PLASTIKLIK - aqliy va nutq faoliyataning asosini tashkil etuvchi asab to‘qimalariga xos xususiyatdir.
PSIXIKA - (yunon. psychikos - ruhiy, jonga oid) – psixika, yuksak darajada tashkil topgan materiya - miyaning ob’ektiv olamni alohida yo‘sinda (sezgi, idrok, tasavvur, fikr, hissiyot, irodaviy harakatlar kabi formalarda) aks ettirish qobiliyatiga ega bo‘lgan xususiyatidir. Psixika teriya tarakkiyotning ma’lum bir bosqichiga kelib, sezgirliknin qobiliyatining paydo bo‘lishi munosabati bilan paydo bo‘lgan. hayvonlarga ham, insonga ham xosdir. Inson psixikasi hayvon psixikasidan farq qilib, u inson ongi deb ataladi. Demak "psixika" hayvonlar va odamlarning ruhiy xayotini ifodalovchi umumiy termindir.
PSIXOLOGIYA- (yunoncha psyche - jon, -logos - ilm) miyaning ob’ektiv voqelikni aks etgiruvchi funksiyasi bo‘lgan psixika xaqidagi fan. Psixologiyaning predmeti, psixik jarayonlar, psixik holati va siyatlardir. Psixika miyaning aks ettirish faoliyati bo‘lib, u kishining hayot sharoitlari bilan belgilanadi. Psixologiya shaxsning psixik faoliyati, psixik holati va xususiyatlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganadi.