4.3. Mustaqil ta‟lim va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‟yicha umumiy ko‟rsatma va tavsiyalar: Patologik anatomiya moduli bo‟yicha mustaqil ish auditoriya va auditoriyadan tashqari
o‟tkaziladi.
Talaba mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
- auditoriya mashg‟ulotlaridan tashqari muzeyida tasdiqlangan amaliy ko‟nikmalarni
pedagog nazoratida son va sifat jixatdan bajarish va amaliy ko‟nikmalarni o‟zlashtirish daftarlarida
aks ettirish;
- aholi orasida sog‟lom turmush tarzini targ‟ib qilish, bolalarni yoshi va sog‟lig‟iga bog‟liq
ovqatlantirish tamoyillari xaqida suhbat va ma‟ruzalarni o‟tkazish;
- ayrim nazariy mavzularni o‟quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‟zlashtirish;
- berilgan mavzu bo‟yicha axborot (referat) tayyorlash;
- modulning bo‟limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar
(monografiyalar, maqolalar) bo‟yicha ishlash va ma‟ruzalar qilish;
- vaziyatli va klinik muammolarga yo‟naltirilgan vaziyatli masalalar echish;
- CASE (real klinik vaziyatlar va klinik vaziyatli masalalar asosida) echish.
- modellar yasash, krossvordlar tuzish, organayzerlar tuzish va h.k.
Patologik anatomiya moduli bo‟yicha kurs ishi modul dasturida ko‟zda tutilmagan. 5. Patologik anatomiya moduli bo„yicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari. 5.1. Patologik anatomiya moduli bo‘yicha talabalarda nazariy bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari (shakllari va nazorat turlari bo‘yicha JN, ON, YaN). Patologik anatomiya moduli bo„yicha baholash mezonlari haqidagi ma'lumot modul bo„yicha
birinchi mashg„ulotda talabalarga e'lon qilinadi.
Talabalarning modul bo„yicha o„zlashtirish darajasining Davlat ta'lim standartlariga
muvofiqligini ta'minlash uchun quyidagi nazorat turlari o„tkaziladi:
- Joriy nazorat (JN); - Sinov
Modulga ajratilgan 3,0 kreditni talaba JN davomida yig„adi.