Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Pedagogik psixologiya. Bu xam uz navbatida bir kancha turlarga bulinadi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə33/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Pedagogik psixologiya. Bu xam uz navbatida bir kancha turlarga bulinadi:

  1. Ta’lim psixologiyasi. (didaktika va xususiy metodikalarning psixologik asoslari, programmalashtirilgan ta’lim, akliy faoliyatlarning shakllanishi va boshkalar).

  2. Tarbiya psixologiyasi. (tarbiya metodikasining psixologik asoslari, ukuvchilar jamoasi psixologiyasi, mexnat – axlok tuzatish pedagogikasining psixologik asoslari).

  3. O’qituvchii psixologiyasi.

  4. Akli zaif bolalar tarbiyasi psixologiyasi.

Ta’lim ham jarayon, ham faoliyat sifatida insonning hayotida muhim rol o‘ynaydi va muayyan davr uchun yetakchi faoliyat sifatida gavdalanishi mumkin. Ta’lim boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qituvchi bilan o‘quvchining sub’ekt-sub’ekt munosabatidagi hamkorlik faoliyati hisoblanadi. Aksariyat hollarda o‘qituvchi axborot uzatuvchi (kommunikator) o‘quvchi esa uni qabul qiluvchi(kommunikat) ob’ekt sifatida talqin etiladi, lekin ikkiyoqlama harakat tufayli ma’lumot insonga anglashiniladi, o‘zaro ta’sir, o‘zaro anglashuv, tushunuv, o‘zaro sub’ektlarning bir- birga zaruriyligi, taqozochanligi hamkorlikning muvaffaqiyati kafolatli sanaladi. Ta’lim o‘quv faoliyati, aqliy faoliyat, bilish faoliyati turtkisi vazifasini o‘taydi, chunki har qaysi faoliyatning shakli aqliy mehnat tufayli amalga oshadi. Ta’limning boshqa faoliyat turlaridan farqi uning mahsulining o‘ziga xosligi, barcha bosqichlariga ongli yondashuvda va munosabatda bo‘lishdir. Ta’lim o‘quv faoliyati yoki jarayon sifatida mustaqil izlanishni, ijodiy munosabatni, turli vaziyat (auditoriya va undan tashqarida)ni, har xil bosqichni (boshlang‘ich, o‘rta, maxsus, oliy ta’lim) o‘zida mujassamlashtiradi. Mustaqil bilim olish va mutolaa qilish ham o‘quv faoliyatining muayyan ko‘rinishlari bo‘lib, shaxsiy ilmiy, ijodiy izlanishning mahsuli hisoblanadi.

Ta’lim-tarbiya bilan uyg‘unlashgan tarzda namoyon bo‘ladi, sub’ektga ob’ektiv ta’sir o‘tkazish tufayli bilimlar egallanadi, muayyan shaxsiy fazilatlar tarkib topadi. Ta’limning mohiyatiga (matnda g‘oya, taassurot, mazmun, syujet, timsol orqali) tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish dasturiy asosda, ierarxik (yunoncha hierarchia izchillik) tarzda singdiriladi. Ta’lim muayyan guruh va jamoani shakllantiradi, shaxslararo munosabat maromlari bilan tanishtiradi, shaxsiy fazilatlarning tarkib topishiga, sub’ektning ijtimoiylashuviga sezilarli ta’sir o‘tkazadi.

Ta’limning yana bir muhim funksiyasi shuki, u turli yoshdagi odamlarni kasb tanlashga yo‘naltiradi, kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishga, mutaxassis sifatida shakllanishga muhim ta’sir o‘tkazadi. Ta’lim ijtimoiy jihatdan shaxslarni shakllantirish, ixtisos ko‘nikmalari bilan qurollantirish, u yoki bu sohada mutaxassis bo‘lib faoliyat ko‘rsatishga xizmat qiladi. Mustaqil fikrlash, psixologik imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish, barkamollikni egallash borasida ijtimoiy hayotning turli jabhalarida ta’lim yetakchi faoliyat tariqasida muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim talabaga muayyan ko‘lamda va darajada bilim, ko‘nikma va malaka berishga, shuningdek, shaxsning aqliy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan murakkab jarayon hisoblanadi. U ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘lib, o‘qituvchi (ta’lim beradi) va talaba (ta’lim oladi)larning hamkorlikdagi faoliyati natijasida amalga oshiriladi, shuning bilan birga mazkur jarayon pedagogik salohiyatli, kasbiy uquvli, yetuk inson boshchiligida fan asoslari egallanadi. Ta’limning muvaffaqiyati, birinchidan, o‘qituvchi bilan talabalar jamoasini hamkorlik faoliyatining faol tarzda o‘tishiga, ikkinchidan, nimalardan saboq berishga, kim tomonidan tashkil qilinishga, uni qanday metodlar bilan amalga oshirishga va kimlarni o‘qitishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Binobarin, o‘qituvchi bilan talabalarning hamkorlik faoliyatining uyg‘unlik, ijodiy izlanish, faollik kasb etishi-muvaffaqiyat garovidir.

Hozirgi davrda fan va texnikaning rivoji, axborot va bilim ko‘lamining kengayishi, oliy maktab talabalari oldiga mustaqil bilim olish vazifasini yuklamoqda. Mazkur mas’uliyat pedagoglarga ham bevosita aloqador bo‘lib, faqat talabalarga bilim berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan qanoatlanmasdan, balki faol va mustaqil ravishda ularni egallashga o‘rgatishni taqozo etadi. Ana shu tariqa ta’lim tushunchasidan o‘qish (o‘rganish) atamasi ajralib chiqqan. O‘qish yoki o‘rganish talaba faoliyati bo‘lib, bilim, ko‘nikma, malaka va odatlar shaklida ifodalanib, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalarini o‘zlashtirish hamda ulardan amaliy ehtiyojni qondirish uchun foydalanish anglashiladi.

Xalq ta’limi tizimida o‘qish o‘qituvchi rahbarligidagi o‘qitish jarayonining bir tomonini tavsiflaydi, xolos. O‘qishdagi muvaffaqiyatni ta’minlovchi asosiy omil-bu talabaning mustaqilligidir. Mustaqillik ta’limning ob’ektiv o‘quv materiali, o‘qitish sur’ati, metodi, darsliklar va sub’ektiv motiv, qiziqish, mayl, ustanovka, qarash va boshqa sabablariga ta’sir qiladi. Bu o‘rinda ta’sir o‘tkazish, ta’sirlanish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish, o‘ziga o‘zi buyruq berish holatlari muhim rol o‘ynaydi.

Pedagogik psixologiyada ta’lim o‘qitish, o‘qish, o‘rganish bilan bir qatorda o‘zlashtirish tushunchasi ham qo‘llaniladi. Ta’lim amaliyotida o‘qish va o‘qitish oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifa- bu bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishdan iboratdir. O‘zlashtirish jarayoni bilish faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib, pedagogik-psixologik ta’sirlar talabalar ongida qay yo‘sinda tasavvur obrazlari, fikr va mulohazalar bo‘layotganligi, ularning amaliy faoliyatida qanday shaklda aks etayotganligi, psixik o‘sishga, ilmiy dunyoqarash va e’tiqodlarni egallashga yordam berayotganligini aks ettiruvchi murakkab voqelik hisoblanadi.Bilimlarni o‘zlashtirishning samaradorligi o‘rganilayotgan materialning mazmuniga, muayyan tizimda uzatilayotganiga, pedagogik mahoratiga, uning shaxsiy xususiyatiga, o‘qitish metodikasiga, talabalarning individual-tipologik xususiyatlariga va qiziqishiga bevosita bog‘liqdir. O‘quv materiallarni o‘zlashtirishda idrok jarayoni alohida ahamiyat kasb etadi. Genetik nuqtai nazardan ushbu masalaga yondashsak, mavhum tushunchalarga nisbatan aniq materiallar osonroq idrok qilinadi. Dastavval bilish jarayoni atrof-muhitni amaliy jahatdan inson tomonidan o‘rganish tariqasida namoyon bo‘lganligi tufayli o‘z qadriyatini saqlab kelmoqda.Ta’lim jarayonida aniq tasavvurlilik, tasviriy ko‘rgazmalilik, “jonli mushohada”lik materiallarning o‘rni nihoyatda muhimdir. O‘zlashtirilayotgan o‘quv materiallarining ma’lum qismi hissiy tana a’zolarimiz tomonidan aks ettiriladi. Talabalar bilimlarni egallash paytida aniq narsalar, ob’ektlar, hodisalar, jismlarni yoki ularning ramziy tasvirlarini kuzatish natijasida aniq tasavvur obrazlarini yaratadilar.

