Andijon davlat pedagogika instituti


fakulteti dekani: D.T.Samatov



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə2/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

fakulteti dekani: D.T.Samatov
2022 yil, “____” avgust
Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri: S.N.Yusupova
2022 yil, “____” avgust
O’QUV – USLUBIY MAJMUA
M U N D A R I J A S I



1

O’quv materiallari

4-227 betlar

2

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari

228-230-betlat

3

Glossariy

231-238 betlat

4

Ilovalar




4.1

Fan dasturi

239-250 betlat

4.2

Ishchi dastur

251-278 betlat

4.3

Tarqatma materiallar

279-288 betlat

4.4

Testlar

289-300 betlat




O’UMning elektron variant

301 betlat



1.MAVZU. «GEOSIYOSAT» TUSHUNCHASI, PREDMETI, OBYEKTI VA MANBALARI.


Reja:

1. «Geosiyosat» fan va siyosiy amaliyot sifatida.
2. «Geosiyosat» tushunchasi va uning asosiy aspektlari.
3. Geopolitikaning fan sifatida o`rganila boshlanishi. R.Chillen va F.Ratsel ta`limotlari.
4. «Geosiyosat asoslari» ning shakllanishidagi ilmiy yondashuvlar: Tsivilizatsion, harbiy-strategik va geografik diterminizm.

Geosiyosat fan sifatida XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida vujudga keldi. Uning vujudga kelishi yirik mustamlakachi davlatlarning vujudga kelishi, dunyoni bo`lib olishga intilish, jahon savdosining yuksalishi, sanoat inqilobining tugallanishi, sanoat va moliya kapitalining rivojlanishi, jahon bozori uchun kurashning avjiga chiqishi, yangi bozorlarga, mustamlakalarga ega bo`lishga intilish va uning ustiga qurilgan siyosatning hosilasi sifatida kechdi. Shunday bo`lsada bugungacha uning shaklu shamoyiliga, tadqiqot doirasiga, ob‘yektiga aniq bir ta‘rif berilmadi.


Bu bir tomondan yangidan shakllangan har bir fan uchun o`ziga xos xususiyat bo`lsa, ikkinchi tomondan geosiyosiy jarayonlarning naqadar murakkabligi bilan izohlanadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda, ayniqsa―sovuq urush tugashi arafasida «Geosiyosat» atamasi ommabop atamaga aylandi. Fransuz olimi Iv Lakostning e‘tirof etishicha ―geosiyosat‖ atamasi 1980 - yillardan boshlab, ayniqsa «sovuq urush» davri tugaganidan keyin nihoyatda keng qo`llanila boshlandi. Bugungi kunda bu atama barcha davlatlarning OAV larida jurnalistlar nafaqat Yevropa davlatlari o`rtasidagi hududiy raqobatchilikni, ayni damda unga qarshi jamoatchilik fikridagi e‘tirozlarni ham ko`tarib chiqishmoqda. Ba‘zan esa geopolitika atamasi turli hodisalarga, umladan hech qanday aloqasi yo`q hodisalarga nisbatan ham ishlatilmoqda. «The Economist» jurnalida e‘tirof etilishicha geopolitika tamasi fundamental hodisa hisoblansada, uni shunday bir yorliqqa qiyoslash mumkinki, bu yorliqni istalgan hodisaga ilib qo`yish mumkin. 1945 yilda jahon urushi yakuniga yetgach u keltirgan barcha yo`qotishlarga bir tomondan geosiyosat fani ham aybdordek hisoblandi. 2 - jahon urushi va uning asoratlarini tugatish davrida geosiyosat doirasidagi izlanishlar bir oz susaysada butunlay to`xtab qolmadi va mumkin ham emas edi. Negaki davlatlar bor ekan, ular o`rtasida munosabatlar bor ekan, ularning manfaatlari mavjud ekan geosiyosat ham mavjud bo`ladi.
Mustamlakachilik tizimi, jahon urushlari va undan keyingi «sovuq urush» davri salbiy jihatlariga ba‘zan geopolitik jarayonlar sabab qilib ko`rsatildi. XX asr oxiri – XXI asr boshlariga kelib geosiyosat o`tib ketgan «patologiya» dan xalos bo`ldi. O`z navbatida tabiiy savol tug`iladi: tarix va geografiya o`rtasida siqilib qolgan geosiyosat yashash huquqiga ega bo`ladimi?
O`zida iqtisodiy va siyosiy geografiyani umumlashtirgan geosiyosat harbiy yoki diplomatik tarixga shunchaki qo`shilgan oddiy hodisa emas. Geosiyosiy uslub ularni o`zlashtirgan xolda namoyon bo`ladi. Alohida tadqiqot, mashg`ulot sohasi sifatida, dunyoga nazar tashlash uslubi sifatida geosiyosatning prespektivlari quyidagi holatlar bilan o`z dolzarbligini namoyon qiladi: Birinchidan, jamiyatning demokratik siyosiy madaniyatini shakllantirishda, aholii tafakkurini imperiyaga xos tafakkur tarzidan xalos bo`lishlarida, radikal geosiyosiy hatti harakatlar mohiyatini anglab yetishda geosiyosatning asoslarini o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi; Ikkinchidan, geosiyosiy paradigmalar, alohida faoliyat turi sifatidagi geosiyosat
shakllanayotgan ko`p qutbli dunyoda, jahon hamjamiyatida munosb o`rin egallashida
muhim ahamiyat kasb etadi; Uchinchidan, endigina shakllanayotgan geosiyosat fani oldida G`arb geosiyosatsi erishgan yutuqlarni o`zlashtirish, uning asosiy tendensiyalarini, hozirgi zamon geosiyosiy jarayonlarining rivojlanish xusiyatlarini o`rganish kabi masalalar turibdiki ularning echimi O`zbekistonning Markazty Osiyoda, jahon hamjamiyatida tutgan maqomini belgilab olishda o`ziga xos ahamiyat kasb etadi. Geosiyosat fan sifatida XX asr boshlariga kelib paydo bo`ldi. Uning shakllanish jarayoni jahondagi iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning keskin rivojlanishi davriga to`g`ri keldi. Nafaqat ilmiy doirada, balki siyosatshunoslar o`rtasida ham «geosiyosat» tushunchasiga nisbatan yagona bir ta‘rif yo`q. Mavjud ta‘riflar u yoki bu darajada bir – birini to`ldirsada, ma‘lum jihatdan bir - biriga qarama - qarshi hamdir.
O`z navbatida geosiyosatning ob‘yekti va sub‘yekti haqida ham turlicha qarashlar bor. Albatta, bildirilgan fikrlarga salbiy munosabat bildirish kerak emas, balki ularga geosiyosat ob‘yektining murakkabligi bilan izohlanadi. Umuman olganda geosiyosat hukmronlik vositalari va u bilan bog`liq bilimlar mohiyati to`g`risida fan sohasi sifatida izohlanadi. Fransuz geosiyosatchisi Mishel Fushe ingliz va nemis geosiyosati xususida fikr yuritib jahonda iqtisodiy va siyosiy hukmronlikni qo`lga kiritish ustida kurash natijasidagi ehtiyoj natijasida yuzaga kelganligini ta‘kidlaydi. Uning fikricha geosiyosat faqatgina uslub hisoblanmasdan, ayni damda tasavvur va
amaliyot ham hisoblanadi. Negaki dastlabki geosiyosatchilar sifatida turli davrlarda turli hukmdorlar maydonga chiqishgan. Geosiyosatni tasavvur sifatida shu ma‘noda e‘tirof etiladiki qator geosiyosiy maktablar ilgari surgan nazariy muhokamalar dunyo haqidagi tasavvurlarni inikos ettirgan, u yoki bu davlatning olib borayotgan siyosatini belgilab bergan. Geosiyosat metod sifatida ilmiy, pedagogik ahamiyatga ega bo`lgan bilimlar mohiyatini ifoda etgan. To`g`ri, XX asrning 90 - yillarigacha kommunistik mafkura geosiyosatni imperialistik ekspansiyani asoslash uchun geografik dalil va omillardan (mamlakatning hududi, joylashuvi va b.) foydalanuvchi siyosiy konsepsiya deb, uning asosini irqchilik, maltuschilik, sotsial - darvinizm bilan bog`lab ta‘riflash orqali salbiy baholab kelgan. Biroq, keyingi o`n yil ichidagi o`zgarishlar geosiyosatga nisbatan yangicha yondashuvlarni yuzaga chiqardi va geosiyosat sobiq sovet fani uqtirib kelgan g`oyalarning batamom aksi ekanligini ko`rsatdi.
«Geosiyosat» («Geopolitika») so`zi garchi yunon tilidagi «geo» (yer) va «politicos» (davlatni boshqarish san‘ati) jumlalaridan olingan bo`lsada, o`zbek siyosiy lug`atiga nemis tilidagi «geopolitik» so`zidan kirib kelgan desak to`g`ri bo`lar. Qolaversa, bahs etayotganimiz geosiyosat nazariyasi ham avvalo nemis geosiyosiy maktabida tugal shakllanganligi barchaga ma‘lum. Geosiyosat davlatga turg`un, statik xoldagi hodisa sifatida emas, balki dinamik – o`zgaruvchan ijtimoiy hodisa sifatida qaraydi. «Geosiyosat» so`zini asarlarida ishlatmasada, geosiyosat fanining «otasi» deb nemis olimi Fridrix Ratselni (1844 - 1940) aytish mumkin. Ratsel sotsiologiya, geografiya fanlari bilan keng shug`ullanadi. 1897 yilda chop etilgan asosiy ishini ham «Siyosiy geografiya» («Politische Geographie») deb nomlagan. Garchi F.Ratsel siyosiy geografiya haqida sub‘yektiv fikrlarini o`rtaga tashlasada, uning mulohazalari bevosita geosiyosiy ahamiyatga molik edi. Jumladan, olim davlatda geografik omillarning ustuvorligini va ularning o`zgarmasligi borasidagi fikrlarni yoqlamaydi.
Uningcha, davlat doimo jo`shqinlikda hayot kechiruvchi «tirik organizmdir». F.Ratsel fikricha, geosiyosat siyosiy geografiyadan farqli tarzda, davlatning joylashishi, uning iqlimi va shakllari bilan birlamchi darajada qiziqmaydi. Ilmiy doirada birinchi bo`lib «geosiyosat» atamasini shved olimi Rudolf Chellen (1864 - 1922) o`zining «Davlat hayotning bir shakli sifatida» («Der Staat als Lebensform», 1916) nomli asarida qo`llagan. Olim geosiyosatga quyidagicha ta‘rif beradi, ya‘ni «geosiyosat – bu borliqdagi davlatlarni geografik organizm, yoki makondagi fenomen sifatida o`rganuvchi fandir». Shuningdek, geosiyosat « makonni fundamental asosda tadqiq qilish bo`lib, tadqiqot Yer va undagi foydali qazilmalar bilan bog`liq. Bu esa o`z navbatida imperiyalarning tashkil topishini, mamlakatlarning yuzaga kelishini va davlatlar hududlarini o`rganish demakdir». Geosiyosatga o`ziga xos ta‘rif o`z vaqtida «Zeitschrift feur Geopolitik» nomli nemischa jurnalda berilgan: geosiyosat yer va siyosiy jarayonlar o`rtasidagi munosabatlarni o`rganuvchi fandir. Bu joyda qayd etish lozim bo`lardi, siyosiy jarayonning sub‘yektlari noma‘lum. Geosiyosat geografik fundamentga ega. Shuningdek, geosiyosat borliqdagi siyosiy organizmlar va ularning tuzilishini o`rganuvchi fan – siyosiy geografiyaga asoslanadi. Geosiyosatning maqsadi siyosiy harakatlarni kerakli vositalar bilan ta‘minlash va umuman siyosiy hayotga yo`naltirishni ko`rsatadi. Bu jihatdan geosiyosatni amaliy siyosatni boshqarish haqidagi fan deyish mumkin. Geosiyosat –davlatning geografik aqlidir.
Rus geosiyosatchisi N.Nartov fikricha geosiyosat oraliq fan bo`lib maxsus o`ziga xos tadqiqot maydoniga emas. Siyosatga, siyosiy hodisalarga ko`proq e‘tiborini qaratsada, ularni geografik omillar, aspektlar asosida umumlashtiradi.
O`z navbatida geopolitika davlatning ichki, tashqi siyosatini tushuntirishda, asoslab berishda bir qator geografik omillardan keng foydalanadi: chegara tafsili, tabiiy va qazilmalar resurslarga boyligi, u joylashgan orol yoki quruqlikning qulayligi, iqlimi, relefi va boshqalar. Uzoq yillar davomida geosiyosatda hal etuvchi omil metropoliyaning geografik makonda kengayib borishi asosiy ahamiyat kasb etib kelgan edi.
Vaqt o`tishi bilan bu omil o`z ahamiyatini davlatlar o`rtasidagi hamkorlikka, tenglikka asoslangan o`zaro hamkorlikka asoslangan munosabatlarga bo`shatib bera boshladi. Ko`plab tadqiqotchilar geosiyosatga davlatning geostrategik qudratiga ta‘sir o`tkazuvchi geografik, tarixiy, siyosiy, madaniy va boshqa omillarni o`rganuvchi fan sifatida qarashadi. Rus geosiyosatchisi V.Dergachev geosiyosat va siyosiy
geografiyani o`zaro taqqoslar ekan siyosiy geografiya atrof - muhit, makondagi imkoniyatlar, xususiyatlarni siyosiy jarayonlar rivojiga ta‘sirini o`rganuvchi fan sifatida olib qaraydi. K.Gadjiyev fikricha geosiyosat jahon hamjamiyatining hozirgi holati, evolyutsiyasi, faoliyati, kundalik turmush tarzi tamoyillari va qonuniyatlari, global va strategik yo`nalishlari, ob‘yekti va tarkibini o`rganuvchi fan hisoblanadi.
E.Pozdnyakov fikricha geosiyosatning asosiy e‘tiborini davlat o`zining siyosiy, harbiy, iqtisodiy manfaatlarini hal etishda, shunga qaratilgan siyosatida geografik omillarga tayanib ish yuritishiga qaratishi lozim. Y.Tixonravov fikricha geosiyosatni siyosatni geografik muhit tomonidan yaratilgan – joylashgan atrof - makon, iqlim, landshaft, foydali qazilmalar, ekologiya, demografiya, va sh.k siyosiy bo`lmagan
tizim o`zaro ta‘siri qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sohasi sifatida olib qaraydi.
Ba‘zilari esa geosiyosatning jamiyatdagi, ma‘lum bir mintaqa yoki davlatlardagi
harbiy - siyosiy, madaniy va iqtisodiy omillarni tadqiq etuvchi fan ekanligini
isbotlashga urinishadi. N.Starikov mazkur fan nimani o`rganishini ushbu formula
asosida tushuntirishga harakat qiladi: geosiyosat= siyosat+tarix+geografiya2.
Yuqorida qayd etib o`tilganidek SSSR da 1980 - yillarning oxirlarigacha
geoyosatga reaksion, g`ayriilmiy, imperalistik davlatlarning mustamlakchilik
siyosatini oqlaydigan, ularning turli geografik makonlar ustidan hukmronligini ta‘min
etishga xizmat qiladigan uslub va vositalarni tahlil qiladigan fan sifatida qaralgan.
Sovet hukumatining ushbu fanga bunday munosabatda bo`lish sabablari nimada:
birinchidan, geoyosatning asosiy g`oyalari, nazariyalari, qoidalari amaldagi hukmron
marksizm - leninizm g`oyalariga, jamiyat rivojiga sinfiylik nuqtai - nazaridan qarash
