Mavzu: Buxoro viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi


Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə7/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#167827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Buxoro viloyatining iqtisodiy frdavis

Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari. Odatda, katta hududlarga ega
bo’lgan mintaqalarda, xususan, ularning ichki qismlarida transport infratuzilmasini
rivojlantirish muammolari dolzarb bo’ladi. Buxoro viloyati ham bundan mustasno
emas.Viloyatning asosiy transport yullari uning voha qismidan o’tgan. Bu yerda
Buxoro-Turkmanobod (avvalgi Chorjuy), Buxoro-Qarshi temir yullari o’tgan,
Buxoro shahri va Toshkent o’rtasida tezyurar elekropoezd katnovi yo’lga quyilgan
.Viloyatda qator temir yul bekatlari mavjud, ularning eng kattasi va qadimiysi
“poezd gudogi bilan tug’ilgan” Kogon hisoblanadi. Hozirgi kunda u muhim
transport tuguni vazifasini o’taydi. Shuningdek, Qorako’l, Olot bekatlari ham
mavjud, biroq, Navoiy- Uchquduq—Nukus temir yulining ishga tushirilishi
munosabati bilan bu bekatlarning ahamiyati biroz pasaydi. Buxoro (Kogon)-
Samarqand-Qarshi “uchburchagida” Buxoro shahri ham o’ziga xos mavqega ega.
ToshG’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on yulining ishga tushirilishi Buxoro-QarshiTermiz yulagining shakllanishi va rivojlanishiga imkon berdi. Ayni vaqtda,
Buxoro-Gazli-Nukus avtomobil yo’li-Katta O’zbek yo’lining ham ahamiyati ortib
bormoqda.
Mamlakatimizda qabul qilingan “O’zbekiston Milliy avtomagistrali” Davlat
dasturi doirasida bu traktda ta’mirlash va kengaytirish, yo’l bo’yi infratuzilma,
servis sohasini rivojlantirish bo’yicha katta ishlar olib borilmoqda. 2018yilda
viloyatda avtomobil transportida 73,6 mln tonna yuk, 304,2 mln yo’lovchi
tashilgan.2018-yilda tashqi savdo aylanmasi 911,3 mln. AQSh dollari atrofida, shu
jumladan, eksport 187,2 va import 724,2 ming dollarga teng bo’lgan. Eksport
tarkibida paxta tolasi 58,7 foizni tashkil qiladi. So’nggi yillarda xizmatlar, energiya
resurslari, qurilish materiallarining hissasi ham oshib bormoqda. Importda asosiy
o’rinlarni energiya resurslari (84,7 %) hamda mashina va uskunalar yetakchilik
qiladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy qismi, ya’ni eksportning 77,2 % va
importning esa 68 foizi “uzoq xorij” mamlakatlari bilan olib boriladi. Bu borada
so’nggi yillarda Eron, Xitoy va Afg’oniston, MDH mamlakatlaridan Rossiya
ustuvorlik qiladi. Ichki hududiy tarkibda Buxoro shahri va Qorovulbozor viloyat
tashqi savdosida yetakchi. Ular viloyat jami tashqi savdo aylanmasining deyarli
yarmini ta’minlaydi. Shuningdek, G’ijduvon hamda Buxoro tumanlarining ham
hissasi katta. Eksportda birinchi o’rinda Qorovulbozor, ikkinchida Buxoro shahri,
uchinchida G’ijduvon, to’rtinchida Buxoro va beshinchi o’rinda Romitan tumani
turadi. Ammo Vobkent tumanining eksport salohiyati ancha past. Investitsiya
muhiti ham Buxoro shahri va Qorovulbozorda nisbatan yaxshirok. Kelajakda
viloyatning barcha qishloq tumanlarida investitsiya muhitini yanada yaxshilash,
investitsiyalardan samarali foydalanish, qo’shma korxonalar soni va
geografiyasini kengaytirish zarur.

Buxoro viloyati — Oʻzbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida chegarasining kattaligi boʻyicha Navoiy viloyatidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39,4 ming km2. Aholisi 2.000.255 kishi[1] (2022). Buxoro viloyati tarkibida 11 ta tuman (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshkoʻ, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorakoʻl, Gʻijduvon), 11 ta shahar (Buxoro, Kogon, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorakoʻl, Qorovulbozor, Gʻijduvon), 3 ta shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 ta qishloq bor. Buxoro viloyati aholisining etnik tarkibini asosan oʻzbeklar va ruslar, forslar (eroniylar), turkmanlar, tojiklar, ukrainlar, koreyslar, tatarlar va boshqalar tashkil etadi. Markazi — Buxoro shahri.


