Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə30/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Yevropa Ittifoqi — Yevropaning 27 davlatidan iborat siyosiy va iqtisodiy birlashmadir. Uning tarixi 1957 yilga, 6 Yevropa davlatlari orasida imzolangan Rim bitimi va undan soʻng paydo boʻlgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligiga borib taqaladi. Yevropa Ittifoqi 1992 yilda imzolangan Maastrixt shartnomasiga binoan tuzilgan va 15 davlatni oʻz ichiga olgan. 2005 yilda Ittifoqning birinchi yirik kengayishi yuz berdi. Unda Ittifoqga 10 ta yangi davlatlar qoʻshildi. Ikki yildan soʻng ular soniga Bulgʻoriston hamda Ruminiya davlatlari qoʻshilib, hozirgi davrga qadar Yevropa Ittifoqi 27 davlatlardan iborat.
1946-yil 19-sentabr kuni Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Winston Churchill Syurix universitetida soʻzlagan nutqida AQShga oʻxshagan „Yevropa Qoʻshma Shtatlari“ tuzishni taklif etadi. 1949-yilda Yevropa Kengashi tashkil etiladi. Hozirga kelib, bu tashkilotning 46 ta aʼzosi bor. 1957-yil: Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasi (YKPB) ga aʼzo mamlakatlar Yevropa iqtisodiy hamjaniyati yoki „Umumiy bozor“ga asos soluvchi Rim protokollari deb ataluvchi hujjatlarni imzoladilar. Bu hujjatlar 12 yil mobaynida bojxona toʻsiqlarini tugatish, umumiy soliqlarni oʻrnatish va keyinchalik umuman yoʻq qilish, ishchi kuchining erkin harakat qilishini taʼminlash, bir xil ijtimoiy kafolatlar oʻrnatish va yagona ish haqi toʻgʻrisida edi. 1959-yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati aʼzolari tomonidan Yevropa parlamenti tashkil etildi. 1967-yilda uchta Yevropa hamjamiyati — Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasi, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati va atom energiyasi boʻyicha Yevropa hamjamiyati Yevropa Hamjamiyati boʻlib birlashadi. 1968-yil: Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari oʻrtasida barcha bojxona soliqlari bartaraf etildi. 1979-yilda Yevropa parlamentiga ilk bora toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlar boʻlib oʻtdi. 1985-yili Grenlandiya oʻz-oʻzini mustaqil boshqarish huquqini qoʻlga kiritdi va referendum natijasida Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqdi. 1986-yilning fevralida Lyuksemburgda yagona Yevropa toʻgʻrisidagi qonun (Single European Act) imzolandi. 1990-yil: Olmoniya Demokratik Respublikasi GFR bilan birlashganligi bois uning hududi ham Ittifoq hududiga kirdi. 1991-yil: Yevropa Hamjamiyatining Maastrixt shahrida (Niderlandiya) yagona Yevropani yaratishni koʻzda tutuvchi Maastrixt bitimlarini imzoladilar. Bu bitimlarda uch guruh shartnomalar — yagona Yevropa valyutasini joriy etish, Yevropa siyosiy Ittifoqini shakllantirish va Yevropa komissiyasini tasdiqlash koʻzda tutildi. 1999-yil dekabr: Helsinkida (Finlyandiya) 15 ta aʼzo mamlakatlar rahbarlari inqirozli va tahlikali joylarda tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun oʻz Yevropa qurolli kuchlarini yaratish haqida qaror qabul qildi. 2002-yil 1-yanvar: Yagona Yevropa pul birligi — yevro muomalaga kiritildi. Buyuk Britaniya va Daniyadan tashqari qolgan barcha aʼzolar oʻzlarining milliy valyutalaridan voz kechdilar.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin