Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə28/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Parapsixologiya - hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, tushuntirish qiyin bo‘lgan psixik hodisalarni o‘rganadi. Ekstrasensorika - o‘ta sezuvchanlik, telepatiya - fikrni masofaga uzatish, kelajakni bashorat qilish va hokazo. Parapsixologiyaga nisbatan qiziqish qadimdan mavjud bo‘lib, unga nisbatan ixlos to hozirgi kungacha kamaygani yo‘q, goho uni psixotronika deb ham atashadi. Xiromantiya-qo‘l kaftiga qarab fol ochish, inson kelajagi va uning taqdiri haqida oldindan bashorat qilishdan iborat noilmiy soha. Spiritizm-o‘lgan odamlar arvohlari, ruhlari bilan aloqa o‘rnatish mumkin, ular hamisha barhayot va biz bilan muloqotga muhtoj g‘oyani ilgari suruvchi parapsixologiya sohasi.

Yuqorida bildirilgan fikrlarga yakun yasab, shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, psixologiya fani ko‘hna tarixga ega bo‘lishiga qaramay, u juda navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V, Vundt tomonidan 1879 yilda Leypsig (Germaniya) universitetida asos solingan birinchi eksperimental laboratoriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchun endigina refleksiyani (lotincha reflexus o‘zining ruhiy holatini tahlil qilish degani) ilmiy jihatdan o‘rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga kiritish davri (mavridi) keldi. Psixik hayot hodisalari juda hilma-hil, ammo bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Psixologiyaning vazifasi ana shu bog‘lanish va munosabatlarning qonuniyatlarini ochib berishdir. Psixik hodisalar va butun psixika rivojlanib kelgan va rivojlanmoqda. Shu sababli, psixologiya psixikaning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib berishi kerak. psixologiya fanining predmeti to‘g‘risidagi bu muammoni tahlil qilishga bag‘ishlangan son-sanoqsiz tadqiqotlar mavjuddir. Lekin ular haqida batafsil fikr yuritmoqchi emasmiz, chunki bu narsa navbatdagi paragrafda berilishi rejalashtirilgan.




Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin