L.S.Vыgotskiy (1896-1934) umumiy, bolalar va pedagogik psixologiya bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar olib bordi. 1917 yilda Moskva universitetining tarix-filosofiya fakultetini tamomlagach, Gomelda ilmiy-pedagogik faoliyatini boshlaydi. A.S.Vыgotskiy 1924 yilda MGUga ishga chaqiriladi, shunday so‘ng psixologiya institutida, N.K.Krupskaya nomidagi tarbiya Akademiyasida ishlaydi. Ana shu davrda uning psixologik tadqiqotlar olib borish sohasidagi faoliyati boshlanadi. Odamda oliy nerv psixik funksiyalarining paydo bo‘lishi, psixik protsesslarni o‘rganish usullari, odam ongining ijtimoiy-tarixiy mohiyati, logik xotira, ixtiyoriy diqqat, tushuncha va tafakkurga oid fikrlari 30-yillar psixologiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. L.S.Vыgotskiyning “Tanlangan psixologik tadqiqotlar” (Moskva, 1966), “Yuqori psixik funksiyalar taraqqiyoti” ( Moskva, 1960) kabi asarlari 30-yillar psixologiyasiga qo‘shilgan munosib hissadir.