Buxoro viloyati 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan. Yil oxiriga kelib uning tarkibiga Surxondaryo okrugi, Beshkent, Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon, Gʻuzor, Dehqonobod, Kogon, Qamashi, Qorakoʻl, Qarshi, Koson, Konimex, Karmana, Qiziltepa, Kitob, Romitan, Sverdlov, Chiroqchi tumani, Shofirkon, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari va viloyatga qarashli Buxoro, Gʻijduvon, Kogon, Qarshi va Shahrisabz shaharlari qo'shilgan.
1941-yil 6-martda Surxondaryo okrugi Buxoro viloyati tarkibidan chiqarilib, Surxondaryo viloyatiga aylantirilgan.
1943-yil 20-yanvarda Beshkent, G‘uzor, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Koson, Kitob, Chiroqchin, Shahrisabz, Yakkabog‘ viloyatlari hamda Qarshi va Shahrisabz shaharlari Buxorodan yangi Qashqadaryo viloyati tarkibiga o‘tkazilgan.
1943-yil 13-fevralda Olot tumani tashkil etilgan, 1943-yil 2-avgustda Tomdi tumani Qoraqalpogʻiston ASSR tarkibidan Buxoro viloyatiga oʻtkazilgan.
1950-yil 15-aprelda Peshku, 1952-yil 16-aprelda Galaosiyo tumanlari tuzilgan.
1958-yil 22-sentyabrda Karmana tumani Navoiy deb nomlangan.
1959-yilda Galaosiyo, Peshku (1959-yil 19-mart) va Olot (1959-yil 9-dekabr) tumanlari, 1962-yil dekabrda Kogon, Konimex, Qiziltepa, Sverdlovsk va Shofirkon tumanlari tugatilgan.
1964-yil 31-dekabr Kogon, 1965-yil Konimex, 1967-yil 9-yanvar Sverdlov, 1968-yil Shofirkon, 1970-yil Qiziltepa, 1973-yil Olot, 1972-yil Peshku, 1980-yil 12-mart Navbahor, 1982-yilda - Gazli va Uchquduq tumanlari tashkil etilgan. 1972-yilda Zarafshon, 1978-yilda esa Uchquduq viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomini olgan.
1982-yil 20-aprelda Navoiy viloyatiga Buxoro viloyati tarkibidan Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Navoiy, Tomdi va Uchquduq tumanlari hamda Zarafshon va Uchquduq shaharlari kiritilgan.
1984-yilda Gazli tumani tugatilgan. Buxoro viloyati hududining relyefi aksariyat geomorfologik xususiyatlariga koʻra birmuncha murakkab tekisliklardan iborat. Eng baland joyi Quljuqtov tizmasi. Quljuqtov bilan Zarafshon daryosi vodiysi oraligʻida Oyoqogʻitma botigʻi joylashgan. Buxoro viloyatida quyidagi relyef koʻrinishlarini ajratish mumkin:

  1. Alohida ifodalangan past togʻlar, platolar (Quljuqtov, Tuzkoy, Jarqoq, Saritosh);

  2. Tekis yuzali plato va qirlar (Qorakoʻl, Dengizkoʻl, Uchbosh, Qoraqir);

  3. Daryo va koʻl yotqiziqlari bilan qoplangan va shamol taʼsirida vujudga kelgan akkumulyativ tekisliklar;

  4. Alohida ifodalangan berk botiqlar (Qoraxotin, Oyoqogʻitma, Dengizkoʻl);

  5. Yassi yuzali vohalarda balandligi 5—15 metrli tepalar uchraydi.

Togʻlar asosan silur, devon, toshkoʻmir, boʻr, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davr tabiiy omillari taʼsirida oʻzgargan. Foydali qazilmalardan Setalantepa, Jarqoq, Gazli, Uchqirda gaz, Kemachi, Zikri, Oʻrtabuloqda neft-gaz hamda grafit konlari, ohaktosh, bentonit (gilmoya), granit konlari topilgan. Buxoro viloyatida juda koʻp mineral suv zaxiralari aniqlangan. Quljuqtov, Qoraxotin, Jingʻildi, Oyoqogʻitma botigʻi atroflaridan topilgan suvlardan xoʻjalikda qisman foydalaniladi. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli, faqat Gazli shahri atrofi 9 balli zilzila zonasiga kiradi. Iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, uzoq, quruq; iyulning oʻrtacha harorati 28—32°, qumliklarda 60—70° gacha koʻtariladi. Yanvarning oʻrtacha harorati 0° dan −2° gacha yiliga 90—150 mm yogʻin tushadi. Asosan bahor va qishda yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Buxoro viloyatining asosiy suv manbai — Amu-Buxoro mashina kanali. Quyimozor, Toʻdakoʻl, Shoʻrkul suv omborlarining ahamiyati katta. Bundan tashqari vohalar atrofida zovur va oqova suvlar tashlanadigan Dengizkoʻl, Qoraqir, Katta Tuzkon va Devxona kabi koʻllar mavjud. Buxoro viloyati boʻyicha obikor yerlarning 94,4 % turli darajada shoʻrlangan. Choʻl zonasida kam chirindili qoʻngʻir tusli sur, qumli ishgandan soʻng, oziq-ovqat sanoatida tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi.
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Buxoro viloyati aholisining soni 1 million 990 ming 400 kishini tashkil etdi - bu O‘zbekiston viloyatlari orasida 9-o‘rin (14 tadan). Qishloq aholisi 62%, shahar aholisi esa 38% ni tashkil etadi[2].

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin