-hamkorlik faoliyatining ishtirokchilarini ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantirish;
-kadrlarni tayyorlash, tanlash va joylashtirish jarayonlarida psixodiagnostikaga asoslanish.
Mehnat va ta’lim jarayonlari boshqaruv predmeti hamkorlik faoliyatida shaxsning xulqiga va ongiga guruhiy ta’sir o‘tkazishning xususiyatlarini, rahbar bilan ijrochi o‘rtasidagi muomala maromini tekshirish, shaxslararo munosabatlar bosqichlari, shakllari va ruhiy muhitni ta’minlash mexanizmlari tadqiq etishdir. Xuddi shu sababdan shaxs xislatlarini o‘lchash tizimini yaratish dolzarb muammolardan biri hisoblanib, ularning ayrim ko‘rinishlarini amaliyotga tavsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsning fidoiyligi jamiyat taraqqiyoti, vatan gullab yashnashi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, altruizm tushunchasiga juda yaqin turadi.
Iroda
Iroda borasidagi nazariyalar. Irodaviy akt va uning tuzilishi. Shaxsning irodaviy sifatlari, irodani tarbiyalash, irodaning individual xususiyatlari.