1-rasm Buxoro viloyati sanoati. Arxiv uz.
Aholisi va mehnat resurslari. Viloyat aholisining soni 1989-yilga nisbatan
(1136 ming) 1,5 martaga yoki 620 ming kishiga ko’paygan. Tug’ilish bu yerda har
ming aholiga 20,9 kishi, o’lim ko’rsatkichi 4,4 kishiga to’g’ri keladi. Tug’ilish
koeffitsienti faqat Buxoro shaxrida pastroq, qishloq tumanlari doirasida esa u katta
farq qilmaydi (20-24 promille). Aholi migratsiyasi shahar va qishloq joylarida
manfiy natijaga ega. 1997-yilda migratsiya koldig’i shaharlarda minus 2,0 ming,
1998 yilda esa 1,9 ming kishiga teng bo’lgan, qishloqlarda mazkur ko’rsatkich
800-900 kishini (minus) tashkil qiladi.
Tug’ilish koeffitsienti so’nggi 10 yil maboynida biroz ko’tarilish jarayonini
namoyon etmokda. Masalan, agar viloyat bo’yicha 2000-yilda tug’ilish 20,0
promille bo’lgan bo’lsa, 2013-yilda bu ko’rsatkich 1,3 promillega ortgan. Faqat
2008-2009- yillarda u 0,3 foizga oshgan. Tabiiy ko’payish shunga mos ravishda
o’zgargan. Bunday jarayon shahar joylarda ham qayd etiladi. Jumladan, Buxoro
shahrida tabiiy kupayish 2008 yilda 9,5 promilleni tashkil qilgan bo’lsa, 2013-yilda
u 12,0 ga barobar bo’lgan. O’lim ko’rsatkichlarida katta hududiy farqlar yo’q;
uning eng baland darajasi Kogon shahrida, eng pasti esa Qoravo’lbozor tumaniga
tegishli. Taxlillarga ko’ra, o’limning bunday darajasi tasodifiy bo’lmasdan, u
oldingi yillarda ham ko’zatiladi.
2018yilda viloyatda har ming aholiga nisbatan tug’ilish koeffitsienti 21,5
kishi, o’lim koeffitsienti 4,2 kishi,tabiiy o’sish 17,3kishini tashkil etgan.2018 yilda
viloyatda aholi tabiiy o’sishi 32360 kishini, migratsion o’sish -2675 kishini,
aholining umumiy o’sishi 24646 nafarni tashkil etgan. Yil oxirida aholi soni
1894809 nafar kishini tashkil qilgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, tashqi migratsiya, boshqa ba’zi viloyatlarda
bo’lgani kabi, bu yerda ham salbiy oqibatlarga ega. Viloyat bo’yicha migratsiya
qoldig’i 2008 yilda minus 3,3; 2009-yilda minus 2,7 promilleni (yoki 4,3 ming
kishi) tashkil qilgan. 2009-yilda Qorako’l tumanida har ming kishidan 7-10 kishi
migratsiya hisobidan kamaygan, Olot va G’ijduvon qishloq tumanlarida ham
migratsiya natijalari bu hududlar uchun ijobiy emas. Ayni vaqtda, Qoravo’lbozor
va Buxoro tumanlarida u 2009-yilda ijobiy natija bergan.2013-yil natijalari esa
quyidagicha: viloyat bo’yicha jami migratsiya saldosi minus 1,4 promille; bu
borada eng katta ko’rsatkichlar Buxoro shahar va G’ijduvon tumanida qayd
etilgan. Jondor, Kogon va Qorako’lda ham migratsion yuqotish sezilarli darajada.
Migratsiyaning ijobiy qoldig’i asosan Buxoro va Qoravulbozor tumanida qayd
etilgan .Umuman olganda, esa, tashqi migratsiyaning dinamikasi va ko’lami, uning
natijasi ish o’rinlarining mavjudligi va qisman aholining milliy tarkibiga bog’liq.
Demografik sig’imi bo’yicha G’ijduvon tumani oldinda (280 ming kishi), bu
yerda viloyat aholisining deyarli 16 foizi istiqomat qiladi. G’ijduvon Samarqand
viloyatining Urgut, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va vodiyning ko’pchilik
tumanlari qatorida demografik salohiyati katta sanalgan hududlarga kiradi.
Vobkent va Buxoro tumanlari aholisi ham ko’proq, Qorovulbozorda esa bor-yugi
16,3 ming kishi bor va bu xususda mazkur tuman respublikamizda faqat Tomdi
tumanidan oldinda turadi.Aholi viloyat xududida nihoyatda notekis taqsimlangan.
O’rtacha zichlik 1 kv ga 47 kishiga teng holda (2019y 1 -yanvar), u Buxoro Qorako’l vohasida ancha yuqori darajaga ega. Viloyatning cho’l qismida aholi
zichligi juda past. Qishloq tumanlari doirasida ushbu ko’rsatkich Qorovulbozorda
10 kishiga ham yetmaydi, Vobkentda esa u 433 kishi; farq 59 karra. Bunday
geodemografik vaziyat faqat tabiiy sharoiti noqo’lay, cho’l hududlari geografiyasi
uchun xosdir,
Viloyatda yaqin yillargacha 11 ta shahar va 2 ta shaharcha mavjud bo’lgan.
2009-yilda “yangi urbanistik to’lqin” tufayli bu yerda 60 ta qishloqlar shaharcha
maqomini oldi, natijada, umumiy urbanizatsiya darajasi bir yilda 29,2 foizdan 38,8
foizga yetdi. Biroq shunga qaramasdan, shaharliklar ulushi viloyatda eng
pastlardan biri bo’lib qolmoqda (pastdan Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridan
oldinda turadi).2019yilgi ma’lumotlar bo’yicha 37foizni tashkil etadi.
2009-yildan keyin ham viloyat qishloqlar geografiyasidagi umumiy
xususiyat o’zgarmadi: Buxoroda bir qishloq aholi punktiga 724 kishi,
respublikada 1327 kishi to’g’ri keladi. Bu esa qishloq joylarda amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlarni, voha va vodiylarga nisbatan ancha
mushkullashtirdi. Hozirgi vaqtda viloyatning taxminan har 6 tadan bitta
kishlog’ida aholi soni 250 kishiga ham yetmaydi. Garchi ularda atigi 3,7 % qishloq
aholisi yashasa-da, bu holat qishloqlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
muammolarini yengillatmaydi. 250-500 kishilik qishloqlar 460 ta (31,3 %), aholisi
- 17,8 %; 500-1000 kishiga ega bo’lgan qishloqlar jami bunday toifadagi
manzilgohlarning 1/3 qismini tashkil qilgan holda, mintaqa qishloq aholisining
35,6 foizini o’zida mujassamlashtiradi.
Viloyat aholisining milliy tarkibi ham har xil. Bu uning tarixiy- geografik
rivojlanish xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan. Mintaqada o’zbeklar 91,3 foizni
tashkil qiladi. Shuningdek, bu yerda turkman, qozoq va boshqa millat vakillari ham
bor. Tojiklar (3,3 %) Buxoro va boshqa ba’zi shaharlarda, qozoqlar (1,1 %) asosan
G’ijduvon tumanining cho’l qismida, turkmanlar (0,6 %) Olot va Qorako’l
tumanlarida yashaydilar. Rus millatining ulushi 1.01.2014-yilda 1,6 foizga teng
bo’lgan. 2018yil holatida Buxoro viloyatida iqtisodiy faol aholi 887,7 ming,
iqtisodiyotda band bo’lganlar 810,1 ming kishi. Jumladan, sanoatda- 12,7%,
qishloq va o’rmon xo’jaligida – 31,1%, tashish va saqlashda- 5,7 %, qurilishda –
14,2%, savdoda-9,4% , qolgan sohalarda 26,9 foiz ishchi va xizmatchilar band.