib og`ir ichki va tashqi kurashlar iskanjasida qoldi va asosiy hududlaridan
ajraldi. Bu vaqtda uning hududlari qisman Shimoliy Hindistondagina saqlanib qoldi.
Miloddan avvalgi II asrda qang` qabilalari eng qudratli davlat birlashmasiga
aylandi, uning hukmdorlari o`z nomlaridan tangalar zarb qildiradi. Qang` davlatining
iqtisodiy taraqqiyotiga Buyuk Ipak yo`lining davlat hududlaridan o`tgan shimoliy
tarmog`i katta ta‘sir o`tkazdi. Turk Hoqonligi davrida O`rta Osiyo yerlarida yerga
egalik qilish munosabatlari mustahkamlanib, Hoqonlar, amaldorlar va harbiy
sarkardalar, mahalliy hukmron tabaqalar, yirik zamindor va din homiylari katta katta yer - suv boyliklariga ega bo`ldilar. Hunarmandchilik va savdo - sotiqdan davlat
xazinasiga katta daromad tushishi natijasida Hoqonlar ―Ipak yo`li‖ni kengaytirishga
va tinchligini ta‘minlashga katta e‘tibor berishgan. Bu davrda shaharlar kengaygan.
Shaharlar va yirik qishloqlarda karvonsaroylar qurilgan. Biroq, Turk Hoqonligida
ichki vaziyat notinch edi. Bir - biriga qarama - qarshi bo`lgan turli ijtimoiy va siyosiy
kuchlar o`rtasidagi o`zaro ziddiyatlar hokimiyatni zimdan yemirib borgan. Hoqonlik
bilan mahalliy hukmron tabaqalar o`rtasida ziddiyat kuchayishi natijasida Hoqonlik
zaiflashib, inqirozga yuz tutdi. Eron bilan olib borilgan doimiy urushlar Turk
Hoqonligi movqeini yanada pasaytirdi. 588 - yilda Hoqonlik qo`shinlarining qattiq
zarbaga uchrashi, uning parchalanishiga olib keldi. VI asrning 80 yillariga kelib, Turk
Hoqonligi Sharqiy va g`arbiy qismlarga bo`linib ketdi. Shunday ekan Buyuk Ipak
yo`lining Sharq va G`arb xalqlari hayotidagi roli xususida gap ketganida quyidagi
xulosalarni aytish mumkin: Ipak yo`li Sharq ya‘ni Xitoy va Hindni, jumladan
Markaziy Osiyoni G`arb bilan bog`ladi. Bu davrda dengiz yo`li ochilmaganligi bois
uning ahamiyati beqiyos bo`ldi. Xitoy va Hindning betakror mollaridan Yevropa
xalqlari bahramand bo`lishdi. Bu hamkorlik shuningdek ishlab chiqarish sohasidagi
tajriba almashishga ham olib keldi. Sharqning fan va madaniyatdagi yutuqlaridan
G`arb mamlakatlari bahramand bo`lishdi. Bu davrlarda hamkorlik o`zaro diplomatik
va savdo munosabatlari negiziga qurilgan edi.
O`zbekistonda qadimgi mahalliy davlatchilik tarixi Qang`, Dovon, Xorazm
davlatlari rivoji bilan uzviy bog`langan. Qang` davlati miloddan avvalgi III asrning
boshlarida paydo bo`ldi. Uning dastlabki davrlardagi hududlari Toshkent vohasidan
iborat bo`lgan. Qang` davlatining tashkil topishi asosiy sabablaridan biri tashqi harbiy
hujumlardan himoyalanish zaruriyati bo`lgan. Miloddan avvalgi 329 - yilda
Makedoniyalik Aleksandr qo`shinlari Bekobod va Xo`jand oralig`ida Sirdaryodan
kechib o`tib, bosqinchilik qilganda mahalliy aholi unga qarshi qattiq qarshilik
ko`rsatgan. Bundan natija chiqara olmagan Aleksandr ortga qaytishga va Xo`jand
yaqinida Aleksandriya Esxata shahriga asos soladi. Miloddan avvalgi II va milodiy I
asrda Qang` davlatining hududi kengayib, Toshkent vohasi, O`rta Sirdaryo yerlari,
Talas vodiysi va Chu daryolarining quyi oqimidagi yerlarni o`z tarkibiga kiritadi.
Qang` davlatining ikkita poytaxti bo`lib, biri Qang`diz (Oqqo`rg`on) va ikkinchisi
O`tror bo`lgan.
Qang` davlati aholisi tarkibini asosan dehqonlar va chorvadorlar tashkil etadi.
O`troq aholi shaharlarda va vodiylarda yashab, dehqonchilik, hunarmandchilik va
sado bilan mashg`ul bo`lgan. Dasht tumanlarida esa chorvachilik rivojlangan.
