ASSOTSIATIV PSIXOLOGIYA- asssotsiatsiyalar tushunchasi-ning asosi bosh tamoyil deb hisoblovchi, ilmiy-g‘oyaviy mohiyati jihatidan turlicha bo‘lgan psixologik oqimlar yig‘indisi. Psixik faoliyatning barcha qonuniyatlari faqat assotsiatsiyalarning hosil bo‘lishi va yuzaga chiqishidan iboratdir degan qoida ilgari suriladi. Bu oqim XVP-XIX asrlarda Angliyada tarqalgan.
AFFERENT NERVLAR (asablar) - (lotincha afferens - olib keluvchi) - refleks jarayonida retseptorlarda hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishni tegishli markazga eltuvchi asablar.
AFFERENTATSIYA - (lotincha afferens -olib boruvchi) - refleks ja-rayonida retseptorlarda hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishning (impulsning) tegishli asab markazlariga yetkazilishi.