Psixologik nuqtai nazardan ko‘rgazmalilik tabiiy-predmetli, tasviriy va jonli nutqli yoki “jonli mushohada”lik turlariga ajratiladi.O‘qitishda yangi mavzu auditoriyada tajriba o‘tkazish yoki ba’zi ob’ektlarga sayohat uyushtirish bilan bog‘liq ravishda olib boriladi. Mazkur holat materialni talaba tomonidan puxta o‘zlashtirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Tajriba maydonlarida, jonli burchaklarda o‘tkazaziladigan mashg‘ulotlar ana shular qatoriga kiradi. Tasviriy ko‘rgazmalilik rasmlar, mulyajlar, diapozitivlar, kinokartinalar, chizmalar, chizgilar, jadvallar, diagrammalar, kartinalar va simvolli belgilar yordamida namoyish qilinadi. Jonli nutq ko‘rgazmaliligida o‘qituvchi talabalarda aniq obrazlarni, tasavvurlarni uyg‘otadigan yorqin, qanotli iboralardan (“taraqqiyot-dunyoni larzaga keltirdi”, “kambag‘allik-kishi qaddini bukadi”) kabilardan unumli foydalanadi.

Biroq hissiy idrok qilishdan me’yoridan ortiqcha foydalanish - talaba aqliy taraqqiyotini sustlashishga olib kelishi, mavhum tafakkurga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Buning natijasida mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish, munozaraga kirishish rivojdan orqada qoladi. Bundan kelib chiqqan holda talabalarning kuzatuvchanligini takomillashtirish, taraqqiy ettirish maqsadga muvofiqdir.Kuzatuvchanlikni talabalarda shakllantirish uchun o‘qituvchi ularga aniq va muayyan maqsad qo‘yishni, yaxlit narsadan bo‘lak va qismlarni ajratishni, ob’ektlarni o‘zaro taqqoslashni, ulardan muhim va nomuhim belgilarni ajratishni o‘rgatadi. Kuzatish yordamida o‘rganilgan narsa va hodisalar talabalar tomonidan rasmlar, chizmalar, esdaliklar, mulohazalar tarzida qayd qilib boriladi. Faol maqsadga yo‘naltirilgan, uzluksiz kuzatish zamirida ularda kuzatuvchanlik xususiyati tarkib topadi.Bilimlarni o‘zlashtirishning muhim tomonlaridan biri-bu o‘quv materialini tushunishdan iborat bo‘lib, ularning o‘zaro bog‘liqligi, fanlararo aloqasi,muayyan sohalarga va tizimlarga taalluqliligini anglash bosqichiga ko‘tariladi. Talaba o‘rganilayotgan materiallarni o‘tilgan mavzular bilan murakkab ichki bog‘lanishga ega ekanligini, qonuniyat ta’rifini, sabab-oqibat munosabatlarini kelib chiqishini tushuntirish imkoniyattiga ega bo‘lmog‘i zarur. Bu narsalarni oddiy idrok qilish yoki kuzatish orqali anglab bo‘lmaydi, shuning uchun fikrlash, mulohaza yuritish, ijodiy izlanish, ya’ni tafakkur qudrati bilan aniqlanadi.

