Mavzu: Buxoro viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi Reja:
Kirish
1. Buxoro viloyatining iqtisodiy geografik o'rni va chegaralari
2. Buxoro viloyati tabiiy sharoiti va resurslari
3. Buxoro viloyati aholisi va mehnat resurslari
4. Buxoro viloyati xo'jaligining tarmoqlari va hududiy tarkibi
5. Buxoro viloyatining transporti va iqtisodiy aloqalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizning maydoni katta bo’lgan hududlaridan biri Buxoro viloyati
bo’lib, u 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan. Maydoni - 40,3 ming kv. km,
O’zbekiston hududining 9,0 foiziga teng va bu borada Qoraqalpog’iston
Respublikasi hamda Navoiy viloyatidan sung 3-o’rinda turadi. Odatda, maydoni
katta viloyatlar tabiiy sharoiti xo’jalik nuqtai nazaridan noqo’lay tog’ yoki
cho’llardan iborat bo’ladi. Buxoro viloyati ham tipik cho’l mintaqasidir. Aholisi
— 2009,7 ming kishi yoki respublika aholisining 5,6 foizi shu hududda yashaydi
(2023 yil 1 -yanvar.). Ma’muriy jihatdan 11ta shahar shu jumladan viloyatga
buysunuvchi 2 ta shahar, 68 ta shaharchalar, 11 ta qishloq tumanlarini, 1473 ta
qishloq aholi punktlari o’z tarkibiga oladi (2023yil 1-yanvar.). Qishloq
tumanlarining eng dastlabkilari Buxoro, Vobkent, G’ijduvon, Kogon, Qorako’l,
Romitan va Shofirkon 29.09.1926 yilda tashkil etilgan. Demak, 11 ta ma’muriy
birlikdan 7 tasi 1926 yilga, ya’ni respublikamizning eng birinchi ma’muriy
qurilmasiga to’g’ri keladi va bunday holat ko’pgina boshqa viloyatlarda qayd
etilmaydi.
Viloyatning eng katta tumani Peshku 8,72 ming km2, eng kichigi - Vobkentda
0,29 ming km’ maydon bor, ular orasidagi tafovut 30 barobar. Bu ancha katga
raqam hisoblanadi Qorako’l tumanining ham xududi katta, u Peshku bilan
birgalikda mintaqa maydonining 43,5 foizini tashkil qiladi. Bunday geografik
vaziyat ko’proq cho’llarga xos bo’ladi.Buxoro viloyatining ma’muriy kartasiga
nazar tashlasak, unda qishloq tumanlarining xakikiy cho’lga xos chegaralari va
tashqi kiyofasi (konfiguratsiyasi) yaqqol ko’rinadi. Bunda, eng avvalo, yirik
tumanlar, Qorako’l, Jondor, Romitan va Peshkuning “yotiq” holda shimoli g’arbdan janubi - shark yunalishida chuzilib yotgani qayd etiladi. Romitan tumani
esa ularning orasida “laxtaksimon” parcha - parcha ko’rinishda, tuman markazita
nisbatan eksklav holatda joylashgan. Bunday geografik manzara boshqa
viloyatlarda kam uchraydi va uni kartalarda aks ettirish ham uncha ko’rinarli
bo’lmaydi yoki “kartabop” emas. Ko’pincha, ma’muriy birliklarning ixcham
(kompakt) bo’lmaganligi
ularning ichida ishlab chiqarish va aholini hududiy tashkil etish, unga xizmat
ko’rsatish va boshqaruvda biroz qiyinchiliklar tug’diradi. Bu nuqtai nazardan,
Vobkent va Kogon tumanlari ancha qo’layliklarga ega. Ammo, Kogon tumani
bevosita viloyat markaziga tutash bo’lib, uni Buxoro tumani “taqasimon” urab
turadi. Bunday ma’muriy - geografik vaziyat
ham kamdan- kam uchraydi. Buxoro viloyati respublikamiz mehnat taksimotida
yoqilg’i, yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jaligida paxta, jun,
Qorako’l terisi yetishtirishga ixtisoslashgan. Uning turistik imkoniyatlari va
salohiyati ham katta.