Asab kasalliklari axoli o‘rtasida o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichlarining ortishiga olib keluvchi, tibbiyotning eng muxim bo‘limlaridan biri bo‘lib, uziga xos tibbiy-ijtimoiy muammoni tashkil qiladi. Asab kasalliklarining turli xil nozologik formalari farqlanib, ularni tashxislash va davolash vrach-nevrologning muhim vazifasidir. Nevrologiyada turli bo‘limlar ajratilgan bo‘lib, ularning har birini mustakil klinik mutaxassislik sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Demak, asab kasalliklarini kompleks davolashda yuqori darajadagi va to‘lik xajmdagi ko‘nikmalarga ega bo‘lgan vrach klinitsistlarning, klinik nevrologiyada ko‘p sonli murakkab muammolarni xal qilish kobiliyatiga ega bo‘lgan klinitsist-nevrologlarning shakllanishi dolzarb masala bo‘lib, katta amaliy ahamiyatga egadir.