O‘quv materiallarini o‘zlashtirish uchun talabalar matndagi har bir tushunchalarni anglab yetmog‘i zarur. Masalan: kitob-umumiy tushuncha, ya’ni bunda bir jinsdan bo‘lgan ko‘p narsa va hodisalar gavdalanadi; “Samarqand” -yakka tushuncha, chunki yakka nom haqida ma’lumot beradi; “daraxt” –aniq tushuncha, bu yerda alohida olingan bir butun narsaga aloqadorlik aks ettirilmoqda; “siyosat” - mavhum tushuncha. Hatto talaba “gulzor” so‘zini tushunchalarga taalluqli ekanligini isbotlab, dalillab bermoqlari shart. Bundan tashqari, ular to‘planma tushunchalar yakka “Respublika Pedagogik adabiyotlari kutubxonasi” hamda umumiy “xulq”, “sinf”, “yoshlar” turlariga ajratilishini tushuntirib berishlari lozim.Bilimlarni anglash va ularni mustaqil o‘zlashtirish jarayonida fikr yuritish jarayonlaridan unumli foydalanmoqlari darkor. Masalan: matnni analiz va sintez qilish, taqqoslash, klassifikatsiyalash, umumlashtirish, tizimlashtirish va hokazo. Analiz narsa va hodisalarni fikran tarkibiy qismlarga ajratishdan iborat bo‘lib, unda butunning bo‘laklarga nisbatan munosabati aniqlanadi. Sintez esa, aksincha, fikr ob’ekti bo‘lgan narsa va hodisalarning tarkibiy qismlarini fikran bir butun qilib qo‘shishdir.O‘rganilayotgan narsa va hodisalardan ularning muhim belgilarini, sifat yoki xususiyatlarini fikran ajratib olib, ana shu belgi, sifat yoki xususiyatlarni mustaqil fikr ob’etiga aylantirishi, mavhumlashtirishi ayni muddaodir. Shuningdek, ular o‘zlashtirilayotgan narsa va hodisalarning muhim va o‘xshash belgilariga ko‘ra bir guruhga birlashtirishni uddasidan chiqmoqlari lozim. Bundan tashqari, talaba o‘quv materiallarida uchraydigan narsa va hodisalardagi xossa, belgi, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ularni fikran birlashtirish, ya’ni umumlashtirish zarur.

Talaba o‘zlashtirilgan bilimlari yuzasidan mustaqil ravishda hukm chiqarish imkoniyatiga erishmoqlari kerak. Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deyiladi. Ta’limda odatda hukmlarning yakka,umumiy,ehtimollik kabi turlari ko‘p qo‘llaniladi. Masalan: “Alisher Navoiy - o‘zbek adabiy tilining asoschisidir” (yakka hukm). “O‘zbekiston fuqarolari mehnat qilish, bilim olish huquqlariga egadirlar” (umumiy hukm), “Ehtimol, quyosh tizimidagi sayyoralarning ko‘plab yo‘ldoshlari bordir”(ehtimollik hukm) va boshqalar. Shuningdek,ular o‘qish jarayonida tez-tez “mavzularni o‘z vaqtida takrorlash-puxta eslab qolishning garovi”, “mashaqqat bilan to‘plangan ilm zoe ketmaydi”, “goh havo ochilib ketadi, goho uning yuzini bulut qoplaydi” degan hukmlardan juda o‘rinli foydalana boshlaydilar. Bu holat-o‘qishga ongli munosabatning timsoli bo‘lib hisoblanadi.

Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan talaba ikki va undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qiladi. Xulosa chiqarish induktiv, deduktiv va analogiya turlariga bo‘linadi. Induktiv xulosa chiqarishda fikrning yo‘nalishi xususiydan umumiy tomon boradi. Masalan: “birinchi bosqich talabalari shanbalikda faol ishtirok etdilar”, “Shanbalikda ikkinchi bosqich talabalari ham qatnashdilar”, “Shanbalikda magistrlar ham chetda turmadilar”.Talaba yuqoridagi hukmlardan yangi umumiy hukm chiqaradi: Universitetimizning hamma talabalari shanbalikda faol ishtirok qildilar.

Deduktiv xulosa chiqarishda fikrning yo‘nalishi umumiydan xususiy tomon boradi. Masalan: “Mamlakatimiz aholisi yer kurrasida tinchlik uchun kurashmoqdalar”, “Universitetimiz jamoasi ham tinchlik ishiga qo‘l qo‘yganlar”, “Fakultetimiz talabalari ham tinchlik tarafdoridirlar”.Analogiya yo‘li bilan xulosa chiqarishda fikrning yo‘nalishi xususiydan xususiy tomonga qaratiladi. Masalan: “Havo o‘zgarib, avzoyi buzilmoqda”, “O‘tgan yili ham shunday havodan keyin sovuq shamol esib, qor yoqqan edi”, “Ob-havo xuddi shunday o‘zgarib turibdi,albatta yana qor yog‘sa kerak”. Xuddi shu analogik yo‘l bilan talabalar boshqa hodisalar to‘g‘risida ham xulosa chiqarishlari mumkin. Mustaqil xulosa chiqarish o‘zlashtirilgan materiallarni tushunishdan dalolat beradi.

Shuningdek, talabalar oldida muammoli vaziyatlar vujudga keltirilganda, ularning yechimini mustaqil ravishda topishlari kerak. Aytaylik, mana bunday vaziyat maydonga keldi deb: “Mustaqil bilim olish uchun talabada qanday imkoniyatlar bo‘lishi kerak?” Mazkur muammo yechimini topish uchun, birinchi navbatda,uning mohiyatini anglash, yechish yo‘llarini va vositalarini topish, yo‘l va vositalarni tatbiq qilish, yechimni tekshirish kabi murakkab faoliyatni amalga oshirish zarur. Ana shundan so‘ng talabada materiallarni o‘zlashtirishga ongli yondashish vujudga keladi.Shuning bilan birga ular narsa va hodisalarning mohiyatini aks ettiruvchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdan (mavhum tafakkurdan), nazariy mulohaza bildirishdan (nazariy tafakkurdan) foydalanishlari kerak. Chunki, tushunchalarni anglash fikr yuritishning turli ko‘rinishlaridan mustaqil ravishda qo‘llashni taqozo etadi.



Ta’lim jarayonida anglashilgan bilimlar, egallangan ko‘nikma va malakalar talaba xotirasida saqlanadi. O‘quv materialini esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish uchun xotiraning bir necha xil vositalaridan foydalaniladi. Dastlab bilimlar, axborotlar talaba ongiga assotsiativ yo‘l bilan kirib boradi. Jumladan, o‘rganilayotgan narsa va hodisalarning o‘zaro o‘xshashligi, yondoshligi, qarama-qarshiligi mavjud bo‘lganligi sababli ular yengilroq o‘zlashtiradilar. Ba’zan qonun va qoidalar ma’nosiga tushunmay, mexanik ravishda yod olinadi. Lekin unday materiallar esda puxta saqlanmaydi. Ana shuning uchun o‘quv materiallari mohiyatini imkoni boricha mantiqiy yo‘l bilan esda olib qolish yuksak samaralar beradi. Ayniqsa esda olib qolishning omilkor usullaridan foydalanish o‘zlashtirish sifatini oshiradi. Chunonchi, ma’nosiga ko‘ra matndagi so‘zlarni fikran guruhlash, matndan tayanch nuqtalarini topish, matn bo‘yicha reja tuzish, o‘tilgan mavzularni idrok qilgan holda yangi mavzuni takrorlash yaxshi natijalar beradi.O‘qituvchi talabalarda esda olib qolish ustanovkalarini hosil qilishda qaysi materialni uzoq muddat saqlashni, qaysi turkumdagi materialni sidirg‘asiga emas, balki mohiyatini tushunib olishni, nimalarni aynan esda olib qolishni, qanday axborotlarni o‘z so‘zi bilan ifodalagan holda xotirasiga joylashning yo‘l va vositalarini tushuntirib berishi lozim. Ustanovkalar ta’lim jarayonida ob’ektiv omil va kundalik zaruriyat ekanligini talaba anglab yetishi shart. Ulardagi oddiy ustanovkalar asta-sekin ijtimoiy ustanovkaga o‘sib o‘tib, shaxsda qadriyatni vujudga keltiradi.Bilish jarayonining barqarorligi, mazmundorligi va tazimliligi bevosita diqqatga bog‘liq. Diqqat passiv, kuchsiz bo‘lgan vaziyatda bilish jarayoni sekinlashadi va tormozlashadi. Talabalarning diqqati uzoq vaqt davomida muayyan vazifaga qaratilgan taqdirdagina bilish jarayoni amalga oshadi. Diqqat faolligiga ko‘ra ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyoriydan keyingi, ob’ektga qarab tashqi, ichki, faoliyat shakliga qarab individual, guruhiy va jamoaviy turlarga bo‘linadi.Ixtiyorsiz diqqat ta’lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, o‘qitishda diqqatning faqat mana shu turiga asoslanib ish tutish maqsadga muvofiq emas. Ma’lumki, o‘ta qiziqarli ma’ruzalar talaba fikr yuritishiga,³iyinchiliklarni yengishiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun saboq berish jarayonida ko‘proq ixtiyoriy diqqatga tayanish yaxshi natija beradi, chunki, irodaviy diqqat bilan hissiy qiziqishning birlashuvi diqqatni shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi.Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, irodaviy diqqatdan uzoq fursat foydalanish uning chalg‘ishiga olib keladi. Binobarin, auditoriyada diqqatning har qaysi turidan foydalanish zarur. Ayniqsa, bu o‘rinda ixtiyoriydan keyingi avtomatlashgan diqqat turi alohida ahamiyatga ega.Ta’lim jarayonida qiziqishning roli g‘oyat muhim. Chunki qiziqishlar talabalarning o‘qishga nisbatan munosabatini, o‘quv predmetlarining mazmuniga ko‘ra moyillik kuchini aks ettiradi. Moyillik kuchi ularda yuzaga kelgan bilish ehtiyojlariga javob reaksiyasini bildiradi, bilishga chanqoqlik hislarini qondirish vositalarini izlab topishga yo‘llanma beradi.Oliy maktab oldidagi dolzarb vazifalardan biri – bu barcha talabalarni bilish faoliyatiga yetaklovchi, oliy maktabdan tashqari vaqtda ham izchil mazmundagi turg‘un qiziqishlarni boshqarish yo‘llarini ko‘rsatib berishdir. O‘z navbatida talaba uni qabul qilishga psixologik jihatdan tayyor turishlari kerak. qiziqishlar, odatlar, bevosita va bavosita, beqaror, keng va tor, umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. U sinchkovlik, qiziquvchanlik, bilishga qiziqish, turg‘un qiziqish bosqichlarini bosib o‘tadi. Qisqa muddatli sinchkovlikka ega bo‘lgan talabalar darsda olgan bilimlarini oddiygina idrok qilish bilan kifoyalanadilar. Ularning ichki mohiyatini ochib berishga urinmaydilar. Qiziquvchanlikka ega bo‘lganlar-predmet, voqea va hodisalarni o‘zaro jamlab umumiy xulosa chiqarishga harakat qiladilar. Lekin bunday harakatlarni amalga oshirish chuqur mazmunga ega emasligi namoyon bo‘ladi. Bilishga qiziqish paydo bo‘lgan talabalar o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq qilishga intiladilar. Ularning intilishlari barqaror xususiyat kasb etib, narsa va hodisalar mohiyatini anglab olishga qaratilgandir. Turg‘un qiziqishni egallagan talabalarga bilimlarni amaliyotga tatbiq qilishdan, maqsadni aniq yoritishdan tashqari barcha narsa va hodisalarning o‘zaro munosabatlarini tushuntirib berishda hamma vaqt ijodiy munosabat, ijodiy yondashish xarakterlidir. Ularda tashabbuskorlik, ijodiy izlanish, tirishqoqlik, qat’iylik kabi shaxs sifatlari mavjuddir.

Talaba qiziqishini stabillashtirish uchun fikr yuritish faoliyatining barcha ko‘rinishlariga e’tibor qilish, hissiy holatini kuzatish, auditoriyada o‘z xohishicha nimalar bilan shug‘ullanishini aniqlash, auditoriyadan tashqari vaqtlarda nimalar bilan mashg‘ul bo‘lishini va bo‘sh vaqtlarda qanday narsa bilan band ekanligini belgilash zarur.Oliy ta’lim jarayonida talabalarning irodaviy zo‘r berishlari ularning topshiriqlarni yechishga intilishlarida, o‘ziga o‘zi buyruq berishida, o‘zini o‘zi qo‘lga olishida o‘z ifodasini topadi.

O‘zlashtirishning samaradorligi talabalarning irodaviy zo‘r berishi, ma’naviy ehtiyoji va anglashilgan o‘quv motiviga bevosita bog‘liq. Modomiki shunday ekan, ularni qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatish, ayrim paytda duch keladigan muvaffaqiyatsizliklar oldida dovdirab qolmasdan, balki ularni o‘zini o‘zi idora qilishga o‘rgatish ayni muddaodir. Buning uchun ularda qiyinchiliklarni yenga olish uquvini, o‘zini o‘zi qo‘lga olish fazilatini shakllantirish maqsadga muvofiq.Oliy maktabda talabalarni ta’limiy ish usullari, individual ishlash uslubi bilan, o‘quv ko‘nikmalari va malakalari bilan qurollantirish o‘qitish samaradorligini oshiradi, o‘zini o‘zi boshqarish uquvini tarkib toptiradi, ijodiy fikr yuritish, mustaqil bilim olish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, oliy ta’lim jarayonida o‘qituvchi bilan talaba muloqotini oqilona tashkil qilish, ularning individual-tipologik va yosh davr xususiyatlariga, intellektual imkoniyatlariga e’tibor berish oliy ta’lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin