Mavzu: Buxoro viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi


Buxoro viloyatining iqtisodiy geografik o'rni va chegaralari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə2/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#167827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Buxoro viloyatining iqtisodiy frdavis

1. Buxoro viloyatining iqtisodiy geografik o'rni va chegaralari
Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari. Buxoro viloyati O’zbekiston
Respublikasining g’arbiy qismida joylashgan, uning qo’shni Turkmaniston davlati
bilan chegarasi qisman Amudaryo bo’ylab o’tadi. Viloyat shimolda, qisqa
masofada Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan, shimol va
shimoli - sharqda keng miqyosda Navoiy va janubda Qashkadaryo viloyatlari bilan
chegaradosh. Uning “qo’shnichilik” ko’rsatkichi 1:5, ya’ni viloyat 5 ta ma’muriy
birliklar, shu jumladan, xorijiy davlatlar bilan chegaradosh. Bu nisbat qancha katta
bo’lsa, hudud transchegaraviy, undan xalqaro va magistral yo’llarning o’tganligini,
ba’zan esa uning markaziyligini bildiradi. Respublikamiz ham ana shunday siyosiy
geografik o’ringa ega, u 5 ta xorijiy mamlakatlar bilan chegaradosh. Binobarin,
mamlakatimizni Markaziy Osiyo mintaqasining markazida joylashganligi e’tirof
etiladi. Uning tarkibida bunday qo’shnichilik nisbati Qashqadaryo viloyatida ham
uchraydi.Yer usti tuzilishining taxminan yarmidan ko’prog’i tekislik - Qizilqum
cho’llaridan iborat. Balandlik va tog’liklar asosan viloyatning shimoli - sharqi va
sharqida joylashgan. Eng baland nuqtasi dengiz sathidan 800 metrga yaqin bo’lib,
u Quljuq tog’ining viloyat hududidagi qismiga to’g’ri keladi (Shofirkon va Peshku
tumanlarining chekkasida). Viloyatning yer maydoni katta, biroq suv resurslarining
yetishmasligi sababli ushbu omilning mintaqa iqtisodiyotini rivojlanishidagi roli
biroz cheklangan.
Yaqin o’tmishda bu yerda sobiq Ittifoqda dong’i ketgan Gazli tabiiy gaz koni
ishga tushirilgan edi. Hozirgi vaqtda ham Buxoro viloyatida mazkur yoqilg’i
to’rining zahiralari bor (Jarqoq, Uchqir, Qandim, Qachi, Xao’zak, Dengizko’l va
boshqa konlar). Gazli, O’rtabuloq va Jarqoq konlaridan qisman neft qazib olinadi.
Yoqilg’i resurslaridan tashqari viloyat hududida qurilish materiallari xom ashyosi
ko’p. Jumladan, Kogon va Qorovulbozor atrofida ohaktosh va gips, Tasqozg’onda
grafit, Tozbuloqda marmar, Jonkeldida granit va mineral buyoq konlari mavjud.
Shuningdek, janubda g’isht va ko’lolchilik uchun tegishli xom ashyo (Buxoro,
Vobkent va b.), G’ijduvon tumanining chekka shimoli-sharqida rangdor metallar
koni (Zafarobod) joylashgan, Yangiqo’zgonda oltin zahiralari bor. Umuman esa,
viloyatda aniqlangan qazilma boyliklar ko’proq yoqilg’i va qurilish sanoatini
rivojlantirishda ahamiyatlidir.Qishloq tumanlari miqyosida viloyatning mineral
resurs geografiyasi quyidagicha; Peshku tumanida bezak toshlari, mineral
buyoqlar; Vobkentda- bezak toshlari, g’isht xom ashyosi; Olotda - g’isht; Buxoro
tumanida - gips, g’isht va boshqa qurilish materiallari; G’ijduvonda - qum, shag’al,
rangli metallar; Kogonda - gips, qum, shag’al; Qorako’lda - ohak, silikat xom
ashyosi va x.k. zahiralar mavjud. Demak, bu tabiiy qazilmalarning ko’pchiligi
qurilish va binokorlik materiallari sanoati uchun qo’lay imkoniyatlar yaratadi.
Ayniqsa, Kogon tumanida joylashgan Mamadjurgotin gips konlarining sanoat
ahamiyati katta.
Iqlimi - Kontinental va cho’l mintaqasiga xos. Yanvar oyining o’rtacha harorati
- minus 2 daraja, iyul oyida issiqlik, ba’zan, 40 darajadan ham oshib ketadi.
Yog’in-sochin miqdori juda kam; Gazlidan shimolrokda u 100 mm ga ham
yetmaydi. Viloyatda yiliga taxminan 150 - 200 mm atrofida yog’in-sochin yog’adi.
Ko’rinib turibdiki, Buxoro viloyatining iqlimi asosan yaylov chorvachiligiga
qo’layrok, sug’orma dehqonchilik uchun esa bu yerda sharoit uncha yaxshi emas.
Zarafshon daryosi viloyat hududining sharqiy chekkasiga yetib keladi, xolos,
sug’orish uchun esa suv ko’proq Amudaryodan olinadi. Ayni shu maqsadda AmuQorako’l, Amu-Buxoro, Yomonjar kanallari qurilgan. Qo’shni Navoiy viloyatida
joylashgan Quyimozor suv omborlaridan shu nomli kanal boshlanadi va u Buxoro,
Kogon, Jondor tumanlarining bir qismini sug’oradi. Bulardan tashqari, Zarafshon,
Xayrabod, Shofirkon kabi kanallar, Sho’rko’l suv ombori ham mavjud.
Viloyatda juda ko’p kollektorlar (zovurlar) hamda oqova ko’llar (qora ko’llar)
joylashgan. Ularga misol qilib Shimoliy, Og’itma, Parsonko’l zovurlari,
Dengizko’l, Shurko’l, Oyoqog’itma, Shurxok, Qoraqir ko’llarini keltirish mumkin.
1993-yilda qurilgan Damxo’ja - Buxoro suv quvuri viloyat markazini ichimlik suvi
bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Biroq, shunga karamasdan, bu
yerda suv muammosi keskin. Yuzaga kelgan holat nafaqat qishloq xo’jaligiga,
balki aholining salomatligiga ham katta ta’sir ko’rsatadi.
Viloyatning transport va iqtisodiy geografik o’rnining o’ziga xos
xususiyatlaridan biri shundaki, uning xududi, aniqrogi Olot tumani
mamlakatimizning xorijiy davlatlarga chiqadigan Darvozalaridan biri sanaladi.
Turkmanobodga o’tgan temir yul orqali O’zbekiston Turkmaniston, Kavkazorti
mamlakatlari hamda Eron va boshqa janubiy, janubiy-g’arbiy Osiyo (Yaqin Sharq)
davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar olib boradi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki,
Navoiy - Uchquduq - Nukus temir yo’lining ishga tushirilishi Buxoro viloyati
transport geografik o’rnini biroz o’zgartirdi, Kogon, Korako’l va Olot
bekatlarining bunday funktsiyalari susaydi.


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin