Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Psixologiya fani individda ongning vujudga kelishi, uning



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə50/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Psixologiya fani individda ongning vujudga kelishi, uning tuzilishi, rivojlanishi va hukm surishini tadqiq qiladi. Ong predmetga faollik, yunalganlik, intensiallik xususiyatlariga ega:

a) Ong doimo nimanidir tushunish sifatida;

b) Refleksiyaga, nisbatan qobiliyatlilik;

v) O‘zini o‘zi kuzatish, ya’ni o‘zligini anglash;

g) Motivatsion — qadriy xususiyat yaqqollikning yoki ravshanlikning turlicha darajasi yoki bosqichi ekanligi.

Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, har qaysi individning ongi noyob, betakror, ammo u ixtiyoriy emas, chunki birinchi navbatda maxsus tizimda hukm suruvchi tuzilish bilan unga bog‘liq bo‘lgan tashqi omillar hamda hech qanday aloqasi bo‘lmagan omillar shartlangandir. Xuddi shu tufayli ongni tadqiq qilishning ikkita muhim qiyinchiligi mavjud:

a) barcha psixologik holatlar individning ko‘z o‘ngida shunday namoyon bo‘ladikim, bunda birinchidan, ular qay tariqa anglashilmoqda (ongsizlikning roli qanchalik), ikkinchidan, anglash darajasiga yetkazishning maxsus tashqi va ichki mashqi natijasida inson tomonidan anglashiniladi, uchinchidan, bevositalikda ong funksiyasida yanglishlik vujudga keladi.

O‘zini kuzatish natijalariga ko‘ra, ong o‘zining yaqqol psixologik o‘ziga xosligidan mahrumdir, chunki uning yagona alomati shundan iboratki, bunda uning sharofati bilan individ oldida (u yoki bu aniqlik, ravshanlik darajasida) yaqqol psixologik funksiyalar mohiyatini yuzaga keltiruvchi turli holatlar, hodisalar namoyon bo‘ladi. Xuddi shu boisdan ong psixika hukm surishining sifatga ega bo‘lmagan umumiy sharti (sharoiti) tariqasida talqin qilingan, buning natijasida u majoziy belgilangan.

Jahon psixologiyasi fani konsepsiyalarida bu hodisa aksariyat hollarda «ongning nuri», «ongning maydoni», hatto «psixik funksiyalarning umumiy hokimi» kabi tahlil etilgan, goho u qaysidir psixik funksiyalar bilan g‘ayritabiiy ravishda (qo‘shimcha diqqat, tafakkur bilan) ayniylashtirilgan. Shu munosabati bilan birinchi galda ongni yaqqol o‘rganish, tekshirish to‘g‘risida umuman gap bo‘lishi mumkin emas. Ikkinchi holda esa ushbu masala unga mutanosib funksiya bilan almashtiriladi. Bunday talqinlarning barchasi shunday fikrni tug‘diradiki, go‘yoki ong ilmiy psixologiya fani uchun shunchaki qayd qilinish, ya’ni fiksiya, xolos (U.Jeyms). Ongni tadqiq qilishdagi ikkinchi qiyinchilik ham bevosita birinchisidan kelib chiqadi: a) ong bir qator psixik funksiyalar kabi tashqi fazoda lokalizatsiyalashmaydi; b) ong psixik funksiyalardan farqli o‘laroq vaqtni (zamonni, davrni) muayyan qismlarga ajrata olmaydi.



Tadqiqotchilar ongni o‘rganish uchun ommabop, sodda psixologik metodlarning qo‘llaganliklari tufayli uning ma’lum tavsifini topa olmadilar, jumladan, vaqtning aniq birliklari yordamida uni o‘lchash, muayyan vaqt oralig‘ida ongni solishtirish. Adabiyotlar tahlilining ko‘rsatishicha, ongni konstruktiv tarzda talqin qilishning muhim jabhasi K.I.Kant tomonidan ko‘tarilgan ongning barqaror, invariant tuzilishi va sxemasi mavjudligi, uzluksiz ravishda o‘rin almashtirib turuvchi sensor oqim, axborotlar va uning muayyan darajada tashkil qiluvchanligi to‘g‘risidagi yuksak g‘oyasi hisoblanadi. Bir necha asrlar davomida aylanib kelgan va bunda tabiiy-ilmiy materialistik yondashuv diniy nazariyalarga qarshi kurash olib borgan. Ong muammosining yechimida ilmiy dialektik-materialistik ta’limot hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi, bu borada Gegel g‘oyasiga e’tiroz muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur ta’limotga binoan, ongning tuzilishi ijtimoiy-madaniy xususiyat kasb etib, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida filogenetik tarzda, ustuvor individualistik hamkorlik jarayonida ijtimoiy ustuvor individualistik tuzilishning ta’sirida, eng avvalo ishlab chiqarish amaliyoti negizida u shakllangandir. Ilmiy dialektik ta’limotdan kelib chiqqan holda sobiq sovet psixologiyasida ongning ontogenezda shakllanishi to‘g‘risida umumlashgan ilmiy nazariya ishlab chiqilgan. Umumlashgan nazariyaga binoan, individ ongining tuzilishi ontogenezning ilk davrida bolaning kattalar bilan muomala(muloqot) qilish faoliyatida o‘zlashtirish (egallash, o‘ziniki qilib olish, o‘z ma’naviy dunyosiga aylantirish jarayoni) ning sharofati bilan shakllanadi. Bunday tarzdagi o‘zlashtirishning kat’iyatlik imkoniyati filogenetik, tarixiy taraqqiyotning negizida ham mavjuddir. Predmetli faoliyatning atributi bo‘lmish muomala, uning tuzilishi tarkibida aks etuvchi quyidagi asosiy xususiyatlarga, xossalarga egadir: 1)ijtimoiy kelib chiqishi va tuzilishi; 2) uning ijtimoiy reglamentatsiyasi; 3) ruhiy qurollar va alomatlar bilvositaligida ifodalanishi; 4) ikki sub’ektning o‘zaro alohidaligi va betakrorligi; 5) ob’ektga yunalganligi kabilar.

Shaxslararo munosabatda hamkorlik faoliyatining tuzilishi ong strukturasini vujudga keltirib, uning quyidagi asosiy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi: a) ijtimoiy xususiyati, hatto simvolik va verbal tuzilishga ega bo‘lgan belgilar bilvositalanganligini qamrab olinganligi; b) refleksiyaga, ya’ni o‘zini o‘zi tushunishga nisbatan qobiliyatlilik; v) ichki dialogizm, ya’ni ichki nutqqa, fikrlash mexanizmi negiziga qurilishi; g)predmetlilik, ya’ni har qanday psixologik holat muayyan yaqqol tasvirlarga va alomatlarga ega bo‘lishligi va hokazo.

Endi ongning psixologik tavsifidan kelib chiqqan holda uning shakllari yuzasidan qisqacha mulohaza yuritamiz. Ongning genetik jihatdan talqini ongsizlik birlamchiligini bildirib, u o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini, inson faoliyati va xatti —harakatida muayyan darajada rol o‘ynashini tan olishni taqozo etadi. Chunki inson ongining yuksakroq shakllari uzoq ijtimoiy — tarixiy taraqqiyotning keyingi davrida vujudga kelgandir. Xuddi shu boisdan ongning paydo bo‘lishi to‘g‘risida mulohaza yuritilganda ijtimoiy borliq, ijtimoiy taraqqiyot, ularga nisbatan munosabat uslubi asosiy mezonlar vazifasini bajarib kelgan va hozir ham xuddi shunday bo‘lib qolaveradi. Psixologik talqinga ko‘ra, ongsizlik, birinchidan, voqelikning hodisalari bilan shartlangan ruhiy jarayonlar, aktlar va holatlarning majmuasi; ikkinchidan, tashqi va ichki ta’sirlarga nisbatan sub’ektning o‘ziga hech qanday hisobot bermasligi; uchinchidan, psixik aks ettirishning shakli, ya’ni voqelikning obrazi: tasviri, timsoli va unga nisbatan sub’ektning munosabati refleksiyaning maxsus predmeti sifatida vujudga kelmaganligi; to‘rtinchidan, qismlarga ajralmovchi yaxlitlik tarkibiga ega ekanligi va hokazo.



Ongsizlikning onglilikdan farqi shuki, uning tomonidan aks ettiriluvchi voqelik sub’ektning kechinmalari bilan, uning borliqqa munosabati bilan qo‘shilib, aralashib ketadi. Shuning uchun ongsizlikda sub’ekt tomonidan amalga oshiriluvchi xatti — harakatlar natijasini ixtiyoriy ravishda nazorat qilish va baholash imkoniyati mavjud emas. Ongsizlikda voqelik sub’ektning o‘xshashlik, ayniyat singari mantiqiy shakllariga asoslanib aks ettiriladi.

Bu holat bevosita emotsional his qilish, emotsional yuqish va identifikatsiyalashga daxldorlik tuyg‘usi orqali turlicha hodisalar o‘zining tuzilishi, mohiyati jihatidan o‘ziga xoslikdan qat’i nazar bir tizimga birlashtiriladi, psixologik ob’ektlar o‘rtasidagi u yoki bu xususiyatli alomatlar o‘rtasidagi tafovutlar, mantiqiy qarama — qarshiliklar ochilmasdan namoyon bo‘ladi, in’ikos etiladi.Ongsizlikda o‘tmish bilan kelajak ko‘pincha bir davrda hukm surayotganday, go‘yoki ular biron —bir psixik aktga bevosita birlashgan tarzda aks ettiriladi, bunga tush ko‘rish jarayoni yorqin misoldir. Ongsizlik borliqni bola tomonidan bilishning ilk shakllarida, ibtidoiy tafakkurda, intuitsiyada, affektiv holatlarda, sarosimaga (panikaga) tushishda, gipnoz holatida, tush ko‘rishda, odatiy harakatlarda, subsensor idrokda, ixtiyorsiz esda olib qolishda, shuningdek, intilishlarda, hissiyotda, xulq —atvorda ifodasini topib, ularning sabablari va oqibatlari shaxs tomonidan tubdan anglashilmaydi. Odatda ongsizlikning namoyon bo‘lishining to‘rt turkumi psixologlar tomonidan tan olinib kelinmokda.




Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin