Zaxm. Patogenez. Umumiy kechishi. Tashxis
Oqish treponema; morfologik va biologik hususiyati; ultrastrukturasi, transmission va elektron mikroskopiyasi, o‘zgaruvchanligi; oqish treponemaga tashqi muhitning ta’siri; yashash formalari; tarqalish yo‘llari; epidemiologiyasi; zamonaviy sharoitlarda (shahar, qishloq axolisida, bolalar va o‘smirlarda) zaxmning kechish hususiyatlari; immunitet; reinfeksiya, superinfeksiya; eksperimental zaxm, uning ahamiyati; umumiy kechishi, zaxm davrlari; tasnifi; yashirin va xavfli zaxm to‘g‘risida tushuncha; zaxmga tekshirish kardiolipin antigenli presipitatsiya mikroreaksiyasi; serodiagnostika; kompleks standart seroreaksiyalar; oqish treponemalarni immobilizatsiyalanish reaksiyasi; immunoferment analiz (IFA); sust gemaglyutinatsiya reaksiyasi; polimerazali zanjir reaksiya; seroreaksiyalarning klinik ahamiyati; soxta musbat reaksiyalar; orqa miya suyuqligini tekshirish; reaksiyalar; inkubatsion davr va uning davomiyligiga ta’sir qiluvchi sabablar.
Erta zaxm
Jinsiy a’zolar birlamchi zaxmi; anal soha birlamchi zaxmi; qattiq shankrning klinik tavsifi, uning turlari, atipik shakllari, asorati; gistopatologiyasi; regionar limfadenit va limfangit; tashxis qo‘yish usullari; taqqoslama tashxis; teri va shilliq qavatlar ikkilamchi zaxmi; kasallik oldi belgilari; teri va shilliq qavatlar toshmalarining klinik va gistopatologik tavsifi; markaziy asab tizimi, suyak, bo‘g‘im, ko‘z, ichki a’zolar zararlanishi; ikkilamchi zaxm klinikasi, tashxisi, taqqoslama tashxisi; erta yashirin zaxm; serodiagnostika.
Kechki zaxm
Zaxmning uchlamchi davri; xronologiya; rivojlanishining sababi va uchrashi; uchlamchi sifilidlarning klinik va gistopatologik tavsifi; zaxmning uchlamchi davrida yuqumliligi; yurak kon tomir tizimi zaxmi, neyrozaxm, suyak, bo‘g‘im, ichki a’zolarning zararlanishi;serodiagnostika; yashirin kechki zaxm.
Tug‘ma zaxm
Ta’rifi; infeksiyani nasliy yuqish yo‘llari; tasnifi; xomiladorlikning kechishi va natijasiga zaxmning ta’siri; so‘nish qonuni; xomila zaxmi; erta tug‘ma zaxm va kechki tug‘ma zaxm klinikasi; ishonchlilik va ehtimollik belgilari; distrofiya; tug‘ma zaxm tashxisi, O‘zbekistonda tug‘ma zaxm profilaktikasi.
Dostları ilə paylaş: |