Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari determinizm, ong va faoliyat birligi, psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo‘lib hisoblanadi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə41/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari determinizm, ong va faoliyat birligi, psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo‘lib hisoblanadi.

1. Determinizm (lotincha determinata) belgilayman ma’nosini bildiradi) prinsipi tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, ongning ob’ektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug‘i hisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga mutanosib ravishda u ham o‘zgarishini anglatadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hayvonlar psixikasining rivojlanishini biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan o‘lchanadi. Hayvonlardan farqli o‘laroq insonda ong shakllanishining paydo bo‘lishi muayyan bosqichlar orqali rivojlanishi moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda takomillashtirish, mahsulotlarni qayta ishlash qonunlari bilan belgilanadi. Inson ongining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot xususiyatiga ega ekanligini anglashi (tushunish) shaxs ongining ijtimoiy borliqqa (makro, mikro, mize muhitiga) bog‘liqligi xaqidagi ham tabiatshunoslik, ham insonshunoslik umumiy prinsipga asoslangan buyuk xulosa kishilik jamiyatining olamshumul tantanasidir. Hozirgi davrda determinizmning teskari aloqa, sistemalilik, statiklik ko‘rinishlari mavjud.

2. Ong bilan faoliyat birligi prinsipini psixologiya fanida qabul qilinishi shunday ma’noni anglatadi: a)ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas; b) ong bilan faoliyat aynan biror-biriga o‘xshashi ham emas; v) ong bilan faoliyatning birligi ularning hukm surishi mexanizmidir (kursiv E.g‘.). Faoliyat o‘zining tuzilishi bo‘yicha ichki va tashqi tarkiblariga ega bo‘lsa–da, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. Ong bo‘lsa faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks ettiradi. Real vaqtlarning o‘zgaruvchan (rivojlanishini anglatuvchi) modeli ongda yuzaga keladi, odam atrof­muhit bilan munosabatga kirishganda undan mo‘ljal oladi, natijada nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaydi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va o‘z navbatida ong mazkur jarayonda takomillashadi (muammo va uning yechimi variatsiyalar, invariantlar turtki vazifasini o‘ynaydi).

Ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan ong bilan faoliyat birligi prinsipi, birinchidan, xulq-atvor, faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishga kafolat beradi; ikkinchidan, harakat, sa’i-harakatlarni muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmni aniqlashga imkon beradi; ularning birligi psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga muhim imkoniyati, puxta shart-sharoit yaratadi.

Agarda psixika faoliyat samarasi va mahsuli sifatida talqin qilinsa, u taqdirda psixika va ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi to‘g‘ri tushunilgan bo‘ladi. Mazkur prinsip rus psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.M.Teplov, B.G.Ananev va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z ifodasini topgan.

3. Psixikaning taraqqiyotini dialektika nuqtai nazaridan tushunish psixik taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlashdan dalolat beradi. Ijtimoiy tajribani o‘zgartirish jarayonining yuz berishi shaxs uchun psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi va dasturiy bilimlarni egallashga mustahkam zamin hozirlaydi. Har qaysi faoliyat turi inson psixikasini rivojlantirish manbai va mexanizmi rolini bajaradi. Psixologlarning ushbu prinsipga taalluqli fikrlaridan namunalar keltiramiz: 1) L.S.Vigotskiy: ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi; 2) P.P.Blonskiy: tafakkur kichik maktab yoshida o‘yinlar bilan, o‘spirinlik yoshida o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanadi; 3) S.L.Rubinshteyn: ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi; 4) B.M.Teplov: qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bo‘ladi, lekin rivojlanish faoliyat jarayonidan boshqacha muhitda yuz bermagandek, qobiliyat tegishli yaqqol faoliyatdan ajralmagan holda paydo bo‘la olmaydi.

Ma’lumki, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va miyaning mahsulidir. Psixika borliqning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, bilish jarayonlarida, shaxsning xususiyati va holatlarida, diqqati, his-tuyg‘ulari, xarakter xislatlarida, qiziqishi hamda ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi, tashqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi.Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini - uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. Odamning ongliligi uning turli-tuman faoliyatida, xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda muhit, irsiy belgilar, ijtimoiy ta’sir asosiy omillar hisoblanadi.

Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtira boradi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy muhitda uning his-tuyg‘ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e’tiqodi, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilaklari, xohishlari asta-sekin o‘zgarib boradi.Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to‘laroq, aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi.



Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo‘ladi. Insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosiga emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi ob’ektiv borliqqa va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. O‘yinni kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi, qiziqishining barqarorlashuvi va boshqalar shaxsning psixik rivojlanishini ifodalaydi.

Rivojlanish inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o‘zaro bog‘liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Shaxs aql-zakovatining ko‘rsatkichi, sifati, xususiyati uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga keladi, o‘zaro ta’sir natijasida unda aqlning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, tezligi, mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi orta boradi.




Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin