Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə30/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Psixologik voqelik - fakt deganda sub’ektning ichki kechinmalarining tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning ob’ektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o‘rganish tushuniladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog‘liq bo‘lmagan holda hukm suruvchi ob’ektiv borliq, ya’ni atrofimizdagi narsa va hodisalar, muhit, sharoit va boshqalarning psixikada aks etishi psixologik voqelik deb ataladi. Shunday qilib, yuqorida biz psixologiya to‘g‘risidagi tasavvurlar, uning predmeti hamda unga kiruvchi ilmiy tushunchalar, psixologik holatlar, voqelik yuzasidan fikr almashdik, ilmiy psixologik materiallar o‘rtasidagi bog‘liqlik va tafovut bo‘yicha mulohaza yuritdik.

Mutaxasiss olimlar psixologiya fanini fan sifatida shakillanishini bir necha davrlarni o‘z ichiga olishini ko‘rsatib beradilar. Psixologiyani fan sifatida yuzaga kelish bosqichlarini quyidagi sxemada ko‘rish mumkin.




4- bosqich

Psixpsixologiya-psixikaning mexanizmlarini, faktlari va qonuniyatlari xaqidagi fan sifatida.

Ilmiy Psixologiyaning zamonaviy bosqichi.

3-bosqich

Psixologiya-inson xulq atvorini o‘rganuvchi fan sifatida

XX asrda paydo bo‘lgan. Psixologiyaning maqsadi- insonning konkret xulk atvorini inson munosabatlari va xatti xarakatlarini nazorat qilish va kuzatishni xazarda tutadi.

2- bosqich

Psixologiya–ong xaqidagi fan sifatida

21 asrda tabiy fanlar paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan, Bu vaqtda fikrlash, istash –ong deb olindi. Asosiy metod sifatida insonni o‘zini- o‘zi kuzatish jarayoni olindi.

1- bosqich

Psixologiya-rux xaqidagi fan sifatida

Psixologiyaga bunday ta’rif 2300 yil ilgari berilgan. Rux deb inson xayotidagi barcha tushunib bo‘lmaydigan narsalar qabul qilindi.

Bugungi kunda psixologiya to‘g‘risidagina emas, balki uning sohalari bo‘yicha ham boy ilmiy materiallar to‘plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan mana bunday sohalar mustaqil tadqiqot predmetiga ega ekanligi haqida ishonchli dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi (injenerlik psixologiyasi, aviatsiya psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus psixologiya, iste’dod psixologiyasi) tibbiyot psixologiyasi (psixoterapiya, psixogigiena, psixofarmokologiya, patopsixologiya), yuridik psixologiya (mehnat tuzatish, sud psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi) harbiy psixologiya, savdo va reklama psixologiyasi, sport psixologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar.




Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin