BILISh NAZARIYASI- bilish jarayonining manbalari va asosiy qonuniyatlari haqiqatni aniqlashning shakl va usullari haqidagi ta’li-mot. Bu nazariyaga Abu Nosir Farobiy asos solgan.
VYuRSBURG MAKTABI - XX asrning boshlarida Germaniyada paydo bo‘lib, tafakkurni faqat o‘z-o‘zini kuzatish yoki introspeksiya usuli yordamida o‘rganuvchi, tafakkurni idrok va tasavvur obrazlariga nutq va tilga bog‘liq emas deb "sof" tafakkur haqidagi fikrni ilgari suruvchi psixologik oqim. (vakillari: O.Kyulse, N.Ax.Byuller).
GEShTALT PSIXOLOGIYa - (nemischa cestalt -tasvir, yaxlit shakl, tarkib, tuzilish) - burjua psixologiyasidagi psixikaning, psixik jarayonlarning yaxlit tuzilishi va dinamikligi (serharakatligi) tamoyiliga asos-lanuvchi xususiyatlar azaldan psixikaga xosdir, Ular psixika taraqqiyotining asosini tashkil etadi degan fikrni ilgari suruvchi oqimlardan biridir. (Germaniya, AQSh).
GIPPOKAMP- miya po‘stining pastki qismiga joylashgan sathi-ning burmalari. U ta’sirlanish va o‘rganishning tahminiy fiziologik mexa-nizmi vazifasini o‘taydi.