kabi nazariyalarga mutlaqo zid edi; ikkinchidan, fashistlar agreyessiyasi natijasida
jahonda million - million insonlar qirilib ketdi. «Buyuk Germaniya», ―oliy irq‖,
«fashistlar uchun hududiy kenglik» kabi g`oyalarni da‘vo qilgan fashizm mafkurasini
oqlagan nemis geosiyosati badnom etilgan edi; uchinchidan, Sovet davlatining ichki
va tashqi zo`ravonlik siyosati mohiyati fosh bo`lib qolish ehtimolining yuqoriligi;
to`rtinchidan, Sovet davlati tashqi siyosat olib borishda har bir mintaqadagi tub
iqtisodiy, geografik, demografik omillardan, manfaatlardan kelib chiqib emas, balki
mafkuraviy omillardan kelib chiqib yondashgan edi. Ushbu xolatlar ayniqsa «sovuq
urush» davrida geoyosatga, uning ob‘yektiga xolisona murojat etish imkonini
bermadi. Lekin bu degani sobiq ittifoq mutaxassislari bu fanga, uning qator
imkoniyatlariga, amaliy ahamiyatiga umuman e‘tibor berishmadi degani emas. Sovet
davlatining amaliyotida, maxsus ilmiy tekshirish institutlarda geosiyosat bilan bog`liq
jarayonlar bilan bog`liq keng ko`lamli kuzatishlar, tadqiqotlar olib borildi. Sovet
davlati hukm surgan butun davrda geoyosiy jarayonlar tahlili uning ajralmas atributi
bo`lib keldi. I.Stalin tarixga XX asrning eng yirik geosiyosatchilaridan biri bo`lib
kirdi. Sovet davlatining turli davrlardagi tashqi siyosatida quyidagi hatti - harakatlar
geosiyosiy nuqtai nazardan turib amalga oshirilgan: Birinchidan, birinchi jahon
urushidan bir qator sabablar bois sovet davlati tashqi iqtisodiy qamal holatiga tushgan
edi. 1921 - yilda sovet davlati o`zining janubiy qo`shnilari Afg`oniston, Mongoliya,
Eron va Turikya bilan munosabatlarni yo`lga qo`ydi. Buyuk Britaniyaning Bosforda
mustahkamlanishiga imkon bermadi. Estoniya, Litva, Latviya, Finlyandiya bilan
savdo bitimlari imzolandi. 1922 - yilda Germaniya bilan tuzilgan Rapallo bitimi
deyarli iqtisodiy qamalni bekor qildi. Ikkinchidan, Komintern manfatlari yo`lida
Mongoliyaga, Xitoyga va respublikachilar Ispaniyasiga katta miqdorda iqtisodiy,
harbiy - texnik yordam ko`rsatildi. Uchinchidan, 2 - jahon urushidan keyin SSSR
chegaralarida qizil armiya tomondian ozod etilgan hududlarda ittifoqdosh, mute
davlatlar vujudga keltirildi. Ular xalqaro maydonda sovet manfaatlarini himoya
etishga mahkum etilgan. To`rtinchidan, tashqi siyosatda sovet siyosatini kuch
ishlatish yo`li orqali amalga oshrishni tamin etuvchi doktrina vujudga keltirildi. 1956
- yilda Budapesht voqealari, 1961 - yilda Karib inqirozi, ―Berlin devori‖ vujudga
keltirilishi, 1968 - yilgi ―Praga bahori‖ voqealari buning isboti bo`la oladi. Albatta
sobiq ittifoqning bunday xatti - harakatlari xalqaro hamjamiyat tomonidan javobsiz,
jazosiz qoldirilmadi. Sovet davlati kuchli mafkuraviy tashqi bosim ostiga olindi.
Iqtisod, fan, ilmiy - texnologik sohalarda hamkorlik to`xtatib qo`yildi. Tabiiy xom 13
ashyoning narxlari keskin tushib ketdi. Milliy va diniy sohada olib borilgan
siyosatning noinsoniyligi ichki va tashqi norozilikning kuchayib borishiga sabab
bo`ldi. Sovet qo`shinlarining qo`shni afg`on hududiga kiritilishi katta miqdorda sarf harajatlarni talab etardi. Bu holatlar sobiq tizimning inqirozini yanada tezlashtirdi.
Umuman olganda geosiyosat bilan bog`liq tadqiqotlarni, unga nisbatan
berilgan ta‘riflarni shartli ravishda quyidagicha tahlil etish mumkin. Bular:
1-yo`nalish: siyosiy geografiya va siyosat o`rtasidagi munosabatlarga katta
e‘tibor beriladi. Bu yo`nalishdagilar geografiyaga birlamchi omil sifatida qarab, uning siyosatga ko`proq ta‘sir etishini uqtirishadi;
2-yo`nalish: muayyan mintaqa yoki jahonda hokimiyat uchun siyosiy kuch
markazlarining o`zaro kurashlariga kengroq e‘tibor beriladi. Bu yo`nalishdagilar asosan davlatlararo raqobatga urg`u berib, fanning umumbashariy xususiyatlaridan bahs etadi;
3-yo`nalish: geosiyosatga kompleks yondashuv, ya‘ni geografik omillardan tashqari iqtisodiy, demografik, diniy va boshqa shu kabi omillarga ham keng asosda yondashgan, tadqiq qilgan va qilayotgan geosiyosatshunos tadqiqotchilar fikrlari.
Qayd qilingan umumiy qarashlardan ko`rinib turibdiki, geosiyosat uslubi va o`z ob‘yekti jihatidan siyosiy geografiyadan keskin farq qiladi. Uning amaliyoti jamiyatdagi geografik omillar bilangina chegaralanmaydi. Shuningdek geosiyosat o`z amaliyotida turli ko`rinishdagi siyosiy, iqtisodiy, diniy, harbiy, geografik omillarni doimiy va o`zgaruvchan jarayon sifatida olib qaraydi. Geosiyosiy omillarni mazmun - mohiyatiga ko`ra doimiy va o`zgaruvchan omillarga bo`linadi. Doimiy geografik omillarga davlat yoki mintaqaning hududiy joylashuvi, chegarasining shakli va ko`lami (nisbatan), iqlimi, relefi, flora va faunasi va shu kabilar kiradi. O`zgaruvchan geografik omillar esa mintaqa yoki davlatning aholisi, foydali qazilmalari, siyosiy madaniyati va ijtimoiy tuzilishlarini nazarda tutadi. Umuman borliqdagi
asosiy geosiyosiy omillar quyidagi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi:
hududiy omil; siyosiy omil - davlatning siyosiy tuzilishi, uning o`ziga xos xususiyatlari, davlatdagi ijtimoiy qatlamlar, davlatning chegaralari va shu kabilar;
geografik omil - borliqda joylashuv holati, tabiiy resurslari, fauna, flora
dunyosi va shu kabilar; iqtisodiy omil - aholining turmush darajasi, ishlab chiqaruvchi kuchlar qudrati, savdo-sotiq, bozorning rivojlanganlik darajasi, va shu kabilar;
transport - kommunikativ imkoniyat - strategik o`rni, temir yo`l, avtomobil yo`llari, daryo - suv transporti va shu kabilar; tabiiy iqlim sharoiti; madaniy omil - milliy an‘analar, madaniy qadriyatlar, fan va ta‘lim taraqqiyoti darajasi va shu kabilar; 14
demografik omil - aholi tarkibi, joylashuvi, aholi o`sish darajasi va shu
kabilar; harbiy omil - qurolli kuchlarining qudrati va harbiy tayyorgarligi, harbiy
mutaxassislarni tayyorlash darajasi va shu kabilar; ekologik omil aholining davlatlar va mintaqalar tabiiy resurslarining chegaralanganligiga munosabati, xom - ashyo zahiralarining kamayishi va shu kabilar;
Ko`rinib turibdiki geosiyosat o`rganish mavzusiga ko`ra, o`z qamrovi
jihatidan ko`p qirrali va juda kengdir. Zamonaviy geosiyosat mundarijasi jahon
siyosati, hokimiyat muammosi va jamiyatdagi ustuvor mafkuralar omillari bilan
bilvosita va bevosita bog`liq. Bu jihatdan geosiyosatga - geosiyosat jamiyatdagi
boshqaruv muammolarini tadqiq etadigan fan deb ta‘rif berish mumkin. Bundan
tashqari, geosiyosat fan sifatida yuqorida qayd etib o`tilgan omillarni tadqiq etuvchi
bir qator mustaqil fan va fan sohalarining xususiyatlarini o`zida mujassamlashtirgan.
Bular – geografiya, siyosatshunoslik, tarix, etnografiya, dinshunoslik, ekologiya,
mafkuralar tarixi, sotsiologiya, harbiy bilimlar nazariyasi va amaliyoti, demografiya
va h. Ko`rinib turibdiki, geosiyosat shunchaki bir fan emas, balki ko`plab fanlarga
xos xususiyatlarni o`zida mujassamlashtirgan, o`z maqsad - vazifalarini amalga
oshuvini ta‘min etuvchi uslub - vositalarni tahlil etadigan tarmoqlararo fan tizimidir.
Qayd qilingan mulohazalar asosida geosiyosatga quyidagi ta‘rifni berish mumkin:

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin