Tekshirish uchun savollar: 1. Ona tili ta’limi orqali oʻquvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullari nimalardan iborat?
2. DTSda nutqiy kompetensiyalarga qoʻyiladigan talablar nimalardan iborat?
3. DTSda lingvistik kompetensiyalarga qoʻyiladigan talablar nimalardan iborat?
4. Boshlangʻich sinf ona tili ta’limida nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi qanday?
4-mavzu: Boshlang‘ich sinf ona tili ta'limida nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi. Reja:
Boshlang‘ich sinf ona tili ta'limida nutqiy va lingvistik kompetensiyalar.
Nutqiy va lingvistik kompetensiyalar shakllantirish metodikasi
Zamonaviy ta’lim tizizmida kompetensiyaviy bilimarni shakllantirish sabablari
Tayanch so’z va iboralar: nutqiy va lingvistik kompetensiyalar, og’zaki va yozma nutq, kompetensiyaviy bilim, til, tafakkur, mantiq. Bolaning tafakkuri, ijodiyligi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim tizimida boshlangʻich sinfni tugatayotgan har bir oʻquvchi shaxsiga bir qancha zamonaviy, shu jumladan, uning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi nuqtayi nazaridan yangi talablarni qoʻyadi. Binobarin, oʻqitishning maqsadlari, vazifalari, mazmuni, uslublari va usullarini qayta koʻrib chiqqan holda ishlab chiqilgan yangi milliy dasturning qabul qilinishi bu boradagi ishlarning samarasini oshirishda asosiy dasturulamal boʻlib, oʻquvchilarning har tomonlama rivojlanishi, aqliy va ijodiy salohiyatining yanada yuqori boʻlishida xizmat qiladi. Yangi tahrirdagi milliy oʻquv dasturga koʻra nashr qilingan ona tili va oʻqish savodxonligi darsligining 1-va 2-sinflarda joriy qilinishi oʻquvchi va oʻqituvchining faolligini oshirishni, oʻz ustida tinimsiz ishlashni, oʻquv topshiriqlarni ijodiy yondashgan holda bajartirish va bajarishni nazarda tutadi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad PIRLS xalqaro tadqiqotdan koʻzlangan asosiy maqsadga erishishdir. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqib tushunish koʻnikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, oʻqish va oʻqitishni yaxshilashda ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin boʻlgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi. Shunday ekan, ona tili va oʻqish fanlarini oʻzaro integratsiya qilgan holda yagona fan sifatida oʻqitilishi oʻquvchilarning diqqatni jamlash va aniq koʻrsatilgan ma’lumotlarni topish, toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzi mustaqil xulosalar chiqarish, matn elementlarini tanqidiy baholash, gʻoyalar va axborotni talqin qilish va uygʻunlashtirish malakalarini shakllantiradi. Shu bilan birga, ona tili va oʻqish savodxonligi fanini oʻqitishda oʻquvchilarda nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish vazifasi muhim boʻlib, ularning mazmun-mohiyati turlicha, biroq bir-birini toʻldiruvchi tushunchalardir. Oʻquvchilarga lingvistik tushunchalarni oʻrgatish, ularda nutq malakalarini shakllantirish, nutqni grammatik, semantik va stilistik jihatdan toʻgʻri tuzishni oʻrgatishni nazarda tutadi. Asosiy qism. Ona tili va oʻqish savodxonligi fanini joriy etishda oʻquvchilarda lingvistik kompetensiyani shakllantirish muammosi eng muhim masalalardan biri boʻlib, bu muammoning yechimlari turlicha. Lingvistik kompetensiya fonetik, orfografik, leksik, grammatik bilimlarni oʻzlashtirishni oʻz ichiga oladi va oʻquvchilarda nutqiy qobiliyatni rivojlantiradi. Lingvistik kompetensiyaning asosini ikkita komponent tashkil qiladi: • oʻrgatilgan qoidalarga asoslangan bilim; • nutqni tushunish va muloqot qilish qobiliyati. Oʻquvchilarda nutq malakalarini shakllantirish uchun faqat lingvistik kompetensiyani rivojlantirish yetarli emas. Nutq malakalari lingvistik va kommunikativ kompetensiyani, ya’ni til tizimi va uning tuzilishi haqidagi bilimlarni oʻz ichiga oladi; tilning tuzilish tarkibi boʻyicha ma’lumotlar tizimiga ega boʻlish: fonetika, lugʻat, soʻzlarning tuzilishi va soʻz yasalishi, morfologiya, sintaksis va nutq uslublari asoslari; til tizimidan amaliyotda foydalanish qobiliyati va boshqalar. Til tizimi haqidagi bilimlarni oʻzlashtirish oʻz-oʻzidan amalga oshmaydi. Lingvistik kompetensiyani shakllantirish jarayonida oʻquvchi shaxsini, uning oʻrganilayotgan til tizimi haqidagi bilimlaridan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ya’ni, lingvistik kompetensiya doirasidagi ta’lim va til koʻnikmalarini shakllantirish nazarda tutiladi. Lingvistik kompetensiyaga mutaxassislar tomonidan turli davrlarda turlicha ta’riflar berilgan. Ural Federal universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi T.A.Pirkova “Содержание и структура лингвистической компетенции” (Lingvistik kompetensiyaning mazmuni va tuzilishi) nomli maqolasida lingvistik kompetensiyaga berilgan bir qancha ta’riflarni keltirgan. Mahalliy fanda 80-yillarning oxiri - 90-yillarning boshlarida A.L.Berdichevskiy nutqiy, lingvistik va madaniy-kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish gʻoyasini ilgari suradi. “Kommunikativ kompetensiyani oʻzlashtirishning asosiy tarkibiy qismlari nutqiy, lingvistik va madaniy kompetensiyalardir” – deb ta’kidlaydi. U I.A.Zimnyadan keyin lingvistik kompetensiyani “til tizimi va uning chet tilidagi muloqotda ishlash qoidalarini bilish, ya’ni lingvistik kompetensiya ma’lum kommunikativ salohiyatga ega boʻlgan til vositalarining mavjudligi, tilni bilish” deb tushunadi. I.L.Beam qarashlari lingvistik kompetensiya va sotsiolingvistik jihatlarni oʻz ichiga oladi va uni “lingvistik vositalarga ega boʻlish, matnni yaratish va tushunish jarayoni” deb ta’riflaydi. E.V.Tixomirova oʻz tadqiqot doirasidagi dissertatsiyasida lingvistik kompetensiya chet tilidagi lingvistik shakllardan (fonologiya, morfologiya, lugʻat, sintaksis) toʻgʻri foydalanishda namoyon boʻlishini ta’kidlab oʻtgan. R.K.Minyar-Beloruchev lingvistik kompetensiyani “til tizimi va nutq faoliyati jarayonida lingvistik vositalardan foydalanish qoidalarini bilish” deb belgilashni taklif qiladi. Yevropa Kengashi a’zosi, britaniyalik tilshunos Van Ek 1990-yilda kommunikativ kompetensiyaning oʻziga xos modelini taklif qildi va uning asosiy tarkibiy qismlari orasida lingvistik kompetentsiyani “tilning lugʻatini oʻzlashtirish va leksik birliklarni ma’noli soʻzlarga birlashtirish qobiliyati” deb ta’kidladi. Shunday qilib, lingvistik kompetensiya deganda grammatik jihatdan toʻgʻri shakl va sintaktik konstruksiyalarni qurish, shuningdek, nutqdagi semantik boʻlaklarni tilning mavjud me’yorlariga muvofiq tashkil eta olish va ulardan qaysi ma’noda foydalanish qobiliyati tushuniladi. Lingvistik kompetensiya kommunikativ kompetensiyaning asosiy tarkibiy qismidir. Lingvistik kompetentsiya til faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar toʻplamini amalda qoʻllash qobiliyatiga asoslanadi. Shu nuqtayi nazardan linvistik kompetensiya turlari 1-chizmada tavirlangan: Muhokamalar va natijalar. Pragmatik kompetensiyasining mazmun-mohiyatini tushunish uchun eng avval pragmatika tushunchasini tahlil qilaylik. Pargmatika va pragmatik kompetensiya E.G.Azimov va A.N.Shukinlarning “Новый словарь методических терминов и понятий (теория и практика обучения языкам)” nomli kitobida quyidagicha ta’riflangan: Linvistik kompetensiya turlari Sintaktik kompetensiya Pragmatik kompetensiya Ogʻzaki va yozma nutqni grammatik jihatdan toʻgʻri qurish qobiliyati Muloqotda lingvistik tushunchalarni toʻgʻri qoʻllash qobiliyati Nutqiy iboralarni izohlash qoidalaridan foydalanish qobiliyati Semantik kompetensiya Pragmatika yunoncha “pragma” soʻzidan olingan boʻlib, “harakat”, “ish” degan ma’noni bildiradi. Pragmatika tilshunoslikning nutqdagi til shakllarining ishlashini oʻrganadigan boʻlimi, ya’ni nutq, soʻzlovchi va kontekst oʻrtasidagi munosabatni oʻrganadi. Pragmatikaning nazariy asoslarini bir qancha chet el tilshunos faylasuflari B.Rassell, J.Ostin, J.Searle kabilar oʻrganganlar. Pragmatika oʻz sohasi doirsida bir qancha til bilan bogʻliq muammolarni tadqiq qiladi. Xususan, nutq faoliyatlarining tuzilishi va tasnifi, soʻzlarni izohlash, nutqiy munosabat shakllari, nutq qoidalari, taktikasi va turlari va boshqalar. U nutqni kommunikativ va pragmatik maqsadga muvofiq qurish qobiliyatida ifodalanadi. Tilshunoslikda pragmatik kompetensiya - bu kontekstga mos ravishda tildan samarali foydalanish qobiliyatidir. Pragmatik kompetensiya koʻproq umumiy kommunikativ kompetensiyaning asosiy yoʻnalishi hisoblanadi. Ushbu atama 1983-yilda sotsiolingvist Jenni Tomas tomonidan kiritilgan. U “Madaniyatlararo pragmatik muvaffaqiyatsizlik” maqolasida pragmatik kompetensiyani “Ma’lum bir maqsadga erishish va tilni kontekstda tushunish uchun tildan samarali foydalanish qobiliyati” deb ta’riflagan. Ma’lum yosh davrida bola soʻzlarni aniq talaffuz qilishi, grammatik jihatdan toʻgʻri jumlalar tuzishi va muayyan atamalarni qoʻllashi mumkin, ammo u pragmatika qoidalariga rioya qilmasa, ya’ni nutq vaziyati haqida hech qanday tasavvurga ega boʻlmasa, muloqotda muammolar paydo boʻlishi mumkin. Bunday holatning oldini olish uchun oʻquvchida pragmatik kompetensiyani takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Oʻtgan asrda ham, XXI asrda ham pragmatik kompetensiyani shakllantirish muammosi chet el va oʻzbek olimlarining, bir qancha sotsiolog, sotsiolingvist, filologlarning diqqat markazlarida boʻlib, oʻzlarining ilmiy qarashlarini ilgari surishgan. Pragmatika tilshunoslikning kichik sohasi boʻlib, u “tilni foydalanuvchilar nuqtayi nazaridan, ayniqsa, ular qilgan tanlovlar, ijtimoiy oʻzaro munosabatlarda tildan foydalanishda duch keladigan qiyinchiliklar va ularning tildan foydalanishga ta’sirini oʻrganish” deb ta’riflangan. Bu atama dastlab 1938-yilda Morris til falsafasiga kiritgan, lekin bu sohadan sotsiolingvistika va boshqa tub fanlar bilan bogʻliq boʻlib rivojlandi. Hozirgi vaqtda ushbu atama ikkinchi va chet tilini oʻzlashtirish va oʻqitish sohasida keng qoʻllaniladi, ayniqsa kommunikativ kompetensiyaning umumiy kontsepsiyasining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
Pragmatik kompetensiya tushunchasi dastlab Xomskiy (1980) tomonidan “turli maqsadlarga muvofiq (tildan) toʻgʻri foydalanish shartlari va usullarini bilish” sifatida ta’riflangan. P.V.Sisoyev, P.Y.Zolotovlar oʻzlarining ilmiy izlanishlarida pragmatik kompetensiyani shakllantirishning mazmun-mohiyatini chet tili misolida toʻlaroq ochib berishga harakat qilishdi. “Pragmatik kompetentsiyaga koʻra, odamning nutqni qurish qoidalarini, shuningdek, kommunikativlarning oʻzaro ta’sirining xususiyatlariga va ijtimoiy va madaniy kontekstga muvofiq turli kommunikativ funksiyalar uchun soʻzlarni talqin qilish va ulardan foydalanish qobiliyatini tushunish taklif etiladi. Pragmatik kompetensiya chet tilidagi kommunikativ kompetensiyaning barcha tarkibiy qismlarini qamrab oladi.
Pragmatik kompetensiyaning tarkibiy qismlari ;
Ijtimoiy - ijtimoiy jihatdan maqbul muloqot uslubini tanlash qobiliyati Sotsiolingvistik - tanlangan nutqqa muvofiq muloqot maqsadiga erishish uchun kerakli til va nutq vositalaridan foydalanish qobiliyati;
Ijtimoiymadaniy - muloqotda mamlakat madaniyati haqidagi bilimlardan foydalanish qobiliyati;
Nutq - nutqning uygʻunligi va izchilligi;
Kompensatsion - qayta soʻrash, aniqlashtirish, axborot va ma’lumot manbalaridan foydalanish orqali lingvistik va ijtimoiymadaniy boʻshliqlarni toʻldirish qobiliyati;
Bialystok (1993) fikricha, pragmatik kompetensiya quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 1) soʻzlovchining tildan turli maqsadlarda foydalanish qobiliyati; 2) tinglovchining tildan oʻtib, soʻzlovchining asl niyatini tushunish qobiliyati (masalan, bilvosita nutq harakatlari, kinoya); 3) nutqni yaratish uchun gaplarning birikishi qoidalarining buyrugʻi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti katta oʻqituvchisi, filologiya fanlari nomzodi M.V.Zaxarova oʻzining “К вопросу о прагматической ко мпетенции студентов неязыковых направлений подготовки” (Nolingvistik ta’lim yoʻnalishlari talabalarining pragmatik kompetensiyasi masalasi) nomli maqolasida chet tilini bilish va uning tarkibiy qismlari boʻyicha tadqiqotlar koʻrib chiqqan, talabalar tomonidan pragmatik kompetensiyaga erishish uchun oʻquv jarayoniga nima kiritilishi kerakligi, pragmatik kompetensiya qanday boʻlishi kerakligi, pragmatik oʻqitish moduli samaradorligini qanday baholash kerakligini koʻrsatib oʻtgan. Pragmatik kompetensiya ma’lum bir vaziyat yoki kontekstga oʻziga xos lingvistik ma’nolarni yaratish yoki berish uchun foydalaniladigan koʻnikmalar toʻplami sifatida belgilanishi mumkin. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi: a) strategik kompetensiya; b) toʻliq matnlar yaratish uchun jumlalar yoki gaplarni birlashtira olish qobiliyatini ifodalovchi diskursiv kompetensiya; d) funksional kompetensiya, bu til tuzilmalarining umumiy yoki ma’lum bir kontekstda talqin qilinishini tartibga soluvchi qoidalardan foydalanish qobiliyatini anglash; e) real dunyoda tildan foydalanish natijalarini baholash, masalan, xavfsizlikni ta’minlash yoki samaradorlikni ta’minlash. Amerikalik lingvist Dell Xeteuey Xims (1972) kommunikativ kompetensiya tushunchasini ishlab chiqdi, bunda u suhbatdoshni tushunish uchun ham grammatik aniqlik (jumladan, grammatik tuzilmalar va soʻzlardan foydalanish), ham tildan toʻgʻri foydalanish (kontekst aniqligi) zarurligini ta’kidladi. Angilyalik faylasuf Pol Grice (1975) oʻzining ilmiy ishlarida soʻzlovchi va tinglovchi oʻrtasidagi hamkorlik tamoyillarini oʻrganib, ularni maksimal miqdor, maksimal sifat, maksimal munosabat, maksimal xarakter tushunchalari orqali ifodalaydi. Inliz tilshunosi Jeffri Neal Leach (1983) soʻzlashuv odobining eng yuqori darajalari ya’ni maksimumlarini yaratgan: xushmuomalalik (boshqalarning xohish-istaklariga maksimal darajada e’tibor berish), saxiylik (boshqalar uchun maksimal afzallik), ma’qullash (boshqalarni maksimal darajada ma’qullash), kamtarlik (oʻzini maqtashni minimallashtirish), kelishuv (maksimal) kelishuv), empatiya (boshqalarga maksimal darajada hamdardlik). Biz yuqorida kommunikativ va pragmatik kompetensiya haqida chet el tilshunoslarining ayrim fikrlarini keltirdik. Oʻquvchilarda pragmatik kompetensiyani shakllantirish masalasi oʻzbek tilshunoslarining ham ilmiy qarashlarida oʻz ifodasini topgan. Xususan, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Baxtiyor Daniyarov “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquv fanlarini oʻqitishda tayanch kompеtеnsiyalarni shakllantirish masalalari” nomli maqolasida “Boshlangʻich sinflar oʻquvchilarida pragmatik kompetensiyani shakllantirishda oʻquvchilarning zukkoliklaridan samarali foydalangan holda ularga berilgan savollarga oʻquvchilar erkin javob berishlari, agar savol tushunarli boʻlmasa (notanish mavzuda murakkab gap va boshqalar), “Sorry” degan holda oʻzlari bilgan ma’lumotlarni, she’rlarni aytib berishlari va noqulay vaziyatdan chiqib keta olishlari mumkinligini tushuntirish lozim” - deb ta’kidlaydi.
Zamonaviy ta’lim tizimida kompetensiyaviy bilimlarni shakllantirish orqali erkin shaxsni tarbiyalash, bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, bilimlarni egallash va amalda qoʻllash, qabul qilinadigan qarorlarni tezkor va puxta oʻylab chiqish va harakatlarni aniq rejalashtirish, turli xil guruhlarda samarali hamkorlik qilish, yangi aloqalarga ochiq boʻlishga koʻproq e’tibor qaratilmoqda.
Bu ta’lim jarayoniga bilim olish faoliyati bilan birga kompetensiyaviy koʻnikmalarni egalashning muqobil shakllari va usullarini keng joriy etishni talab etadi. Bunda, bolalar iqtidorlarini rivojlantirish usullaridan keng foydalanish, interaktiv metodlar, multimedia kabi yangi pedagogik vositalarni dars jarayonida qo’llash samarali natija beradi.
Bolalar iqtidorini rivojlantirish va har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashda tadqiqotchilik ishi katta rol oʻynaydi, masalan, turli tadbir va ertaliklarga tayyorgarlik jarayonida, fanning asosiy kursida egallanadigan bilimlardan koʻra chuqurroq bilimlarga ega boʻlishni talab etadi. Bolalarning aqliy ijodiy faoliyatlariga asosiy e’tibor qaratilishi ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish hamda shaxs iqtidorini rivojlantirishda ragʻbatlantiruvchi ta’sir koʻrsatadi. Iqtidorli bolalar fan boʻyicha koʻrik tanlov va olimpiadalarda ishtirok etish va ijobiy natijalarga erishish orqali intellektual yetakchilik tajribasiga ega boʻladilar. Bolalar iqtidorlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish ham katta ahamiyatga egadir.
Sinfdan tashqari ishlarda masofaviy ta’lim, virtual laboratoriya, videokonferensiyalar, vebinarlar kabi metodlardan foydalanilgan holda fanga doir kompetensiya elementlari rivojlantiriladi.
Ta’lim muassasalarida har yili anʻanaviy ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini oʻtkazish, “Bilimdonlar”, “Zakovat” klublarining dastlabki bosqichlarini aynan boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida olib borish bolalarning bilishga oid qiziqishlarini shakllantirish, tabiatga va borliqqa oid bilimlarini oshirish va ularning ijodiy faolliklarini rivojlantirishda samarali hisoblanadi. Bunday tadbirlar bir necha yoʻnalishda tashkil etilishi mumkin: kasbga yoʻnaltirish; oʻquv-tadqiqotchilik; axborot-koʻngilochar; viktorinalar; intellektual oʻyinli va boshqalar. Bu metodlar orqali bolaning nutqi, tezkor tafakkur qilishi, tinglash va so’zlab berishi, muloqotga kirishish kabi fanga oid kompetensiya elementlari shakllantiriladi.
Bolalarning barcha fan va san’at sohalaridagi iqtidorlarini aniqlash maqsadida darsdan tashqari faoliyatda quyidagi shakllardan keng foydalanish fanga oid kompetensiyaviy bilimlarning chuqur singdirilishida poydevor boʻladi: bolalar ijodiyoti koʻrgazmalari, ijodiy koʻrik tanlovlar, fanga oid bellashuvlarni oʻtkazish va boshqalar.
Mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim tizimining odil va demokratiyalashtirilishi oʻquv jarayoniga oʻzgacha talab va oʻzgacha pedagogik munosabatlarni kashf etadi. Bu jarayon mazmun - mohiyatidan avvalgidan tubdan farqlanadi. Hozirgi kunda oʻquvchilarda oʻquv predmetlari boʻyicha faqatgina bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishning oʻzi yetarli emasligi ma’lum boʻlmoqda. Jumladan:
ta’lim muassasasini muvaffaqqiyatli bitirgan ayrim oʻquvchilar hayotda koʻp muvaffaqiyatsizliklarga uchraydi;
oliy ta’lim dargohini bitirib yangi ishga brogan yosh mutaxassis institut yoki universitetda kasbiga oid bilim va koʻnikmani yetarli darajada olgan boʻlsada, ish joyiga koʻnikishi uzoq davom etadi;
tanqidiy yondashuvda ma’lum boʻladiki, maktab yoki litseyda olingan bilim va koʻnikmalar tezda hal qilinishi kerak boʻlgan hayotiy vaziyatlarga toʻgʻri kelmaydi yoki umuman hayotiga kerak boʻlmaydi;
Ilmiy pedagogik, psixologik manbaalarda berilishicha, kompetensiya koʻpgina fanlar uchun mushtarak boʻlgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqinlari ham hajman, ham tarkibiga koʻra, ham ma’no, mantiq mundarijasi jihatidan turli- tumandir.
O’quvchining kerakli bilimlarni puxta o’zlashtirishida va unda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda eng avvalo, uning diqqatini fan yoki mavzuga to’liq jalb qila bilish muhimdir. Maktabga endigina qadam qo’ygan bolada diqqatning birinchi turi-ixtiyorsiz diqqat ustun bo’ladi. Uning diqqati tez bo’linishini, chalg’ishini, o’zini bir joyga ushlab turolmasligini kuzatish mumkin. Shunday paytda bola uchun muhim va qiziqarli bo’lgan narsalarni unga ko’rsatish, bu narsalarning shakli, ko’rinishi, joylashgan o’rni, katta-kichikligi, bir-biridan farqi va rangiga nisbatan bolaning diqqat-e’tiborini kuchaytiradi. Endi esa bola bu narsani sinchiklab o’rganish davomida narsaga nisbatan ongini bir nuqtada ushlay oladigan bo’ladi. Natijada bu narsaning nima uchun xizmat qilishini, qanday ishlatilishini ham o’rganadi. Aynan bunday tadbirlar bola xotirasining rivojlanishi uchun ham yordam beradi. Buni amalga oshirish uchun, albatta, psixologik mashq va treninglardan foydalanamiz. Chunki, o’quvchini dastlab fanga olib kirish, uni fan bilan bog’lashdan oldin bolani bu jarayonga tayyorlash lozim bo’ladi.
Psixologik tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, kichik yoshdagi (7-11 yoshlar) maktab oʻquvchilarini diqqatini bir nuqtaga jamlash bir muncha qiyin hisoblanadi. Ularning diqqatini 6-7 daqiqagacha jamlash mumkin. Undan soʻng oʻquvchilar diqqati oʻz-oʻzidan boʻlinadi. Bu vaqt davomida oʻqituvchi oʻquvchilarga ma’lum bilim, koʻnikma va malakalarni berishi hamda tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishi lozim.
Misol tariqasida diqqatni jamlovchi mashqdan namuna keltiramiz:
O’quvchiga bir to’da yovvoyi jonivorlarning rasmini bir vaqtda ko’rsatamiz
Bularning ichida qaysilari qushlar, qaysilari yirtqichlar, qaysilari sudralib yuruvchilar ekanligini ajratib berishini so’raymiz.
Keyin esa bu jonivorlarning qayerda yashashini, nima bilan oziqlanishini ham so’rab, o’quvchi tafakkuri rivojlanishi uchun ham turtki beramiz.
Bunday mashqdan so’ng o’quvchining diqqati bir nuqtaga to’planadi va fanga kirib borishi, mavzuni tushunishi yengillashadi, unda kompetensiya elementlarini shakllantirish osonlashadi.
Oʻquvchilarning kompetensiyaviy bilimlarini shakllantirish uchun so’z boyligi ustida alohida ishlash, lug’at boyligini oshirishimiz kerak. Soʻz va iboralar tilning ma’no ifodalaydigan asosiy birligidir. Bu til birliklari aniq predmetlarni, mavhum tushunchalarni, individning emotsiya-his-hayajonini bildiradi. Tilda mavjud boʻlgan barcha soʻz va iboralarning yigʻindisi tilning lugʻat tarkibini tashkil etadi. Shu ma’noda lekiskologiya oʻquvchilar lugʻat boyligini oshirishning metodik asosi hisoblanadi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan oʻzaro bogʻlangan, mazmunga mos soʻz va iboralarning ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladiю
Kishining lugʻat boyligi qanchalik boy va rivojlangan boʻlsa, uning nutqi ham shunchalik boy boʻladi. U oʻz fikrini aniq, ravshan, ifodali bayon etishga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun soʻz boyligi, uning xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli oʻstirishning muhim shartidir.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan oʻzaro bogʻlangan, mazmunga mos soʻz va soʻz birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lugʻati qanchalik boy va rivojlangan boʻlsa, uning nutqi ham shunchalik boy boʻladi. Oʻz fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lugʻatning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi nutqni muvaffaqiyatli oʻstirishning muhim sharti hisoblanadi. Oʻquvchi lugʻatining boyishiga, birinchi navbatda, uni oʻrab olgan muhit, tabiat, kishilarning hayoti, oʻqish faoliyati, kattalar va tengdoshlari bilan boʻlgan muloqatlari asosiy manba vazifasini bajaradi. Bola tabiat va insonlar bilan munosabatda boʻlishi natijasida soʻz, ibora tasviriy ifoda, maqol, hikmatli soʻzlarni oʻrganadi, ularni oʻz soʻzlariga aylantiradi. Badiiy asarlar oʻquvchilar lugʻatini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba hisoblanadi. Oʻqish darslarida badiiy asarlar bilan tanishish, tahlil qilish jarayonida oʻquvchilar lugʻati ma’lum mavzular boʻyicha ham boyib boradi.
Masalan, yil fasllariga oid mavzular bilan tanishish jarayonida tabiatdagi oʻzgarishlar, qushlar, jonivorlar, hayvonot olami, dov-daraxtlar, maysa-giyohlar bilan bogʻliq tushunchalari shakllantirilsa, ma’naviyat, yaxshilik va yomonlik, doʻstlik mavzularidagi asarlarni oʻrganish orqali insoniy munosabatlar, axloq-odob yuzasidan muayyan xulosalarga keladi. Matnni oʻqish jarayonida soʻzning ma’nosi tushuntirilmaydi. Agar unga zarurat sezilsa, oʻquvchilar diqqati matn mazmunidan chalgʻitilmay, qisqa izoh berib oʻtib ketiladi. Koʻchma ma’noda ishlatilgan soʻzlar matn oʻqilgandan keyin tushuntiriladi. Chunki ularning ma’nosi matn mazmunidan yaxshi tushuniladi. Bundan koʻrinib turibdiki, oʻquvchilarning oʻrganishi koʻzda tutilgan bilimlarni egallashlarida, ularni amaliyotda qoʻllashlarida tilning lugʻat boyligini oʻzlashtirishlari va uni oʻz mulklariga aylantirishlari muhimdir.
Lug'at ustida ishlash uchun maxsus dars ajratilmaydi. U barcha predmetlarni o'rganishda, asosan, ona tili va o'qish darslarida darslik materiallarini o'rgatish bilan bog'liq holda olib boriladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga leksik bilimlar berish faqat ona tili darslari bilan chegaralanib qolmasdan, o’qish darslari davomida ham o’rgatib boriladi. Ayniqsa, tilning lug’at tarkibini, undagi eskirgan va yangi paydo bo’lgan so’zlarni, shevaga xos so’zlarni, kasb – hunarga oid so’zlarni, ruscha – baynalminal so’zlarni o’rgatishda o’qish kitobida berilgan matnlar tahlili, har bir darsda o’tkaziladigan lug’at ishlari katta ahamiyatga ega. Bunda amaliy ishlar orqali nazariy bilimlar hosil qilib boriladi