Miloddan avvalgi II sarda qang` qabilalari eng qudratli davlat birlashmasiga aylandi,
uning hukmdorlari o`z nomlaridan tangalar zarb qildiradi. Qang` davlatining iqtisodiy
taraqqiyotiga Buyuk Ipak yo`lining davlat hududlaridan o`tgan shimoliy tarmog`i
vatta ta‘sir o`tkazdi.
Shi - szi solnomasiga ko`ra, Qang`uy dastlab kuchsizgina davlat bo`lgan
paytda, Hukmdor oqsoqollar orasidan tanlangan va u oqsoqollarning birlashgan
qo`shinlariga tayangan. Ko`chmanchilarda har bir oila boshlig`i jangchi hisoblangan.
Shuning uchun Qanguy qo`shinlarining soni ulardagi oilalar soniga teng bo`lgan.
Qang`uy qudratli davlatga aylangan vaqtda 120 ming qo`shinga (demak, shuncha
oilaga ham) ega bo`lgan. O`sha paytda aholisi taxminan 600000 kishidan iborat
bo`lgan. Xitoy elchilari o`z hukmdorlariga qang`uylar haqida ―mag`rur, qo`rs‖ - deb
ma‘lumot berganlar. Bu davlatning siyosiy tarixi haqida ma‘lumotlar asosan Xitoy
manbalarida uchraydi. Jumladan, Xitoy qo`mondoni Li Guan - li qo`shinlari mil. avv.
101 y. Dovonga bostirib kirganida qanguy dovonliklarni qo`llab quvvatlagan.
Solnomalar Qang`uyni ko`chmanchilar davlati deb atasalarda, unda shaharlar
bo`lganligi haqida ham ma‘lumot beradilar. Xalqi ―Tuproqdan qilingan devor ichida
yashaydigan‖ Yansay shaharlari shular jumlasidandir. Qanguy poytaxtini juda qadim
zamonlarda Qangxa joylashgan Sirdaryo deltasi hududida deb hisoblaydilar.
Manbalarda ko`rsatilgan jug`rofiy o`rinlarga uncha to`g`ri kelmasada mamlakat
poytaxti bo`lgan Bityan shahri Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani o`rnida bo`lgan
degan fikrlar mavjud.
Qanguy davlati bir - biriga teng bo`lgan o`troq - xo`jalik hududlaridan iborat
beshta kichik hokimiyatni o`z ichiga olgan. Ular Qang`uy ittifoqi ishtirokchilariga
qaram bo`lgan Suse, Fumu, Yuni, Gi, Yuegyan hududlaridan iboratdir.
A.N.Bernshtamning fikricha Yuni-Toshkent vohasida, Suse –Sirdaryo va Arisning
o`rta oqimida, Fumu - Yangiqo`rg`on atroflari, Gi - Sirdaryo etaklarida, Yuegyan esa
- Xorazmda joylashgan. Bu ittifoqning umumiy chegaralari Xorazm, Shosh, Sug`d
viloyatlari bilan bir qatorda Sirdaryo etaklari va Orol dengizi shimolidagi hududlarni
o`zida birlashtirgan. Shuning uchun ham o`lkaning janubida joylashgan boshqa
davlatlar ( jumladan, Parfiya, Kushon va b.)dan farqli o`laroq Qang`uy davlatida
ko`chmanchilar davlatiga xos belgilar saqlanib qolgan.
O`zbek xalqi davlatchiligi tarixi bo`yicha kam o`rganilgan masalalardan biri
Dovon davlati tarixidir. Xitoy manbalarida Dovon nomi bilan atalgan davlat boshqa
manbalarda Parkana nomi bilan yuritilgan. Dovon davlati taxminan miloddan avvalgi
III asrda paydo bo`lgan. Manbalarga ko`ra, Farg`ona - Dovon davlatida 300 ming
aholi yashagan katta - kichik shaharlar mavjud bo`lgan. Shaharlar orasida Ershi
shaxri aloxida ahamiyatga ega bo`lgan va davlat poytaxti xisoblangan.
Miloddan avvalgi 104-101 chi yillarda Xitoy qo`shinlari jang qilib, Ershini
bosib olgan vaqtda davonliklarga Qang` davlati qo`shinlari yordamga yetib keldi va
ikki o`rtada tuzilgan sulx shartnomasiga ko`ra, xitoyliklar Dovon davlati hududidan
chiqib ketdilar. Farg`ona vodiysi hududlaridan qadimgi davrga oid ko`plab uy qo`rg`onlar, qishloqlar, shaharlar xarobalari topib o`rganilgan. Dovon davlatining
aholisi asosan dehqonchilik, savdo - sotiq bilan shug`ullangan. Dovon dehqonlari
arpa, sholi, bug`doy va beda yetishtirishda mashhur bo`lganlar.
Farg`ona - Dovon davlatining o`ziga xos boyliklaridan biri uning ―samoviy ot‖
lari bo`lgan. Manbalarga ko`ra Xitoy imperatorlarining dovonga bosqinchilik
uyushtirishlarining asosiy sabablaridan biri ham ana shu ―samoviy ot‖ larni qo`lga
kiritish bo`lgan. Dovon davlati Xitoy, Xindiston va boshqa Sharq mamlakatlari bilan
olib boriladigan xalqaro savdoda muxim o`rin egallaganlar. Dovon davlati milodiy II
asrgacha mavjud bo`lgan.
Miloddan avvalgi IV-II asrlarda Qadimgi Xorazm mustaqil davlat bo`lib,
Aleksandr, Salavkiylar, Yunon - Baqtriya davlatlari tarkibiga kirmagan.
Kirmasligining sabablaridan yana biri u Qizilqum va Qoraqum sahrolari o`rtasida
joylashganligi bo`lib unga harbiy yurish qilishning murakkabligi bilan belgilanadi.
Bunday siyosiy qulaylik Xorazmda o`ziga xos mahalliy davlatchilik tizimiga ega
bo`lgan davlatning shakllanishida maxsus omil bo`ldi. Aleksandr Markaziy
Osiyoning janubiy hududlarida hukmronlik qilgan vaqtda Xorazmda Farasman ismli
odam podsholik qilgan. Yunon tarixchisi Arrian Farasmanning Aleksandr bilan bitimi
tuzilganlagi haqida ma‘lumot qoldiradi. Xorazmdan topib o`rganilgan qadimgi shahar
xarobalaridagi xususiyatlar bu yerda mustahkam davlatchilik tizimi barpo
qilinganligidan dalolat beradi. Shunday shaharlardan biri Jonbosqal‘adir. Bu shahar
tuzilishiga ko`ra to`g`ri burchakli bo`lib ikki qator mudofaa devorlari bilan o`rab
olingan va devorlarda shinaklar mavjud bo`lgan. Jonbosqal‘a ikki qismdan iborat
bo`lib, bir qismida ―olov uylari‖ - ibodatxonalar, ikkinchisida aholi turar joylari
bo`lgan. Qo`yqirilganqal‘a shaxri xarobalari boshqa shaharlardan farqli o`laroq
asosiy inshoati aylana shaklida bo`lib , inshoatning markazidagi bino ikki qavatli
bo`lgan va shu binoning o`zi ayni vaqtda rasadxona vazifasini bajargan.
Tuproqqal‘a shahri to`g`ri burchakli mudofa devorlari bilan o`rab olingan
bo`lib, devorlar ham g`ishtdan ishlangan unda shinaklar bilan birga minorlar ham
bo`lgan. Tuproqqal‘a Xorazm hukmdorlari qarorgoxi vazifasini bajargan. Bu yerdan
Xorazm davlati shoxlari boshqaruviga oid bir qancha moddiy manbalar hamda
hukmdorlarning arxivlari xujjatlaridan na‘munalar ham topilgan.
Xorazm davlati xo`jalik hayotida dehqonchilik va hunarmandchilik asosiy o`rin
egallagan. Milodning dastlabki asrlaridayoq bu yerda mis tangalar zarb qilingan.
Shuningdek Xorazmdan O`rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv namunalari ham
topilgan bo`lib, ular miloddan avvalgi 5 – 4 asrlarga oid oromiy yozuvlari asosida
shakllangan Qang`, Davon va Xorazm davlatlarida mavjud davlatchilik tizimi,
xo`jalik hayotining taraqqiy etib borishi keyingi davrlarda O`zbekistonda yuzaga
kelgan davlatlarning yuksalishiga ham o`z ta‘sirini o`tgazgan va ularning keyingi
bosqichlarga ko`tarishida muhim omillardan bo`lgan.
Arab xalifaligida VIII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning qator
shaharlarida ilm - fan, madaniyat kuchayib bordi, madaniy aloqalar avj oldi. Qadimgi
Yunonistonning mashhur olimlari Aristotel, Aflotun, Gippokrat, Arximed, Yevklid
kabilarning merosi keng o`rganildi. Xalifalikning turli o`lkalaridan taniqli olimlar
Bog`dodga keldilar, bu yerda IX asr boshida «Dor ul xikma» - Donolik uyi - ilm
markazi tashkil topdi, unda turli ilmlar – falakiyot, riyoziyot, tibbiyot, tarixshunoslik,
geografiya, kimyo, falsafa kabi fanlar bo`yicha tadqiqotlar keng yo`lga qo`yildi.
Arab xalifaligida ijtimoiy taraqqiyotning turli darajasida bo`lgan ko`pgina xalq
va qabilalar birlashgan edi. Unga Suriya, Misr, Xuroson, Movarounnahr kabi ming
yillik madaniy merosga ega bo`lgan xalqlar ham kirgandi.
IX–XII asrlarda Markaziy Osiyoda dehqonchilik, hunarmandchilik va
savdoning taraqqiy etishi empirik bilimlarni rivojlantirishga ehtiyoj tug`dirdi va
shunga muvofiq Markaziy Osiyoning ilg`or kishilari matematika, astronomiya,
geografiya, tibbiyot fanlarini chuqur o`rgandilar. Bu davrning o`z mazmuni,
salmog`i, ahamiyati jixatidan Markaziy Osiyo Uygonish davri ham deyiladi.
Uyg`onish davri madaniyatining o`ziga xos tomonlari mavjud bo`lib, ular
quyidagilardan iborat edi.
1. Dunyoviy ma‘rifatga intilish, bu yo`lda o`tmish va qo`shni mamlakatlarning
madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy - falsafiy, ijtimoiy ilmlarni
rivojlantirish.
2. Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, aql
kuchiga ishonishdan, asosiy e‘tiborni haqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish,
haqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb hisoblash.
3. Insonni ulug`lash, uning aqliy, tabiiy, badiiy, ma‘naviy fazilatlarini asoslash,
insonparvarlik, yuqori ahloqiy marosimlar va qoidalarni takomillashtirish, komil
insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo`yish.
4. Universallik - qomusiylik, barcha narsa bilan qiziqish bu davr
madaniyatining muxim tomonlaridan biri edi.
Shu davrda ilg`or falsafiy fikrlar rivojlanishida Ibn Zakariy ar–Roziy, Al Kindi,
Muhammad Muso al - Xorazmiy, Forobiy, Ahmad Farg`oniy, Beruniy, Abu Ali ibn
Sino, Umar Xayyom, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy, Abu Abdulloh al - Xorazmiy
Mafotix, Qoshg`ariy, Yusuf xos Xojib, Mirzo Ulug`bek, Navoiy kabi mashhur
mutafakkirlarning roli kattadir.
Uyg`onish davri falsafasi tabiiy - ilmiy fanlar rivoji bilan uzviy bog`lanib
ketgan. Chunki tabiatdagi xodisalar, inson organizmining xolatidagi o`zgarishlar
sabablarini o`rganish jarayonida ijtimoiy fikrda o`rnashib qolgan olamga aqidaviy diniy qarashlarga putur yetib, olamning ilmiy manzarasi haqidagi tasavvurlar ijtimoiy
ongda muqim o`rin egallay boshladi.
Bu davrdagi jahonga mashhur olimlardan biri Muhammad ibn Muso al Xorazmiy bo`lib, uning matematika, astronomiya, jo`g`rofiya, tabobat, tarixshunoslik
sohasidagi nodir asarlari falsafiy fikrlar rivojiga ham katta hissa bo`lib qo`shildi.
Olimning eng mashhur asarlari: «Al - jabr va - l muqobala», «Kitob surat al arz»,
«Yer surati», «Astronomik jadvallar», «Quyosh soati to`g`risida risola», «Hind hisobi
haqida risola», «Usturlab qurish haqida kitob», «Zij», «Astronomik jadval», «Musiqa
bo`yicha risola», «Tarix bo`yicha risola» kabi asarlari uning ilmiy tafakkuri benixoya
kengligi, qomusiy alloma ekanligi, nafaqat o`z davrining, balki hamma zamonlarning
eng buyuk qomusiy olimi ekanligidan dalolat berib turibdi.
Sharqda va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli xissa qo`shgan
buyuk allomalardan yana biri Ahmad al - Farg`oniydir. Farg`oniyning asosan oltita
kitobi butun dunyoga ma‘lum va mashxur: «Kitob fi usul ilm an - nujum», ya‘ni
«Astronomiya ilmining usullari haqidagi kitob»; «Al - Farg`oniy jadvallari»; «Oy
Yerning ustida va ostida bo`lganida vaqtni aniqlash risolasi»; «Usturlab bilan amal
qilish haqidagi kitob»; «Yetti iqlim xisobi»; «Usturlab yasash haqidagi kitob».
Uning ushbu asarlarida koinot xaritasi tuzilgan, Yer va fazoviy sayyoralar
hajmi, iqlimlar, jo`g`rofiy kengliklar to`g`risida kuzatuvlar orqali asoslangan yangi
ma‘lumotlar berilgan, ilm - fanning yangi yo`nalishlariga asos solingan. Qo`lga
kiritilgan ma‘lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda xissiy va aqliy mushohada
mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida ilmiy dunyoqarashni
shakllantirishning muhim omillari bo`lib keldi.
Abu Nasr Muhammad Forobiy Sirdaryo bo`yidagi Forob qishlogida tug`ilib,
o`z Vatanida va so`ngra Bog`dod va Damashqda bilim oldi. U Markaziy Osiyo
xalqlari va butun sharqning mashhur faylasufi va olimlaridan biri edi. Forobiy yirik
faylasuf, tilshunos, mantiqshunos, matematik, astronom, ximik, medik, psixolog,
musiqa san‘atining yirik nazariyotchisi, grek madaniyati, fani va falsafasini egallagan
edi. Forobiy eng yirik Aristotelshunos, uning falsafasi, tabiiy - ilmiy nazariyasi va
asoslarini chuqur bilgan faylasuf edi. Shuning uchun Forobiyni hayotligidayoq «Al
muallim as - soniy» (2 - ustoz), ya‘ni 2 - Aristotel deb faxriy nom bilan atagan edilar.
Forobiy Aristotel asarlarini arab tiliga tarjima qilib, unga sharxlar yozadi, shu bilan birga 160 dan ortiq nodir asarlar yaratdi. Forobiy «Falsafani o`rganishda nimalarni bilish kerak?», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «She‘r san‘ati», «Shoirlarning she‘r yozish san‘ati qonunlari haqida», «Ilmlarning kelib chiqishi to`grisida», «Musiqa haqida so`z», «Ohanglar tasnifi haqida kitob», «Masalalar bulog`i», «Aql to`g`risida», «Inson a‘zolari haqida risola», «Fozil shahar aholisining qarashlari», «Davlat haqida risola» kabi qimmatli asarlarini bizga meros qilib qoldirdi. Inson aqli tafakkur yordamida tabiatni, borliqni, materiyani, ijtimoiy xodisa va jarayonlar moxiyatini, ma‘nosini biladi. Forobiy o`zining ijtimoiy qarashlarida insoniyat jamiyati vujudga kelishi va rivojlanishining muayyan tabiiy sabablarini, axloqning shakllanishini, inson va jamiyatning o`zaro munosabatini, insoniylik, adolat, yetuk jamoa, komil inson kabi masalalarni nazariy jihatdan asoslashga harakat qiladi.
O`rta asr buyuk olimlaridan biri, ensiklopedist olim, geograf, geolog, astronom,
matematik, filosof, tilshunos, etnograf, tabib Muhammad Ibn Ahmad Abu Rayxon
Beruniy 973 - yil 4 - oktabrda qadimgi Xorazmning markaziy shahri Qiyotda tug`ildi.
Beruniy o`z umri davomida 150 dan ortiq asar yaratdi. Shulardan eng mashhurlari
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Ma‘sud qonuni», «Hindiston»,
«Geodeziya», «Mineralogiya», «Saydana»dir. Beruniy o`z davrida tajribaviy
bilimlarni puxta egallagan olimlardan bo`lib, bu uning tabiiy - ilmiy va falsafiy
qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan hisoblanadi.
Umuman, Beruniyning tabiiy - ilmiy merosi, aniq fanlar bo`yicha ko`targan
muammolari o`z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya‘ni falsafiy
dunyoqarash shakllanishida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Beruniy o`z astronomik
jadvalida olamning markazi Yer emas, balki quyoshdir, hamma planetalar, shu
jumladan Yer ham quyosh atrofida aylanadi, degan geliotsentrik gipotezani olg`a
surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi 500 yildan keyin ulug astronom Kopernikning
geliotsentrik sistemasida ilmiy asosda tasdiqlandi. Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan
qilgan munozarasida koinotdagi planetalar, shu jumladan Yer ham o`zaro tortishish
kuchiga ega, degan xulosaga keladi. Uning bu ilmiy taxmini XVIII asr boshida ingliz
olimi Nyuton kashf etgan butun dunyo tortilish qonuni bilan ilmiy jixatdan asoslandi.
Insoniyat Abu Ali ibn Sinoni jahon fani va Uyg`onish davri madaniyatining
yirik arboblaridan biri sifatida biladi va e‘zozlaydi. Ibn Sino 400 dan ortiq asarlar
yozdi. Uning yozgan asarlari ilm–fanning barcha sohalariga taalluqlidir. Shundan 242
tasi bizgacha yetib kelgan. Alloma asarlaridan 80 tasi falsafa, iloxiyot, tasavvufga, 43
tasi tabobat, 19 tasi mantiq, 26 tasi esa ruxshunoslikka bag`ishlangan. Ibn Sino o`z
asarlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo madaniyatlarining oldingi
qatoriga olib chiqdi. Shuning uchun ham «Shayxurrais» - «Olimlar boshlig`i» deb
atalishi bejiz emas. Olimning asosiy falsafiy asari «Kitobat shifo», «Donishnoma»,
«Najot», «Kitobul insof», «Kitob al qonun fittib» kitoblaridan iborat. Ibn Sino
«Donishnoma» nomli falsafiy kitobi 5 xil ilmni–mantiq, tibbiyot, astronomiya,
musiqa, iloxiyotni o`z ichiga oladi. Ibn Sino o`z zamondoshlari singari Allohni
olamni yaratgan birinchi sabab hisoblaydi.
Ibn Sinoning aytishicha, falsafa borliq haqidagi fandir. Borliq esa abadiydir, u
shaklini o`zgartirishi, bir ko`rinishdan ikkinchi ko`rinishga o`tishi mumkin, lekin
uning o`zi - materiya yo`qolmaydi. Uni tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat va
sabab kategoriyalarini asos qilib olish zarur. Ushbu kategoriyalar orqali inson olam
to`grisida falsafiy fikrlarga ega bo`ladi. Ibn Sinoning fikricha, olamda zaruriy vujud
va imkoniy vujud bor bo`lib, ularning birinchisi hech narsaga bog`liq bo`lmagan bir
butunlikdir; u qudratli, dono, irodali va hamma narsani biluvchi Tangridir. Ikkinchisi
imkoniy vujud bo`lib, u tangridan kelib chiqadi va uni namoyon etadi. Bu kelib
chiqish emanatsiya tarzida, ya‘ni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida mavjud
bo`lgan aql, jon va jism, ular bilan bog`liq holda osmon jismlari kelib chiqadi. Bu
javhar (cubstansiya) bo`lib, undan tashqari borliqda araz (aksidensiya), ya‘ni
narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xidi va boshqa xislatlari mavjud. Jism shakl va
materiyadan tashkil topadi. Moddiy jixatdan bir butun bo`lgan tabiat o`z ichki
qonuniyatlari asosida rivojlanadi, binobarin, tabiiy xodisalar sababli boglanishga ega
bo`lib, ularni o`rganish mumkin.
O`rta asrlarda yashab ijod qilgan yana bir olim Abu Abdulloh al - Xorazmiy
edi. Uning bizgacha yetib kelgan «Mafotix al - ulum» («Ilmlar kalitlari») asari bo`lib,
unda o`rta asrlardagi fanlarning rivojlanishi va holatini ancha mukammal aks ettirgan.
Muallif asarda o`z davridagi har bir fanning mazmunini, uning atamalarini sharhlash
yo`li bilan tushuntirib beradi. Ushbu asarda falsafa, mantiq, tib, ilmu - nujum, musiqa
va boshqa fanlarning asoslari berilgan, al - Xorazmiy o`sha davrda yuqori darajada
rivojlangan fanlarni ma‘lum tartibga tushirish va tasnif qilishni o`z oldiga vazifa qilib
qo`yadi.
Abu Abdulloh al - Xorazmiy falsafaning nazariy qismiga tabiatshunoslik
fanlarini, amaliy qismiga etika, siyosatshunoslik va boshqaruvni qo`yadi. Zaruriy 89
borliqni xudo va uning qudrati (birinchi sabab) bilan izohlasa, imkoniyat darajasidagi
borliqni moddiy olam va undagi sababli bog`lanishlar bilan izohlaydi. Materiya uning
nazarida 4 unsurdan tashkil topadi va ular fazo va vaqtda mavjud bo`ladi. Harakat
materiyaning atributi ekanini tan oladi. Ammo u aql, ruh, jon kabi nomoddiylik bor,
deb hisoblaydi. Aqlni «faol aql», «moddiy aql» va «o`zlashtirilgan aql»ga bo`ladi.
Geografik determinizmdan bahs etib, ushbu mulohazalarni o`rtaga tashlashimizdan
maqsad quyidagi fikrlarni aytishdir. Agar bugun geosiyosat yoki siyosiy geografiyadan so`z ketsa, ko`pchilik mutaxassislarimiz birdaniga g`arbdagi qaysidir davlatda qachondir yashagan olimning bu boradagi sistematik fikrlarini keltirishadi. Aytmoqchimizki, zamonaviy geosiyosat yoki siyosiy geografiya asosida turuvchi geografik determinism borasida o`zimizda ham yetarli manbalar mavjud. Ularni G`arb dunyosi bizdan ko`ra oldinroq o`rganib bo`lishgan. Bugun esa ular yangicha ko`rinishlarda yana bizga qaytib kelmoqda.
Umuman olganda uyg`onish davri haqida gap ketganida quyidagi geografik
omillarni hisobga olish zarur. Avvalambor Halifalik yagona hudud sifatida
birlashtirildi; Atlantika sohilidan (Piriney yarim oroli) Qashqargacha bo`lgan
hududda yagona fuqarolik o`rnatildi; yagona boj - soliq tizimi joriy etilishi turli
xalqlarning erkin - emin harakatlanishini, tajriba almashishini ta‘minladi; ilmiy
markazlar tashkil etilib turli xalqlarning ulamolari bu markazlarga taklif etildi;
yagona tilning joriy etilishi ular o`rtasida ilmiy aloqalarning yanada kuchayishini
ta‘minladi.
