Suhbat jarayoniga tadqiqotchining puxta tayyorlanishi, uning maqsadini olinadigan xulosalarni to‘g‘ri tasavvur qilishi, suhbatni aniq vaqtga mo‘ljallangan qat’iy reja asosida o‘tkazishi, tuzilgan savollarning aniq, puxta va tushunarli bo‘lishi va h.k.
Demak, suhbat usuli yordamida psixologik hodisalarni muvaffaqiyatli o‘rganish uchun tadqiqotchi bu jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rgan va avvaldan o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan bo‘lishi kerak.
Psixologik tadqiqotlarning asosiy mahsuldor usuli eksperiment (tajriba) usulidir. Bu usulning asosiy usul sifatida keng qo‘llanilishiga sabab shuki, bunda o‘rganilishi lozim bo‘lgan psixologik hodisa laboratoriya sharoitida istagan vaqtda vujudga keltiriladi va u zamonaviy asboblar yordamida mukammal o‘rganiladi.