Ivan Petrovich Pavlov (1849-1936) mashhur rus fiziolog-psixolog olimidir. I.P.Pavlov birinchi bo‘lib oliy nerv faoliyatining qonuniyatlari haqidagi ta’limotni yaratdi. I.P.Pavlov rahbarligida 1921 yilda Leningrad yaqinidagi Koltushi (hozirgi Pavlovo) qishlog‘ida biologik stansiya qurildi. Keyinchalik bu stansiya psixologik tadqiqotlarning ilmiy markaziga aylantirildi. Shunday qilib, akademik I.P.Pavlov va uning shogirdlari tomonidan olib borilgan psixologik tadqiqotlar 30-yillar psixologiyasi taraqqiyotida muhim o‘rin egalladi va bu davrga kelib psixologiya fani o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi.
Vatan urushi yillari psixologiyasi. Vatan urushi davri barcha fanlarga bo‘lganidek, psixologiya fani oldiga ham nihoyatda mas’uliyatli vazifalarni qo‘ydi. Bu yillar psixologiyasining asosiy masalalari jangchilarda va front orqasi mehnatkashlarida yuqori harbiy - irodaviy sifatlarning tarkib topishiga ( chidam, toqat, qat’iyat, jasorat, mardlik, qahramonlik, hujumkorlik, saqlanish, harbiy qurollardan mohirona foydalanish, uchuvchilik mahorati, ko‘rish, eshitish sezgirligi, samimiy o‘zaro hurmat, do‘stlik, birodarlik, mehribonlik va h.k.) munosib hissa qo‘shishdan iborat edi. Psixologiya fani bu kabi vazifalarni muvaffaqiyat bilan uddaladi.
Vatan urushidan keyingi davr psixologiyasi. Bu davrda barcha fanlar qatori psixologiya fani ham o‘z taraqqiyoti sari dadil odimladi. Psixologik bilim turmushning barcha sohalariga kirib bordi. Buning natijasida psixologiya fanlari tizimida bir qancha yangi tarmoqlar vujudga keldi. Lekin sovet ijtimoiy tuzumi hukmron bo‘lgan bu sharoitda milliy psixologik xususiyatlarni o‘rganish yo‘lga qo‘yilmadi. Psixologiya sohasida yirik mutaxassislar tayyorlash uchun respublikamizda shart-sharoit yaratilmadi.
Dostları ilə paylaş: |