Amir Temur va temuriylar davri o`zbek davlatchiligi tarixida alohida o`ringa egadir. Amir Temur nomi bilan O`zbekistonda davlat va huquq o`zining eng rivojlangan bosqichiga ko`tarilgan edi. Bu saltanatning chegaralari Sharqda Xitoy devorigacha g`arbda O`rta yer dengizigacha, janubda Hindiston va Shimolda Moskov Knyazligi hududlari bilan chegaralangan edi. Markazlashgan o`z davrida dunyodagi eng kuchli davlatga aylangan edi. Amir Temur davrida davlat va qonunchilikni yuksalishi o`z navbatida siyosiy dunyoqarash ham yuksaklikka ko`tardi. Markaziy Osiyo xalqlari uchun Amir Temurning xizmati ulkandir:
Birinchidan, u mamlakatni mo`g`ul bosqinchilaridan ozod etdi;
ikkinchidan, mustaqil o`zbek davlatchiligiga asos soldi;
uchinchidan, mamlakatni tuzuklarga (qonunlarga) asosan boshqarishni
ta‘minladi;
to`rtinchidan, adolat va ma‘rifat ishlarini yo`lga qo`ydi. «Kuch - adolatda»
degan shiorga asosan;
beshinchidan, qo`shni davlatlarni ham bosqinchilardan, zulm va zo`ravonlik
o`tkazayotgan diktatorlardan tozaladi va u yerlarda qonuniy tartib o`rnatdi;
oltinchidan, Samarqandni dunyo markaziga aylantirdi. Bu yerga uzoq Ispaniya,
Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy kabi mamlakatlardan ko`plab elchilar, sayyoxlar,
savdogarlar, olimlar kelib ketadigan poytaxtga aylantirdi.
Amir Temur o`rta asrlarda Turkistonda shunday shart - sharoit yaratdiki, unda
Ulug`bek abservatoriyasi, Alisher Navoiy, Bobur va boshqalar o`z asarlari, odil
siyosatlari bilan dunyo jamoatchiligining diqqat e‘tiborini tortishga muvaffaq bo`ldi.
Bu buyuk ishlarni amalga oshirilishining boshida, so`zsiz, Amir Temur turar edi.
U davlat va jamiyat qurilishida, uni boshqarishda adolat va qonuniylikka
asoslandi. O`z zamonida xalqlar orasida keng tarqalgan Islom siyosiy mafkurasi va
uning qonunlar tizimi - shariatni amalda qo`lladi hamda unga qo`shimcha tarzda o`z
«tuzuklarini» yaratdi. Uning siyosiy va huquqiy ta‘limotlari, o`gitlari, ko`rsatmalari
temuriylar davrida dasturi amal bo`lib xizmat qildi.
Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar tashqi siyosatining yo`nalishlari
umuman xali fanda chuqur o`rganilmagan. Haqiqatan ham bu mavzuni to`laligicha
ochib berish alohida va jiddiy tadqiqotlar olib borishni taqazo etadi. Mazkur mavzu
qisqa va umumiy tarzda, ba‘zan qisman alohida tadqiqotlarda ochib berilgan1.
Bir tomondan hali Chingiziy mo`ng`ullarning xavfi kuchli ekanligi, chegaralar
xavfsizligini ta‘minlash, Chig`atoy ulusiga egalik qilish, o`zida siyosatni mujassam
etgan Buyuk Ipak yo`li tizginini qo`lga olish kabi masalalarni davlat manfaatlari
jihatidan to`g`ri hal etish nozik tashqi yo`nalishlarini belgilashni taqazo etdi.
Sohibqiron Amir Temurning mo`g`ul zulmiga zarba berishi unga yangicha
muammolarni tug`dirdi. Sabab tashqi havf hali mavjud edi. Vaziyat Amir Temurdan
Xorazm, Oltin O`rda, Mo`g`uliston, Eron, Xuroson kabi o`z davrining kuchli
davlatlari bilan yangicha bir - biridan farqlanuvchi tashqi siyosat yo`nalishlarini
belgilashni taqozo etdi32.
Amir Temur Chig`atoy ulusining tarkibiy qismi bo`lgan Xorazmga davogarlik
qilish bilan birga, uning o`z davlati tarkibiga kiritish orqali u o`z davlatining
shimoliy chegaralarini mustahkamlash, bu yerda kuchli mudofaa makonini yaratish
maqsadini ham amalga oshirishni istar edi. Chunki u o`z davlatini Oltin O`rdadan
bo`ladigan katta xavfdan himoya qilishni istar edi. Amir Temurning Oltin O`rdaga
nisbatan tutgan tashqi siyosat yo`nalishi quyidagi maqsadlarni o`zida
mujassamlashtirgan:
birinchidan, shimoldagi - Oltin O`rdadan bo`ladigan xavfni bartaraf etish;
ikkinchidan, Buyuk Ipak yo`lining shimoliy tarmog`i ustidan hukmronlikni
qo`lga kiritish;
uchinchidan, Oltin O`rdaning kuchli davlatga aylanishga yo`l qo`ymaslik va uni
ikkinchi darajali mamlakatga aylantirish;
to`rtinchidan uni Eron va Ozarbayjon ustidan hukmronlik qilishiga yo`l
qo`ymaslik;
beshinchidan Dashti Qipchoqning shimoliy qismiga o`z ta‘sirini o`tkazish;
oltinchidan, Xorazmni o`z tasarrufida saqlab qolishga intilish. Negaki Temur
Xorazmni Oltin O`rdaning emas Movarounnahr bilan davlat birlashmasida bo`lishi
tarafdori edi.
Sohibqiron Amir Temurning Oltin O`rda munosabatlari muhim siyosiy
nuqtalardan biri bo`lib, u bu bilan davlatni har tomonlama yuksaltirishga,
muhofazalashga va xalqaro katta tayoq siyosatini olib borishga intilgan. Demak, u
diplomatiyada geostrategiyani avvalgi o`ringa qo`ygan. Uning tashqi siyosat
yo`nalishi Misr, Usmoniylar davlati katta muammolardan hisoblanar edi.
Unga dunyoda yetakchi mavqega intilayotgan davlatlarning rahbarlari - Misr
sultoni Barquq, Usmoniylar sultoni Boyazid Yeldirim halaqit berayotgan, buning
ustiga ular Oltin O`rda bilan birga Amir Temurni yanchib tashlashga intilayotgan
edi. Manfaatlar, hududlar ustidagi tortishuvlar xam ular orasidagi ziddiyatlarning
keskinlashishiga katta tasir ko`rsatgan.
Shunisi aniqki, Amir Temur Boyazid Yeldirimni yengsada uning avlodlariga
yana imkoniyat - ularning taxtda qolishlariga imkon berdi. Qariyb yigirma yillik
ziddiyatlarga qaramay Misr va Amir Temur davlati o`rtasida yirik janglar yuz
bermaydi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, Amir Temur adolatli tashqi siyosat olib
borgan. Uni quyidagi fikrlar asosida izohlash mumkin:
birinchidan, Amir Temur tinch aholi ustiga sababsiz bostirib kirmagan va u
iloji boricha masalani tinchlik yo`li bilan hal qilishga intilgan;
ikkinchidan, u tinchlik talab davlatlarning osuda yashashini inson manfaati,
huquqlarini kafolatlagan, uning diplomatiya g`oyasi zaminida tinchlik, hamkorlik
o`rnatish maqsadlari yotadi;
uchinchidan qoni, irqi, dini, mafkurasi Sharq uchun ziddiyatli G`arb davlatlari
bilan ham tinchlik va hamkorlik aloqalarini o`rnatib, Yevroosiyo va integratsiya
g`oyasi tamal toshini qo`ydi.
to`rtinchidan, agar jaloyirlar, qoraquyunlilar, Boyazid va boshqalar u bilan
munosabatlarni buzmaganda, u bunchalik keng darajada g`ayrat qilmas edi;
beshinchidan, u g`animlarining obdon mulohaza yuritishi uchun imkon berdi
va uning dushmanlari bu imkoniyatni suiste‘mol qildi;
oltinchidan, u diplomatiya ilmining nazariy asoslarini kuchaytirdi, uni yangi
strategik taktika va amaliyot bilan chambarchas bog`ladi;
yettinchidan, u doimo xalqaro tenglik qoidasini avvalgi o`ringa qo`ydi;
sakkizinchidan o`ziga qarshi tuzilgan yirik blokni diplomatik zehni ila bartaraf
etdi;
to`qqizinchidan, uning diplomatiyasida ezgu insoniy xislatlar mujassam;
o`ninchidan, uning diplomatiyasi adolatli va haqgo`y diplomatiya edi;
o`n birinchidan - u raqibini ichdan qulatsada, butunlay yo`q qilmadi. Chunki
uning maqsadi raqibini yo`q qilish emas, uni tartibga chaqirib qo`yish edi;
o`n ikkinchidan, uning diplomatik tadbirlari Sohibqiron Movarounnahrga
tahdid solayotgan tashqi ta‘sirlarni izchillik bilan birin - ketin yo`q qildi. Davlat
tevaragida dahlsiz hududlar yaratishga erishdi.
Soxibqiron Temur diplomatiya ilmini san‘at darajasiga ko`targan va bu albatta
xalqaro munosabatlarda o`zining ijobiy samarasini bergan. O`sha davrda
diplomatiyada eng maqbul yo`llarning tanlanishi Temuriylar davlatchiligi san‘at
darajasiga ko`tarilganligini ko`rsatadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin