Geosiyosiy makon. Siyosat har doim qator geografik makondagi omillarga
tayangan xolda ish yuritishiga hech qanday shubha yo`q. F.Ratsel tabiiy - fizik,
geografik makondagi faoliyat yo`nalishlarini geosfera, gidrosfera, atmossfera ketma ketligida tahlil ostiga olgan edi. Albatta, geosfera, gidrosfera, atmosferalar, insoniyat
hayotida o`rni, imkoniyatlari turli darajada siyosatning asosiy yo`nalishlarini belgilab
beradi. Geosfera xos omillar: yerning o`lchamlari; iqlimi, dengizga yaqinligi,
hosildorligi, tabiiy boyliklari va sh.k. Gidrosfera xos xususiyatlar: quruqlik
ahamiyatiga moliklik, suvosti dunyosi boyliklari, hayvonot dunyosi, savdo - sotiq,
turizm va sh.k. Atmosferaga xos omillar: yer sirtida turli to`siqlarning mavjud
masligi, dengiz kengliklaridan o`tishning qulayligi, yuqori tezlik, geosferani tadqiq
qilishdagi qulayliklar, harbiy ahamiyatga moliklik, kosmos imkoniyatlari. Albatta
bugungi kunda kosmos sferasini alohida qayd etib o`tish lozim. Bugungi kunda
kosmos yerning sun‘iy yo`ldoshlari orqali, Xalqaro kosmik stansiya imkoniyatlari
bois quyidagilarga ega bo`lmoqda: yer sayyorasining barcha nuqtalari ustidan sifatli
nazorat o`rnatish; yerning ustki va yerosti qatlamlarini samarali o`rganish va
o`zlashtirish; axborot - kommunikatsiyalari xizmatining yangi bosqichga ko`tarilishi;
galaktika kengliklarini o`rganish; sohaga doir fan va texnik kashfiyotlarning amalga
oshirilishi va shu kabilar.
Geosiyosiy maydon- ushbu atama odatda ma‘lum bir davlat tomonidan yoki
ittifoqchilar tomonidan nazorat qilinayotgan makonni anglatish uchun qo`llaniladi.
Xalqaro munosabatlar tarixidan ma‘lumki, geosiyosiy borliq ustidan nazoratni
o`rnatishning turli shakllari mavjud. Bular harbiy, siyosiy, iqtisodiy, diniy,
kommunikatsion va boshqa turlari bo`lishi mumkin. Yangi ming yillik boshlariga
kelib xalqaro munosabatlarda geosiyosiy borliqni nazorat qilishda yangicha
yondashuvlar – rangli inqiloblarni amalga oshirish, informatsion - mafkuraviy,
texnologik va madaniy - sivilizatsiyaviy nazoratlar yuzaga kelib, ularning
amaliyotdagi o`rni sezilarli bo`lmoqda. Rangli inqiloblarni muayyan bir davlatdagi
ichki ziddiyatlardan, kelishmovchiliklardan foydalanilgan holda amalga
oshirilmoqda: Qirg`iziston, Gruziya, Ukranina, Liviya, Iroq, Misr. Geosiyosatda
odatda rangli inqilobga o`z hokimiyatini qon to`kish evaziga ―o`zga hukmronlar‖ ga
berish tariqasida tushuniladi.
Geosiyosat siyosiy institutlar tomonidan, birinchi navbatda davlatlar va davlatlar
ittifoqi tomonidan borliqni nazoratga olishining asoslari, imkoniyatlari darajasi, amaliy mexanizm va shakllarini o`rganadi. Davlat nazoratida turgan yoki nazoratga olishga intilayotgan borliq umumiy maydon markazida bo`lishi, rivojlanish darajasi, u yerning tashqi dunyo bilan aloqalari ko`lami, tabiiy imkoniyatlari bilan ahamiyatli bo`lishi mumkin.
Geosiyosatda davlat yoki davlatlar ittifoqi nazoratida bo`lgan borliq geosiyosiy maydon tushunchasi bilan izohlanadi.
Geosiyosiy maydon tushunchasiga nisbatan ko`plab ta‘riflarni uchratish
mumkin. Rus geosiyosatchisi K.V.Pleshakov geosiyosiy maydon tushunchasi keng
ma‘noga ega bo`lganligi bois uni tadqiq etish ko`lamiga qarab quyidagicha
klassifikatsiyalashni taklif qiladi:
- endemik maydon – uzoq vaqtlardan beri ma‘lum bir davlat tomonidan,
ma‘lum bir milliy guruh tomonidan nazorat qilib kelinayotgan borliq bo`lib, o`sha
borliqning aynan shu jamoaga tegishli ekanligini boshqa qo`shnilar tomonidan tan
olinishini nazarda tutadi.
- chegaraviy maydon - bunday maydonda ma‘lum bir milliy jamoa istiqomat
qilsada, davlatning u yerda nazorat qilish funksiyasi rasmiy xarakterda bo`lib,
yashayotgan odamlar turmush tarzi chegaradosh davlatga yaqinroq bo`ladi. Masalan, Shimoliy Qozog`istondagi rus millati vakillarining Rossiya davlati turmush tarzi
bilan, Shimoliy Tojikistondagi, Qirg`izistonning O`sh viloyatidagi yoki Janubiy
Qozog`istondagi o`zbeklarning O`zbekistondagi xalqlar turmushi bilan nafaqat
tarixan, balki ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar asosida bir - biri bilan
uyg`unlashgan. Ular yashayotgan makonni chegaraviy maydonga aylantirgan omil ularning turli davlatchilikka oidligi bilan izohlanadi;
- chorrahaviy maydon – turli milliy jamoalarning yashashidan qat‘iy nazar,
ikki yoki undan ko`proq davlatlar da‘vogar bo`lgan geosiyosiy borliq. Biroq u
chegaraviy maydondan milliy jamoaning atrofida emas, endemik maydon ichkarisida
joylashgan bo`lishi bilan (Tog`li Qorabog`), mintaqadagi jamoaning etnik va diniy
tarkibi tarixan o`sha jamoaga mansub bo`lsada, borliqning bugungi davlatlar
chegarasida chorrahaviy xarakter kasb etayotganligi bilan farqlanadi. Masalan,
Turkiya, Eron, Iroq va Suriya davlatlarining geografik jihatdan tutashgan muayyan
kengliklarida - chorrahaviy maydonda 40 mln.ga yaqin kurd xalqining yashab
kelayotganligi va bunday geosiyosiy bo`shliqdan chiqish uchun milliy mustaqillik
yo`lida olib borayotgan harakatlarini eslashimiz mumkin;